Horijiy talabalar


Institutning 2018 yil 3 dekabrdagi T-158-son buyrug’i asosida Turkmaniston fuqarosi Odayev Akmurat Atageldiyevich “5340100-Arxitektura (turlari bo’yicha)” ta’lim yo’nalishi 1 kursida o’qimoqda.Sankt-Peterburg davlat arxitektura-qurilish universitetining 2018 yil 7 dekabrdagi №88-24-35 sonli taklifnomasi, hamda O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi № 427/07-20 sonli xatiga asosan, institut “Avtomobil yo’llari, zamin va poydevorlar” kafedrasi mudiri Yakubov Muqimjon Muxtorovich va kafedra dosenti Ikramov Fayzulla Abdullayevichlar 2019 yil 6-8 fevral kunlari Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo’lib o’tgan “Fundamentalnыye i prikladnыye voprosы geotexniki: novыye materialы, konstruksii, texnologii i raschetы” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnika konferensiyasida respublikamizda dolzarb bo’lgan muammoli mavzularni (o’ta cho’kuvchan gruntlarda sun’iy zamin hosil qilish usullarini takomillashtirish, atom elektr stansiyalarini zamin va poydevorlarini loyihalashda sonli usullar bilan modellashtirish “zamin-poydevor-inshootlarning yer usti konstruksiyalari) va qurilishdagi muammolar, ularning texnik holati monitoringini o’rganish bo’yicha muzokaralar olib bordilar, hamda xavfli geologik hodisalar: yer ko’chkilari, seysmika, avtomobil yo’llarini loyihalash mavzulari bo’yicha fikrlar almashinildi, shuningdek, o’zlarining “Prognoz napryajenno-deformirovannogo sostoyaniya gruntovыx osnovaniy uskoritelno-nakopitelnыx kompleksov s uchetom nelineynыx svoystv gruntov” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etishdilar.
Qozog’iston Respublikasi Astana shahrida o’tkazilgan “Akademizm i Progress” xalqaro professional rassomlar sipmoziumi tashkilotchilarining taklifnomasiga, hamda O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 18 fevraldagi  № 1162/07-20 sonli xatiga asosan,  2019 yil 18-23 fevral kunlari institutining “Tasviriy san’at” kafedrasi o’qituvchisi Sharipov Avaz Boboxonovich mazkur sipmoziumda “Kazaxstan: Vremya, Vperyod” deb nomlangan triptix ijodiy ish bilan ko’rgazma tashkil etdi.
Qozog’iston Respublikasidagi Taraz davlat pedagogika universitetining taklifnomasiga hamda O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 20 martdagi № 1934/07-20 sonli ruxsat xatiga asosan, institutning “Tasviriy san’at” kafedrasi dosenti Jo’rayev Hamza Hamroqulovich 2019 yil 1-15 aprel kunlari mazkur universitet talabalariga ma’ruza mashg’ulotlari o’tdi.
Chexiya Respublikasining Praga shahrida bo’lib o’tgan “Climate change and global warning” mavzusidagi 3-jahon sammiti yosh tadqiqotchilar forumi tashkilotchilarining 2018 yil 20 noyabrdagi taklifnomasiga, hamda O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 23 yanvardagi    № 462/07-20 sonli xatiga asosan, 2019 yil 27-28 fevral kunlari institutning yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori Xaitov Orif Bolikulovich o’zining “Climate sensitivity of Traditional Uzbek architecture” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 dekabrdagi 87-03-4179 sonli xatiga binoan, Fulbrayt dasturi asosida, Amerika Qo’shma Shtatlaridagi Yel universitetida taxsil olgan, hamda hozirda Magnet san’at maktabining iqtisoslashgan ta’lim markazi xodimi, Sheffield II Gerald Euhon 2018-2019 o’quv yilining ikkinchi semestri mobaynida institutning 5150900-Dizayn (turlari bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo’nalishining 301, 302-guruh talabalariga “San’at va ma’daniyat tarixi” fanidan 68 soat ma’ruza mashg’ulotlari o’tdi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti bilan Rossiya Federasiyasining Moskva davlat qurilish universiteti o’rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga, hamda mazkur universitetning “Topshiriq rejasi”ga asosan, “Arxitektura” kafedrasi professori Zaxarov Arkadiy Vasilyevich va kafedra dosenti Zabaluyeva Tatyana Rustikovnalar 2019 yil 29-30 mart kunlari institutning “Arxitektura” hamda “Qurilish” fakultetlari talabalariga “Arxitektura fizikasi”, “Fuqaro va sanoat binolari arxitekturasi”, “Bino va inshootlarni texnik ekspluatasiyasi”, “Arxitektura tarixi” va “Arxitektura yodgorliklarini tamirlash va tiklash” fanlaridan 16 soat ma’ruza mashg’ulotlari o’tdi.
Malayziya Islomiy fanlar universiteti bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o’rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga binoan, mazkur universitetning dosenti Elina Binti Mohd Husini 2019 yil 4-6 aprel kunlari institut talabalariga 14 soat ma’ruza mashg’ulotlari o’tdi.“KOMM MIT - "DEUTSCHER FUSSBALL-BUND" (DFB) Germaniya futbol assosiasiyasining taklifnomasi, Samarqand viloyat futbol assosiasiyasining 2019 yil 13 feraldagi №17 sonli xati hamda O’zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2019 yil 18 fevraldagi 1163/02-20 raqamli ruxsat xatiga asosan, institutning “Qurilishni boshqarish” fakulteti “5340900-Kuchmas mulk ekspertizasi va uni boshkarish” ta’lim yo’nalishi 205-guruh talabasi Xamidov G’ayrat Baxodurovich 2019 yil 18-22 aprel kunlari Ispaniyaning "Copa Santa" turnirida hakam sifatida ishtirok etdi.Yevropa Ittifoqidagi Erasmus+ dasturining “Capacity Building: Doctoral Studies in Geoinformation Sciences” nomli xalqaro grant loyihasi taklifnomasi va O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 16 maydagi 3395/07-20 sonli ro’xsat xatiga binoan, institutning “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi dosenti v.b., arxitektura bo’yicha falsafa (PhD) doktori Sadikova Sitora-Bonu Nematdjonovna joriy yilning 20 maydan 15 iyulga qadar Avstriyaning Zalsburg Parij-Lodron universitetida stajirovka o’tashi uchun xorijiy xizmat safariga yuborildi.
Belarucsiya milliy texnika universitetining 2019 yil 13 maydagi 01-27/2216 sonli xati hamda O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 17 maydagi 3491/07-20 sonli ruxsat xatiga binoan, institutning o’quv ishlari bo’yicha prorektori Raximov Abduaziz Raxmonovich joriy yil 4-10 iyun kunlari mazkur universitet bilan hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlarini ochish uchun shartnoma bandlarini kelishish maqsadida Belarus Respublikasiga xorijiy safarini amalga oshirdi. Safar natijalariga ko’ra ikki oliy ta’lim muassasalarining 4 ta ta’lim yo’nalishlari bo’yicha qo’shma ta’lim dasturi imzolandi.Moskva davlat qurilish universitetining taklifnomasi hamda institutning         2019 yil 3 iyundagi 06-x/s-son bo’yrug’iga asosan, “Suv ta’minoti, kanalizasiya va suv havzalarini muxofaza qilish” kafedrasi katta o’qituvchisi Qo’rbonova Umida O’tkirovna mazkur universitetida 2019 yil 4-11 iyun kunlari bo’lib o’tgan konferensiyada ishtirok etdi.O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2019 yil 7 martdagi 03-4/9964 sonli xati va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 maydagi 84-03-2252 sonli xatiga binoan, 2019 yil 17-22 iyun kunlari Turkiyaning Istambul shahrida “Turk dunyosi arxitektor va muxandis-quruvchilari ittifoqi” tomonidan tashkil etiladigan megaloyihada institutning o’quv ishlari bo’yicha prorektori Raximov Abduaziz Raxmonovich ishtirok etdi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti bilan Rossiya Federasiyasidagi I.Ye.Repin nomidagi Sankt-Peterburg davlat rang tasvir, haykaltaroshlik va arxitektura akademik instituti o’rtasida tasdiqlangan hamkorlik shartnomasiga, hamda mazkur institutning 2019 yil 30 apreldagi 290-k, va 2019 yil 30 maydagi 12-r sonli xatlariga asosan, joriy yil 17 iyundan 1 iyulga qadar “Rasm” kafedrasi katta o’qituvchisi Romanov Vladimir Vladimirovich rahbarligida 5 nafar talabalari Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida o’quv amaliyotlarini o’tamoqda.
Avstriyaning Zalsburg Parij-Lodron universiteti ma’muriyatining            taklifnomasi hamda O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil                1 iyundagi 3954/07-20 sonli ruxsat xatiga asosan, institutning ilmiy ishlar va innovasiyalar bo’yicha prorektori Isakov Erkin Xo’jayorovich, “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi katta o’qituvchisi Tuxtamishev Shuxrat Shermanovich va “O’zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o’qituvchisi Eshmamatov Rustam Toshtemirovichlar 2019 yil 27 iyundan 5 iyulga qadar Yevropa Ittifoqidagi Erasmus+ dasturining “585718-EPP-1-2017-1-HU-EPPKA2-CBHE-JP-DSinGIS-Doctoral Studies in Geoinformation Sciences” qo’shma grant loyihasi doirasida tashkil etiladigan seminarlarda ishtirok etishlari uchun Avstriyaning Zalsburg shahriga xorijiy xizmat safariga yuborildi.
Ikramov Fayzulla Abdullayevichlar va Yakubov Muqimjon Muxtorovichlar 10-20 oktyabr kunlari Tayvanga Tuproq mexanikasi va geotexnika muxandisligi (Soil Mechanics and Geotechnical Engineering)” Xalqaro Osiyo mintaqalari konferensiyasi bosh ma’ruzalarda ishtirok etish va qo’yilgan muammolarni yechish bo’yicha fikr almashish; konferensiyada respublikamizda dolzarb bo’lgan muammoli mavzularni va qurilishdagi muammolar, ularning texnik holati monitoringini o’rganish; xavfli geologik hodisalar: yer ko’chkilari, seysmika, avtomobil yo’llarini loyihalash mavzulari tahlilida ishtirok etib, fikr almashish; yalpi majlisda ishtirok etish va unda “Inkrementalnaya teoriya uprochnyayuщyegosya glinistogo grunta” mavzusida ma’ruza qilish uchun yuborildi.
Fayziyev Zafar “Issiqlik gaz ta’minoti, ventilyasiya va servis” kafedrasi doktoranti Belorus Respublikasi Belarusiya Milliy texnika universitetida 3 oktyabrdan 2020 yil 21 yanvargacha Belarusiya Milliy texnika universitetida “ Energiya tejamkorlik va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” dasturi  asosida to’rt oylik stajirovka o’tashdan uchun yuborildi.
Aymatov Rustam Ruzibayevich “Issiqlik gaz taminoti, vintilyasiya va servis ” kafedrasi katta o’qituvchisi Rossiya Federasiyasi Moskva davlat qurilish universiteti    ga  2019 yil 21oktyabrdan 21 noyabrgacha            Federasiyasi Milliy tadqiqot Moskva davlat qurilish universitetida “Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash ” dasturi asosida bir oylik malaka oshirish kursini o’tashdan uchun yuborildi.
Saliyeva Noilya Muxamedovna Shaxar qurilishi va xo’jaligi” kafedrasi katta o’qituvchisi  Rossiya Federasiyasi  Moskva davlat qurilish universitetiga 2019 yil 21oktyabrdan 21 noyabrgacha Federasiyasi Milliy tadqiqot Moskva davlat qurilish universitetida “Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash ” dasturi asosida bir oylik malaka oshirish kursini o’tashdanuchun yuborildi.
Razzoqov Sayidmaxsud Raxmonovichning    professor Rossiya Federasiyasi Moskva davlat qurilish universitetiga  2019 yil 10 noyabrdan 21 noyabrgacha Moskva shaxrida qurilish universiteti raxbariyati bilan ilmiy soha bo’yicha xalqaro munosibatlarini rivojlantirish, qurilish sohasining “Unikal (noyob) binolar va inshootlar qurilishi” bo’yicha Respublikamizda 7 fan sohasi, 12 ixtisoslik bo’yicha fan doktorlarini tayyorlashga tajriba almashish – malakasini oshirish uchun yuborildi.
Ijrochi: institut xalqaro aloqalar bo’limi
Tel: +998 66 237-05-32
E-mail: samdaqi.xab@gmail.com
Institutning 2018 yil 3 dekabrdagi T-158-son buyrug’i asosida Turkmaniston fuqarosi Odayev Akmurat Atageldiyevich “5340100-Arxitektura (turlari bo’yicha)” ta’lim yo’nalishi 101-guruhiga qabul qilindi.
2018 yil dekabr oyida A.Odayev tomonidan institutga 26581392 so’m valyuta tushumi amalga oshirildi.


Institutning 2017 yil 16 sentyabrdagi T-92-son buyrug’i asosida Rossiya Federasiyasi fuqarosi Nazarova Dilrabo Abdunasirovna “5311500-Geodeziya, kartografiya va kadastr” ta’lim yo’nalishining 106 guruxiga qabul qilindi. Xozirda 206 guruxda o’qimoqda. 2017 yil sentyabr va 2018 yil fevralda 10500000 hamda 2018 yil oktyabr oyida D.Nazarova tomonidan institutga 10500000 so’m valyuta tushumi amalga oshirildi.