Shahar qurilishi va xo’jaligi kafedrasi

Kafedra mudiri v.v.b Achildiyev Rasul Maxmadaliyevich

Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)

Telefon: +99894-518 95-54.

E-mail: achildiyevr@mail.ru.

 

 

 

 

 

Kafedra haqida ma`lumot:
“Shaharsozlik” kafedrasi 1982 yil “Me’moriyloyihalash” kafedrasi tarkibidan ajralib chiqib, kafedraning birinchi mudiri etib, dots.A.S.Uralov tayinlangan. Kafedrani tashkiletishda dots.A.S.Uralov, S.U.Odilov, Sh.Sh.Shukurov va A.Xudoyberdievlar katta hissa qo‘shdilar.
Kafedraga “Er tuzish va er kadastri” ta’lim yo‘nalishi qo‘shilganligi sababli 1999 yil 28 avgustdan kafedra nomi «Er kadastri va shaharsozlik» kafedrasi deb yuritila boshlandi. 25 oktyabr 2004 yil 79-U sonli institut Ilmiy kengashi qarori bilan kafedraning nomi «Er tuzish va erkadastri» deb o‘zgartirildi. 2012 yili avgust oyidan boshlab kafedra nomi “Shahar qurilishi va kadastr” deb o‘zgartirildi va 2015 yil 14 aprel X-50 sonli institut Ilmiy kengashi qarori bilan kafedraning nomi
“Shahar qurilishi va xo‘jaligi” deb o‘zgartirildi. Kafedra mudiri etib 1984-1989 yillarda dots.A.B.Balgaev, 1989-1993 yillarda dots.I.S.Shukurov, 1993-1998 yillarda dots. S.U.Odilov, 1999-2006 yillarda dots. N. Muradullaev, 2006 - 2012 yillarda dots. A.Raximov, 2012 – 2018 yillarda dots. A.Xudoyberdievlar faoliyat ko‘rsatib keldilar.
2018 yil 28 martdan boshlab kafedra mudiri vazifasini vaqtincha katta o‘qituvchi R.M.Achildiev bajarib kelmoqda.
O‘tgan yillar davomida kafedraga MISIdan professor D.S.Samaylov, dots. R.F.Lukushuk, dots. L.P.Nesvitaev, KISI dan professor V.V.Leontovich va MARXI dan dots. O.S. Rostorguevlar kelib o‘z bilimlarini va tajribalarini kafedra a’zolariga va talabalarga etkazdilar.
Kafedra faoliyati davrida S.U.Odilov 1983 yil, I.S.Shukurov 1986 yil, A.Xudoyberdiev 1989 yil, J.Yu.Yunusov 1989 yil, B.A.Xudoyberdiev 1990 yil va A.T.Ismoilov 1990 yillarda “Shaharsozlik” yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ish bajarib, nomzodlik dissertatsiyalarini ximoya qildilar.
1990 yilda kafedra tomonidan SamDAQI da butun ittifoq ilmiy anjumani tashkil etildi. Bunda “Shaharsozlik” muammolari bo‘yicha shug‘ullanuvchi 50 dan ortiq etakchi ilmiy mutaxassislar qatnashdilar. 2006 yil “Er tuzish va er kadastri” kafedrasi Samarqand institutlari ichida birinchi marta Evropa Ittifoqining “Tempus” dasturi loyihasida qatnashib 315000 evrolik “O‘zbekistonda Er resurslari boshqaruvi” YEP 26100 - 2005 TACIS loyihasi grantini yutib oldi. 2006 yil oktyabr oyida kafedra a’zolaridan dots. Muradullaev N. va dots. A.Raximovlar «Tempus» loyihasi bo‘yicha 2 haftalik o‘qish seminarida qatnashib, SHvesiyaning Stokgolm shahrida xizmat safarida bo‘lishdi.
2007 yil noyabr oyida dotsentlar Sh.Davlatov va B.Qarshievlar «Tempus» loyihasi bo‘yicha 2 haftalik o‘qish seminarida qatnashib Finlandiya davlatining Xelsinki shahriga xizmat safariga borishdi. Kafedraning tashabbusi bilan 2002 yil 19 - 20 aprel kunlari Samarqandda «Kadastr xizmati va ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirish muammolari» mavzusida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi, Konferensiyada respublikamizdan va chet davlatlardan, jumladan Rossiya, Shvetsiya, Gollandiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlaridan 250 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etishdi. 2005 yil 13 - 14 mart kunlari «Kadastr xizmati va ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirish muammolari» mavzusidagi respublika ilmiy – amaliy konferensiyasi o‘tkazildi, bu konferensiyada ham 200 dan ortiq mutaxassislar qatnashdilar.
Bu ikkala konferensiyada kafedra o‘qituvchilari ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirish muammolari to‘g‘risidagi fikr mulohazalarini mutaxassislar e’tiboriga havola etdilar. Bugungi kunda kafedrada 11.5 shtat birligi bo‘lib, unda 15 ta professor – o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda. Shundan 2 ta fan nomzodi dotsentlar, 8 ta katta o‘qituvchi va 5 ta assistent faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 13 % bo‘lib, professor –o‘qituvchilarning hozirgi vaqtdagi o‘rtacha yoshi 42 yoshni tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda kafedrada 5340300 – “Shahar qurilishi va xo‘jaligi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va 5A 340302 “Shahar transport xo‘jaligi va aloqa yo‘llari” magistratura mutaxassisligi mavjud.
Kafedra a’zolari o‘zining ko‘p yillik faoliyati mobaynida davlat standartlari va o‘quv reja asosida 5340300 – «Shahar qurilishi va xo‘jaligi», 5111000 – Kasb ta’limi (5340300 – Shahar qurilishi va xo‘jaligi), 5A340302 - «Shahar transport xo‘jaligi va aloqa yo‘llari» magistrlik mutaxassisliklariga jami 21 ta fandan ta’lim berib kelmokdalar.
Kafedrada O‘zbekiston Respublikasidagi tayanch oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan tashqi ilmiy aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra moddiy texnika ta’minoti, ilmiy pedagogik kadrlar va axborot tizimi bazalari bilan ta’minlangan. Uzluksiz ta’lim tizimi Samarqand viloyat Arxitektura va qurilish boshqarmalari xizmati bilan aloqa mustahkamlangan. Talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashda “Me’morqurilish loyiha” MCHJ, Samarqand shahar «Yo‘l loyihalash” MCHJ va OOO “RARVIZ PROEKT SERVIS” tashkilotlarida amaliyotlarini o‘tab kelmoqda. Kafedra o‘qituvchilari malakalarini oshirish Toshkent Arxitektura qurilish institutida qayta tayyorlashdan o‘tishadi.
Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:
5340300 – “Shahar qurilishi va xo‘jaligi”
5111000 – Kasb ta’limi (5340300 – Shahar qurilishi va xo‘jaligi).
Kafedrada magistratura mutaxassisliklari:
5A340302 - «Shahar transport xo‘jaligi va aloqa yo‘llari».

