TABIIY FANLAR

Kafedra mudiri: v.b. t.f.n. dotsent Xoldorov Nortoji

Telefon: (93) 337 23 79

Elektron manzili:n.xoldorov@umail.uz

 

 

 

 


 

Kafedra tarixi 

Fizika kafedrasi SamDAQI tarkibida tashkil qilingan kafedralar ichida eng keksasi bo‘lib, institut bilan bir qatorda 1966 yilda asos solingan. Uning asoschilaridan va birinchi mudiri dotsent Raximov A.A. (1966-1967 y.y.)bo‘lgan. Keyingi yillarda dotsent SHodiev N.J.(1967-1968 ), dotsent Suyarov N.YU.(1968-1976 y.y.),dotsent Abdullaev G.A.(1976-1985 y.y.,1991-1994 y.y.), dotsent Usarov O‘.T.(1985-1991 y.y.,1998-1999 y.y.) dotsent Nurmatov E.M.(1994-1996 y.y.), professor Oqilov J.O.(1996-1998 y.y.), dotsent Xoldorov N.X. (1999-2010 y.y.) dotsent Nurmatov E.M.(2010-2011 y.y.)SamDAQI Ilimiy Kengashi qarori asosida 2011 yilning sentyabridan «Oliy matematika» va «Fizika va elektrotexnika» kafedralari birlashtirilib, «Fizika va matematika» kafedrasi tashkil qilindi. Unga kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi etib professor A.S. Savurboev tayinlandi. (2011 iyul-oktyabr) SamDAQI Ilmiy Kengashida tanlov asosida dotsent E.Umarov. (2011 noyabridan 2012 yil apreligacha) dotsent O‘.O‘sarov (2012 yilning aprel-dekabri) dotsent Q.Mamasoliev (2012 yilning dekabiridan 2018 yil oktyabirigacha)Kafedra 2015 yildan “Oliy matematika va fizika” deb ataldi. SamDAQI ilmiy kengashining qaroriga muvofiq “Tabiiy fanlar” kafedrasi “Oliy matematika va fizika” kafedrasi tarkibidan ajratildi.2018 yiloktyabrdan kafedrani dotsent N.Xoldorov boshqarib kelmoqda.
Kafedra faoliyati davomida 12 nafar o‘qituvchi fan nomzodligi dessertatsiyasini himoya qildi va dotsent unvonini oldi. Kafedra xodimlari davlat ilmiy texnik loyihalarni bajardi, o‘n beshta o‘quv qo‘llanma, to‘rtta darslik va ko‘plab maqolalarni chop ettirdi.
Hozirgi kunda “Tabiiy fanlar” kafedrasida 12.5 ta shtat birligida 14 nafar o‘qituvchi 8 nafar o‘quv-yordamchi xodim ishlaydi.
Professor – o‘qituvchilar tarkibi quyidagicha:
1 nafar fizika matematika fanlari nomzodi, v.b. professor;
6 nafar fizika matematika fanlari nomzodi, dotsent;
1nafar fizika matematika fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi;
1 nafarkatta o‘qituvchi;
6 nafar assistent-o‘qituvchi.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
*Fizika
*Qurilishda fizika
*Qurilishda elektr ta’minoti
*Zamonaviy tabiiy fanlar konsepsiyasi
*Qurilish kimyosi.
Kafdraning tilmiy tadqiqot yunalishlari
Kafedra professor – o‘qituvchilari quyidagi mavzular bo‘yicha ilmiy – tadqiqot ishlarini olib boradi:
1.Qattiq jismlar, yarim o‘tkazgichlar, amorf jismlarga magnit maydoni, temperatura, mexanik, kimyoviy va boshqa ta’sir natijalarini tadqiq qilish. 
2.Plazma va uning diagnostikasi. 
3.Oliy ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash
Kafedraning hamkorlik aloqalari:
O‘zbekiston Milliy Universiteti
Toshkent Davlat texnika Universiteti
Sankt-Peterburg Universiteti
Qozon davlat universiteti
Moskva davlat universiteti
O‘zR FA YAdro instituti
Samarqand Davlat Universiteti
Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Qarshi davlat universiteti
O‘zbekiston FA Samarqand bo‘limi