“Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” kafedrasi

 Kafedra mudiri: Xalikulov Shakar XXX

 Qabul kuni: Har kuni  1200 - 1600 

 Telefon:  (97) 929-18-50

 E-mail: shxalikulov@mail.ru

 

 

 

 

 

 

Kafedra tarixi:

“Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi”kafedrasi 1968 yilda Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti ochilgandan so’ng “Mexanika” nomi bilan ish faoliyatini boshladi, 1969 yilda esa ushbu kafedra “Materiallar qarshiligi” va “Qurilish mexanikasi” kafedralariga bo’lindi. 2005 yildan boshlab 2015 yilgacha kafedra “Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi”, hozirgi kunda esa “Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” deb yuritiladi.
Kafedralarga 1980 yilgacha marhum dosentlar L.N.Negmatov va O.T.Akobirov mudirlik qilishgan.1980 yildan boshlab, “Qurilish mexanikasi” kafedrasiga professor X.Sh.To’rayev, dosent X.R.Saidovlar, “Materiallar qarshiligi” kafedrasiga professor,O’zRFAning akademigi T.Sh.Shirinqulov mudirlik qildi. 2005 yildan 2009 yilgacha ushbu kafedralar birlashib, “Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi” deb yuritila boshladi, kafedra rahbari sifatida marhum akademik T.Sh.Shirinqulov faoliyat ko’rsatdi.2009-2012 yillar oralig’ida texnika fanlari nomzodi, dosent A.T.Qo’ldashev kafedragarahbarlik qildi. 2012 yil dekabr oyidan boshlab hozirgi kungacha  texnika fanlari nomzodi,dosent S.Q.Toshev kafedra mudiri lavozimida  ishlab kelmoqda.
Kafedra tarkibida o’z vaqtining yetuk mutaxassislari - S.V.Orlov, S.N.Mo’minov, I.M.Dorfman, O.T.Akobirov, S.X.Xayitmetov, T.A.Aslonkulov, I.I.Xaimov, R.M.Beganova, F.G.Ibragimov, L.M.Kucherenko, V.V.Filinnыx, B.I.Toporovskaya, F.Yu.Axmedjanova, A.V.Ibragimova, X.Turobov, A.Nabiyev, N.Ergashov, B.K.Javliyev, M.X.Ismatov,M.M.Mamatkulov., F.X.Yuldoshev.,S.M.Mirzoqobilovlar kabi professor-o’qituvchilar kadrlar tayyorlashda samarali faoliyat ko’rsatganlar.
Hozirgi kunda kafedrada 24 ta professor-o’qituvchilar va 2 o’quv texnik xodimlar ishlab kelishmoqda. Shulardan 3 tasi fan doktori, xususan 2 tasiprofessor, 6 ta fan nomzodlari, xususan  7 tasi dosent, 5 ta katta o’qituvchilar, 10 ta assistentlarfaoliyat ko’rsatishmoqda. Jumladan: X.Sh.To’rayev, A.T.Qo’ldashev,B.M.Mardonov, U.M.Mustafoyev, A.K.Kaxxorov, X.Saidov, N.M.Meliqulov, S.K.Toshev, N.Egamov, A.N.Qo’shbaqov, E.M.Mamatov, O.M.Ubaydulloyev, M.U.Xodjabekov, S.S.Amanov, D.Sh.Xoliqovlar.
Mustaqillik yillarida 1993 yildan 2005 yilgacha kafedra qoshida akademik T.Sh.Shirinqulov rahbarligida 05.23.17-“Qurilish mexanikasi” va 01.02.04-“Deformasiyalanuvchi kattik jism mexanikasi” yo’nalishlaridan texnika fanlari nomzodi va ayrim mutaxassisliklar bo’yicha bir martalik doktorlik dissertasiyasini himoya qilish bo’yicha K.067.90.01 maxsus kengash faoliyat ko’rsatib keldi. Shu davrda ilmiy kengashda 2 ta doktorlik va 70 dan ortiq nomzodlik dissertasiyalari himoya qilindi.
