Qurilish konstruksiyalari kafedrasi

   Kafedra mudiri: t.f.n, dotsent Usmanov Valiaxmat Fayzillayevich

   Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari) 

   Telefon:(93)726-55-50

   E-mail: usmanov51@mail.ru

 

 

 

 

 

         Kafedra tarixi

Kafedra 1969 yilda tashkil topgan. Kafedraga V.I. Koposov, V.S. Markin rahbarlik qilganlar. Keyinchalik 1973 yil t.f.n., professor R.A. Mel’nik tashabbusi bilan bu kafedra «Temirbeton tosh va g‘isht konstruksiyalari», «Metall, yog‘och va plastmassa konstruksiyalari» kafedralariga bo‘lingan edi. «Temirbeton tosh va g‘isht konstruksiyalari» kafedrasiga prof. R.A. Mel’nik (1973-1984), dotsent S.R. Razzoqov (1984-1989), dotsent A.A. Raxmonov (1990-1992), dotsent V.F. Usmonov (1992-1997)  rahbarlik qilganlar.
«Metall, yogoch va plastmassa  konstruksiyalari»  kafedrasiga V.S. Markin (1971-1974), V.I. Koposov (1974-1978), R.I. Xolmurodov (1978-1986), G.S. Fridman (1986-1992), S.A. Asliyev (1992-1999) rahbarlik qilganlar.
1998 yildan bu ikki kafedra birlashib, «Qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlar» nomi bilan faol ish yurita boshladi. 1998 yildan 2012 yilgacha kafedra mudiri lavozimida texnika fanlari doktori professor S.R. Razzoqov faoliyat yuritdi. 2012-2014 yillarida kafedra mudiri lavozimida texnika fanlari nomzodi, dotsent B.SH. SHamurodov faoliyat yuritdi. 2015 yildan boshlab kafedra mudiri lavozimida texnika fanlari nomzodi, dotsent T.K.Kosimov ishlab kelmoqda.
Professor-o’qituvchilar tarkibining aksariyat qismi o’z soxasining yetuk mutaxassisi, yetarli kasbiy malaka va pedagogik maxoratga ega bo’lgan ustoz murabbiylardir. Ilmiy darajali professor-o’qituvchilar saloxiyati 78 % ni tashkil qiladi. 

O'quv-uslubiy ishlar

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’tilayotgan 12 ta fandan 10 ta fan bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun 2 ta fan esa  magistratura yo’nalishi  uchun bo’lib, ushbu fanlar bo’yicha yangi ta’lim standartlariga mos va vazirlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturlar asosida ishchi dasturlar ishlab chiqildi, hamda o’quv jarayoniga tadbiq etildi.
Talabalarning tanlov fanlari va maxsus fanlar uchun namunaviy dasturlar ishlab chiqildi, institut ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanib o’quv jarayoniga tadbiq etildi.
Maxsus fanlardan davlat tilida adabiyotlarning  kamligi sababli kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ma’ruza matnlari, o’quv qo’llanmalari va uslubiy majmualar tayyorlangan. Bosqich loyihalari va bitiruv-malakaviy ishlarini bajarish uchun uslubiy qo’llanmalar chop etildi. Aksariyat o’tiladigan fanlar amaliy yo’nalishga ega bo’lganligi sababli, laboratoriya darslari hajmi 50 % ni tashkil qiladi. Shu boisdan kafedrada tajriba ishlarni bajarish uchun maxsus stendlar tayyorlashga katta ahamiyat berilmoqda.
Samarqand viloyat Jomboy tumanidagi “Fazoviy konstruksiyalar, bino va inshootlar zilzilabardoshligi” ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyasi MCHJ bilan shartnoma asosida hamkorlik ishlari olib borilib, talabalar, magistrlar va katta ilmiy xodim va izlanuvchilar  uchun o’z  ilmiy ishlarini bajarishlariga sharoit yaratilgan. Bundan tashqari “SVP Maskan” MCHJ, “Farzona stal-servis” MCHJ, “Artur obsledovanie zdanie” MCHJ va shunga o‘xshash kupgina xususiy tashkilotlar bilan innovatsion hamkorlik shartnomalari tuzilib, hamkorli ishlari olib borilmoqda.
Kafedra professor - o’qituvchilarining malakalarini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Har yili reja asosida Toshkent davlat arxitektura qurilish institutida  malaka oshirib kelmoqdalar.
Iqtidorli talabalarni tanlash va ular bilan ishlashni alohida aytib o’tish lozim. Professor S.R.Razzoqov, dotsentlar A.K.Odilov,  G.S. Fridman, M.N. Ubaydulloev,  R.X.Mirmuxamedov va J.N. G‘anievlar rahbarligida  kafedrada bajarilayotgan ilmiy ishlarda talabalar bevosita qatnashib natijada hamkorlikda ko’plab ilmiy maqolalar chop etdilar.
Kafedrada har yili 30 dan ortiq talabalar «Bino va inshootlar qurilishi» yo’nalishi bo’yicha davlat attestasiyalaridan muvaffaqiyatli o’tib xalq xo’jaligida o’z soxasining mutaxassislari safiga qo’shilmoqda. Bajarilgan bitiruv malakaviy ishlarining aksariyat qismi real mavzular asosida bajarilgan bo’lib bevosita  ishlab chiqarishga tadbiq etilmokda.

