Qishloq hududlarini arxitektura-loyixaviy tashkil etish

   Kafedra mudiri:  Arx.f.n. dosent Muxsin Xidirov

   Telefon: (998 93) 937-01-80

   Еlektron manzili: mmhid@umail.uz

 

 

 

   

 

Kafedra tarixi

   Qishloq arxitekturasi kafedrasi 2010 yil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan “Qishloq xududlarini arxitekturaviy loyixaviy tashkil etish” yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar  va magistrlar tayyorlash  maqsadida tashkil etildi.
   Kafedraning tashkil topishida  arxitektura  fakultetida  faoliyat yuritib kelgan  dosent M. Xidirov , katta o’qituvchi B. Saidova, katta o’qituvchi M. Xamidjonov, katta ukituvchi. R. Zoirov assistent U. Mamatqulov, assistent S. Kamolov, va  magistratura bitiruvchilari L. Raximov,  D. Lukmonov, D. Adilova, F. Nasriddinov,  ishlab chiqarishdan katta o’qituvchi I. Sultonov., assistent Sh. Muxammadiyeva  va F. Po’latovalar uz xissalarnini kushib kelmoqdalar.
   Hozirgi vaqtda “Qishloq arxitekturasi”  kafedrasi O’zbekistonda qishloq qurilishi va qishloq hududlarini  arxitekturaviy  loyixaviy tashkil etish bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan yagona maskan bo’lib, talabalar o’qish jarayonida qishloq arxitekturasi sohasida har tamonlama tayyorgarlikga ega bo’ladilar. Bituruvchilar kasbiy masalalarni yechishda tizimli va har tamonlama yondoshish ko’nikmalariga ega buladilar.
   Kafedra talabalarini o’qitishda arxitektura sohasi korxonalari bilan  o’zaro hamkorlik  ishlarini yo’lga qo’yib, bozor iqtisodiyoti talablari asosida  amaliyotda mavjud muammolarni yecha oladigan kadrlar tayyorlashga asosiy e’tibor karatadi.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishlari:

  • 5581200 - “Qishloq qurilishini loyixalash”
  • 5581100 - “Qishloq aholi punktlarini arxitekturaviy  rejalashtirshini tashkillashtirish”
  • 5341000 – “Qishloq hududlarini arxitektura loyixaviy tashkil etish”.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar: 

  • Arxitekturaviy loyixalash asoslari
  • Arxitekturaviy kompozisiya asoslari
  • Arxitekturaviy grafika
  • Arxitekturaviy loyixalash
  • Qishloq turar joy va jamoat binolari tipologiyasi
  • Landshaft arxitekturasi
  • Qishloq aholi punktlarini arxitekturaviy rejalashtirish
  • Qishloq bosh tarxlari
  • Aholi punktlari  jamoat markazlari

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy  ishlar:

  • Loyixa nomi:  O’rta Osiyo arxitekturasi va shaxarsozligi dolzarb muammolari.
  • Loyixa turi: Ilmiy – amaliy
  • Loyixa raxbari:  arx. f.n. dosent. Muxsin Xidirov

Loyixa bajaruvchilari:

  • I. Sultanov
  • L. Raximov
  • U. Mamatqulov
  • S. Manoyev
  • F. Nasriddinov

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy – uslubiy ishlar:

  • M.Xidirov – “Qishloq turar- joy va jamoat binolari tiplogiyasi” fanidan O’quv –uslubiy majmua
  • L. Raximov - “Arxitekturaviy loyixalash” fanidan O’quv – uslubiy majmua
  • U. Mamatqulov – “Arxitekturaviy loyixalash asoslari” fanidan O’quv – uslubiy majmua.
  • D. Lukmonov, D. Adilova – “Arxitekturaviy loyixalash va grafika” fanidan O’quv – uslubiy majmua.
  • Sh. Muxammadiyeva – “Arxitekturaviy kompozisiya asoslari” fanidan O’quv – uslubiy majmua