Kafedrada o’qitiladigan «Materiallar qarshiligi», «Amaliy mexanika» fanlar amaliyot bilan bog’liq bo’lganligi sababli, o’quv dasturiga kiritilgan barcha qismlar ma’ruzava amaliyot mashg’ulotlari laboratoriya tajribalariga tayangan holda olib boriladi. Shu boisdan bu fanlarni o’qitish uchun kafedrada ma’ruzalar uchun 1 ta tayanch auditoriyasi, laboratoriya tajribalarini o’tkazish uchun 1 ta xona va 1 ta uslubiy xona tashkil qilingan. Kafedra professor-o’qituvchilari uchun 1 ta kompyuter xonasi tashkil qilingan.
Kafedrada o’tiladigan barcha fanlar bo’yicha bakalavr ta’lim yo’nalishi uchun o’zbek tilida ma’ruzalar matni yaratilgan va chop etilgan. Jumladan X.Sh.To’rayev va M.X.Ismatovlar tomonidan ishlangan “Qurilish mexanikasi” nomli o’quv qo’llanma OvaO’MTV grifi bilan chop etilgan bo’lib, bugungi kunda “Qurilish mexanikasi” fanini o’qitilishda asosiy darslik bo’lib foydalanilmoqda. Shuningdek, hisoblashgrafik ishlari va laboratoriya ishlarini bajarish uchun topshiriqlar tayyorlangan.
Oxirgi besh yilda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 10 ta ortiq o’quv-uslubiy ko’rsatma va qo’llanmalar, 60 dan ortiq maqola va tezislar tayyorlandi. Jumladan, kafedra a’zolari tomomnidan 2015-yilda 1 ta o’quv qo’llanma, 3 ta uslubiy ko’rsatmava 17 ta maqola-tezislar chop qilindi.
Kafedra Respublika talabalarolimpiadasida «Qurilishmexanikasi», «Materiallarqarshiligi» va «Nazariy mexanika» fanlaribo’yichaqatnashadi. Ushbu fanlar bo’yicha SamDAQI talabalari har yili faol ishtirok etishib, sovrinli o’rinlarni egallab kelishmoqda. 
Kafedraning professor-o’qituvchilariga berkitilgan iqtidorli talabalari bilan ishlashda nazariy mexanika, materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasifanlaridan to’garaklari tashkil qilingan. Ilmiy to’garak rahbarlari(maslahatchilari):  assistentlar D. Xolikov va S. Amonov, katta o’qituvchi O.Ubaydulloyev.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Kafedra institutdagi o’qitiladigan mutaxassisliklarning barchasiga «Nazariy mexanika», «Materiallar qarshiligi», «Qurilish mexanikasi», «Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi» va «Mexanika»fanlaridan bilim beradi.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatini ustuvor yo’nalishlari:

1) plastinka, qobiq va boshqa qurilish qurilmalari elementlarini chiziqli bo’lmagan bir jinsli emaslik, vaqt bo’yicha o’zgaruvchi, deformasiyalari va ular bilan aloqada bo’lgan muhitlarni o’zaro ta’sirini hisobga olgan xolda mustahkamlik, ustuvorlik va harakat konunlarini o’rganib va ularning hisoblash metodikasini yaratish.
2)deformasiyalanuvchi muhit bilan o’zaro munosabatda bo’lgan bir jinsli va elastik bo’lmagan inshoot kismlarining mustahkamligi, bikirligi, ustuvorligi va dinamikasi masalalarini nazariy va amaliy tadqiqot qilish.

Mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash

Kafedrada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash qator ishlar qilinmoqda. Jumladan kafedra a’zolaridan mustaqil izlanuvchilar ro’yxati tuzilgan va ular bugungi kunning dolzarb mavzularda ilmiy ishlari olib borishmoqda, olingan natijalar asosida makolalar va tezislar tayyorlanmoqda.