Tasviriy san'at

   Kafedra mudiri: O'rinboyev Shakarboy Eliboyevich 

   Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)   

   Telefon: (93) 726-62-06

   E-mail: shakarboy@umail.ru   

 

 

 

 

 

Kafedra tarixi

Samarqand Davlat Arxitektura-qurilish institutining ochilishi munosabati bilan 1966 yilda tashkil topgan  kafedra dastlab “Rasm, rangtasvir va haykaltaroshlik” nomi bilan atalgan. Quyidagi professor o’qituvchilar uning mudirlari bo’lib ishlaganlar: S.M.Muxammedshin 1966-67 yillarda, V.V.Vanyakin 1967-71 yillarda, N.T. Sultonov 1971-77 yillarda, N.J. Kalonov 1976-82 yillarda, F.G.Yuldoshev 1982-87-2001-2009 yillarda,  yillar, N.T. Sultonov 1988-01 yillarda, X.X. Jo’rayev 2009-2012 yillarda, D.Z.  Saloxiddinova 2012 yilda, T.H. Yorqulov 2013-2017 yillarda, Sh.E. O’rinboyev 2017 yil fevraldan mudiri v.b., 2018 iyul oyidan kafedra mudiri vazifasida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Ushbu kafedraga institut rektori Abdurasulov R.R. tomonidan dastlab S.V. Redkin, G.S. Salaxov, N.Sh. Shaymuradov va  V.V, Vanyakinlar taklif qilingan.      A.Shimandurov (1967-1972), V. Shimandurova. (1967-1972), K. Valter (1967-1972), F.I. Pak (1967-1979), E.M. Muhammadiyev (1968-1979), D. Fxudin (1971- 1972), T.Shamir­zayev. (1972-1974), Sherali (1972-1974), G. Malaxov. (1972-1974),  A.T. Bekmuhammedov (1973-1979), J. Prokopenko, K.Osmonova (1972-1977), M. Abdusalamov  (1974-1980), N.J. Kalonov  (1976-1982), E.B.  Turabov  (1977-2002), T.B. To’rayev  (1978-1984), Ramozon  Fayziyev (1979-1984),  Shaymardanov (1984-1993),  K.A. Abrayev (1990-1995), I.B. Hakimov (1992-1995), Sh. Mirzayev  (1992-1995), Maxammatov X. (1979-2012),  BerdiyevB.T.(2008-2018) yillarda kafedrada faoliyat ko’rsatishgan.
Xozirda dotsentlar X.X Jo’rayev, D.N. Sultonova, dots.v.b. Esanov T., katta o’qirtuvchilar T.X. Yorqulov, N.A Suyunova, A.Ch. Rasulov, Sh.E.  O’rinboyev, H. B. Hasanova, Sh.V. Barnoyeva., A.N. Sultonov., o’qituvchilar D. M. Nazarova, S. R. Najmiyeva, G. A. Maxkamova, A.B. Sharipov, O’.A. Gulmirzayev, M.S. Sidikova, K.Q. Narziyeva, F. A. Qosimova, stajer o’qituvchilar S.M. Suvanqulov  va J. X. Hadirovlar  yuqori malakali kadrlar tayyorlashda o’z xissalarini  qo’shib kelmoqdalar.
Ushbu kafedrada faoliyat ko’r­satib kelayotgan, yuqorida nomlari qayd qilingan professor-o’qituvchi­lar tasvi­riy va amaliy san’at ras­somlari, arxi­tektura va dizayn yo’nalishlarida ijod qiluvchi arxi­tek­torlar, respub­likaga tanilgan, xizmat ko’rsatgan san’at arboblari, o’zlarining ijodiy asarlari bilan  obru-e’tibor topgan  amaliy  va tasviriy san’at ustalaridir. Ular “Ustoz-shogird” an’analariga mos ravishda ijodiy yo’nalishda talabalarga taxsil berib kelishmoqda.
Jumladan,  S.M. Muxammedov 1966-67 yillarda talaba­larga san’at sirlarini o’rgatish bilan birgalikda o’zining ijodiy faoliyati bilan jamoat orasida ko’zga ko’ringan suv bo’yoq ustasi, O’zbekiston badiiy ijodiy uyushmasi a’zosi, xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, xorijiy va respub­lika badiiy ko’rgazmalarida faol qatnashgan haykaltarosh, Respublikada ko’zga ko’ringan haykallarning muallifi bo’lgan.