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:
Bakalavriat
1.Arxitektura va shaharsozlik asoslari;
2.Uy joy kommunal xo‘jaligi asoslari;
3.Shahar rekonstruksiyasi va injinerlik infrastrukturasini rivojlantirish;
4.Shahar ko‘cha, yo‘llari va transport;
5.Shahar injenerlik inshootlari;
6.Bino va inshootlarni texnik ekspluatatsiyasi;
7.Shahar iqlimshunosligi;
8.Shahar hududini injenerlik tayyorlash;
9.Bino va inshootlar restavratsiyasi;
10.Shahar hududini ko‘kalamzorlashtirish va istirohat bog‘larini loyihalash;
11.Yo‘l va transport harakatini loyihalarini asoslash;
12.Axoli yashash joylarini loyixalash;
13.Shaharsozlik va transport asoslari.

Magistratura

1.Shahar hududini kompleks obodonlashtirish;
2.Shahar va qishloq aholi punktlari yo‘llarini rejalashtirish;
3.Shahar transport inshootlarining injenerlik echimlari;
4.Shaharlarda transport harakatini tashkillashtirish;
5.Shahar ko‘cha yo‘l tarmog‘ining texnik ekspluatatsiyasi;
6.Ko‘chmas mulk kadastri;
7.Shaharsozlikda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari;