Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi

 Respublika oliy ta’lim muassasalari tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi“O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo’lib, bevosita oliy ta’lim muassasalari tarkibiga kiradi.

Ta’lim  sifatini nazorat qilish bo'limi xodimlari to’g’risida 
MA’LUMOT

                     

 SamDAQI ta’lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig’i.

 t.f.n. dotsent: Sirojiddinov Uktam Samaridinovich

   Qabul vaqti:  Har kuni (15-00dan 18-00gacha)

   Telefon:  (0-366) 237-48-14; 99893-995-48-87

   E-mail:    ts.inspeksiya@samgasi.uz

O’.Sirojiddinov 1963 yilda Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy, 1986 yilda Dnepropetrovsk injener-qurilish institutini imtiyozli, 2002 yilda Samarqand davlat universitetini bitirgan. Mutaxassisligi injener-elektromexanik, iqtisodchi. U mehnat faoliyati davomida ishlab chiqarish korxonalari, Viloyat hokimligi tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2000-2003 yillarda Samarqand shahar Hokimining birinchi o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2003-2005 yillarda “Pari-SA” xorijiy korxonasi bosh direktori, Samarqand shahar “Suvoqava” DUK rahbari bo’lib ishlagan, 2006 yildan SamDAQIda pedagogik faoliyat bilan shug’ullanadi. Inspeksiya boshlig’i lavozimiga tayinlangunga qadar o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i lavozimida mehnat qilgan. 

           

             Bosh mutaxassis

 Otamurodov Behzod Bobomurotovich

  Telefon:  (0-366) 237-48-14; 99894-288-08-08

   E-mail:    otamurodovbb@mail.ru

B.Otamurodov - 1984 yilda Navoiy viloyatida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumot oliy, 2010 yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini bakalavr, 2012 yilda magistratura mutaxassisligini  tamomlagan. Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi – muhandis-quruvchi. U 2013 yildan “Qurilish materiallari, buyumlari  va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi assissenti, institut o’quv bo’limi uslubchisi bo’lib ishlagan.  Lavozimiga tayinlangunga qadar o’quv-uslubiy bo’lim inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

 

 

                 

           Bosh mutaxassis

Jo’rayev Ulug’bek Quldoshevich

 Telefon:  (0-366) 237-48-14; 99893-723-79-73

   E-mail:    jurayev-uq@mail.ru

U. Jo’rayev - 1990 yilda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumot oliy, 2014 yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi – muhandis-quruvchi. U 2014 yildan institut o’quv  bo’limi uslubchisi, 2015 yildan “Qurilishni boshqarish” fakulteti inspektori bo’lib ishlagan.  

 

 

SamDAQI Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limining ish rejasi
Oliy ta’lim muassasasida ta’lim sifatini baholash mezonlari
24.01.2018y. SamDAQI Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limining Nizomi
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan 2018 yilning I choragida bajarilgan ishlar to‘g‘risida HISOBOTI