Ilmiy-tadqiqot ishlar

Hozirgi kunda kafedra qoshida faoliyat ko’rsatayotgan “Fazoviy konstruksiyalar, bino va inshootlar zilzilabardoshligi” ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyasi MCHJ, “SVP Maskan” MCHJ, “Farzona stal-servis” MCHJ, “Artur obsledovanie zdanie” MCHJ ilmiy ishlab chiqarish tashkilotlarida o’qituvchi va talabalar ilmiy ishlarining natijalarini ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etish maqsadida ishlar olib borilmoqda.
 Kafedra tashkil etilgandan buyon kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan 400 dan ortiq o’quv – uslubiy qullanmalar va uslubiy ko’rsatmalar chop etilgan. Oxirgi 3 – yil davomida kafedra professor- o’qituvchilari tomonidan  25 ta o’quv -  uslubiy ishlar chop etilgan. Ushbu qullanmalar bosqich loyixalarini, bitiruv malakaviy ishlarini va tajriba mashg’ulotlarini bajarish uchun  mo’ljallangan.
Kafedra xodimlari tomonidan xozirgacha 500 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar chop etilgan. Jumladan 10 ta mualliflik guvoxnomasi va bitta patent olingan. Ular xar yili turli anjumanlarda o’z ma’ruzalari bilan uzluksiz ishtirok etib kelishmoqdalar.

Kafedrada tayyorlanadigan bakalavr ta’lim yo’nalishi va magistratura mutaxassisliklari.

5340200 – Bino va inshootlar qurilishi

5A340201– Bino va inshootlar qurilishi,

Kafedramizning ilmiy yo’nalishlari bo’yicha uch nafar  katta ilmiy xodim  izlanuvchilar ilmiy ishlarini himoya qilish arafasida, bitta katta ilmiy xodim  izlanuvchi ilmiy ishini boshladi  va bitta mustaqil tadqiqotchi o‘z ilmiy ishini bajarib kelmoqda.  

Kafedrada o’tiladigan fanlar.

Bakalavriyat bo’yicha:

  1. Temirbeton va tosh-g‘isht konstruksiyalari
  2. Qurilish konstruksiyalari
  3. Qurilish konstruksiyalari kompyuterda loyihalash
  4. Metrologiya, standartlashtirish, sertifikatsiyalashtirish va sifat nazorati
  5. Metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati
  6. Metall konstruksiyalari
  7. YOg‘och va plastmassa konstruksiyalari
  8. Bino va inshootlarni sinash metrologiyasi
  9. Bino va inshootlarni rekonstruksiyasi
  10. Bino va inshootlarni texnik xolatini baholash

Magistratura mutaxassisligi bo’yicha:

  1. Fazoviy konstruksiyalar va zamonaviy arxitektura
  2. Temirbeton konstruksiyalar loyihalash

Professor o’qituvchilar

I. Kafedra tarkibi, jami:

- Professor, fan doktori                              -2 kishi

- Dotsent, fan nomzodlari                          -9 nafar

-Katta o‘qituvchi                                        - 3 nafar

- Assistentlar                                               - 7 nafar

- Katta ilmiy xodim va izlanuvchi             - 1 nafar

-Mustaqil tadqiqotchi va izlanuvchi         - 1 nafar

- YOrdamchi xodimlar                               - 3 nafar