Dosent V.V.Vanyakin 1967-71 yillarda kafedrada mu­dirlik qilib, talabalarga rasm va haykaltaroshlik sirlari­dan saboq bergan. O’zbekiston badiiy ijodiy uyushmasi a’zosi. Xorijiy va respublika badiiy ko’rgazmalarida faol qatnashgan. Ijodiy grafika ishlari bilan davlat tomonidan rag’batlantirib kelingan. Samarqandda grafik asarlari bilan  mashhur bo’lgan  grafik rassom.
Urush yillari Leningraddan  Samarqandga bir qancha fan va ijod sohiblari hamda noyob mutaxassisliklar (evakuasiya) qilin­gan  ya’ni  davlat tomonidan ko’chirilgan. Ana shu yillari kelib Samarqandda ijodi faoliyoti bilan tanilgan grafik rassom, dosent. S.V. Redkin  hisoblanadi.
O’zbekiston arxitektorlar uyushmasi a’zosi, mohir suvbo’yoq ustasi, O’zbekiston arxitektorlar uyushmasi Samarqand bo’limi boshlig’i, ikkinchi jahon urushi ish­tirokchisi, suv bo’yoqda ishlagan asarlari bilan o’zbekistonda tanilgan arxitek­tor, dosent G.S. Salaxov. Ko’p yillar talaba­larga  suv bo’yoqda ishlash sirlarining noyob tamonlari­dan saboq bergan.
O’zbekiston badiiy akademiyasi ijodiy uyushmasining a’zosi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy, xorijiy va respublika badiiy ko’rgazmalarida faol qatnashgan musavvir, O’zbekiston badiiy akademiyasining oltin medali sovrindori, san’atshunoslik nomzodi professor N.T.Sultonov 1938 yil 24 noyabr Samarqand viloyatining Payariq tumani Kampiro’ldi qish­log’ida tavallud topgan. 1957- 63 yillarda Toshkent shahridagi P.Benkov nomli Respublika badiiy bilim yurtida tahsil olgan va 1963-68 yillarda Toshkent teatr va rassomchilik insti­tutida o’qigan. 1968 yildan boshlab “Tasviriy san’at” kafedra­sida o’qituvchi, dosent bo’lib, 1990 yildan boshlab esa professor lavozim­larida ishlab kelgan.
O’zbekiston arxitektorlar uyushmasi a’zosi, “Tasviriy san’at” va grafika yo’na­lishida har xil mavzulardagi badiiy asarlar­ning muallifi yangicha kashfiyotlar va izla­nishlar ijodiyotining kuychisi, dosent F.G’.Yuldoshev 1951 yilning 22 aprelida Pastdarg’om tumanining Charxin qo’rg’onida tavallud topgan. 1967-72 yillarida Samarqand Davlat Arxitektura qurilish institutining “Arxitektura“ fakultetini imtiyozli bitirib, shu yil­ning o’zida “Rasm, rangtasvir va haykal­taroshlik” kafedrasida ish faoliyatini boshlagan. 1982 yilda dosentlik lavozimida erishgan.  Shu yillar davomida kafedrada mudirlik qilish bilan birgalikda, o’zining ijodiy ishlari bilan ham muxlislar e’tiborini qozongan va ishlarini xayriya sifatida institutimizga kelgan xorijiy va mahalliy mehmonlarga hadya etib, mehribonlik  uylariga xayriya  qilgan  hamda e’tibor topgan ijod sohibi hisoblanadi.
O’zbekiston badiiy akademiyasi ijodiy uyushmasi a’zosi, amaliy san’at yo’nalishi rassomi, tasviriy va amaliy asarlar muallifi, dosent, X.M. Maxammatov 1951 yilning 26 aprelida Samarqand viloyatiga qarashli Ko’shrabot tumanida tavallud topgan. 1974-79 yillarda Toshkent  teatr va rassomchilik institutini bitirib, 1980 yildan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga qarashli “Rasm, rangtasvir va haykaltaroshlik” kafedrasida assistentlik, katta o’qituvchi  lavozim­la­rida  saboq berib, kafedrada mavjud bo’lgan badiiy kulol­chilik ustaxonasida ijod qilgan.
Iqtidorli haykaltorosh O’zbekiston badiiy akademiyasi ijodiy uyushmasining a’zosi, O’zbekiston badiiy akademiyasi ijodiy uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi a’zosi, Samarqand va boshqa ko’p shaharlarda milliy haykal­taroshlik asarlari bilan mashhur dotsent v.b. T.Esonov 1982 yildan kafedrada qalamtasvir, rangtasvir va haykaltorosh­lik fanlaridan saboq berish bilan birga doimiy ravishda ko’plab ijodiy ko’rik-tanlovlar ishtirokchisi, “Do’stlik” ordeni sohibi.
O’zbekiston badiiy akademiyasi ijodiy uyushmasining a’zosi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, O’zbekiston badiiy akademiyasi ijodiy uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi boshlig’i  N.J. Kalonov  grafik rassom  1976 yillardan 1982 yillargacha  kafedrada  mudirlik lavozimlarida ishlab talabalarga saboq bergan.O’zbekiston arxitektorlar uyushmasi a’zosi, ijodiy,  amaliy asarlar muallifi, dosent  A.T. Bekmuhammedov 1973 yillardan to 2000 yillargacha  kafedrada faoliyat yuritgan.O’zbekiston badiiy akade­miyasi ijodiy uyushmasining a’zosi, xorijiy mamlakatlar e’ti­bo­rini qozongan, badiiy ijodiy medallar, tashakkur­no­malar sovrindori, O’zbe­kiston­da ko’z­ga ko’ringan hay­kal­tarosh “Tas­vi­riy san’at” kafedrasining katta o’qituvchisi T.X Yorqulov 1957 yilning 31 dekabrida Samar­qand viloyati Jom qishlog’ida tavallud topgan. 1981 yildan boshlab, shu kafedrada  talabalarga ustoz va shogird udumida haykaltaroshlik fanidan  dars berib kelmoqda.Kafedraning asosiy faoliyati arxitektura, QHALTE, dizayn va kasbiy ta’lim yo’nalishlari bo’yicha  mutaxas­sisllarni  tayyorlashda tasviriy san’atning sir asrorlari bilan tanishtirish va tasvir uslublarini o’rgatishdan iborat. Kafedrada talabalarga mazmunli va sifatli  ta’lim berishga, tasviriy va a’maliy san’at ko’rgazmalarini o’tkazishga mo’ljallangan to’rtta o’quv zali, haykaltaroshlik ustaxonasi va badiiy kulolchilik ustaxonalari mavjud.
Kafedrada qalantasvir, rangtasvir, haykaltaroshlik  fanlari­dan amaliy darslar hamda tas­viriy san’at tarixi fanlaridan ma’ruza  darslari o’tiladi.
Har yili kafedra zalida, Respub­lika hamda viloyat ko’rgazma zallarida professor-o’qituvchilarning hamda  iqti­dor­li talaba­larning bajargan ijodiy ishlaridan bir necha bor ko’rgazmalar  uyushti­rilib kelinadi. Ayniqsa, “Yangi asr iste’dodlari” respublika ko’rik-tanlivining nufuzi kun sayin keng quloch yozib bormoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilari­ talabalarga san’atning sir-asrorlarini o’rgatib, mashg’ulotlar olb boorish bilan birga shahrimizda mavjud bo’lgan yordamga muhtoj davlat tasarrufidagi bolalar va qariyalar uylariga, o’quv va tibbiyot maskanlariga va shunga o’xshash muassasalarga o’zlarining ijodiy ishlari bilan tashrif buyurib, “Mahorat sabog’i” darslarni o’tib kelishmoqda.
“Tasviriy san’at” kafedrasi mustaqillik yillarida quyidagi uslubiy-ijodiy qo’llanmalarni jamoatchilik va talabalarning foydalanishiga, madaniy va ma’rifiy targ’ibot va tashviqot qilishga shu bilan birgalikda  ma’naviy  - ma’rifiy tadbirlarni, kurgazmalarni tashkil qilib kelishmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bajarilgan ijodiy ishlar Samarqand shahrida hamda respublikamizning, qolaversa, xorijiy davlatlarning ko’plab shaharlari ko’rkiga ko’rk qo’shib, bezak berib turibdi.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

  • Qalamtasvir
  • Rangtasvir
  • Xaykaltaroshlik
  • San’at va madaniyat tarixi
  • Amaliy va bezak san’ati
  • Akademik qalamtasvir asoslar
  • Dastgohli rangtasvir  va kompozitsiya asoslari
  • Tasviriy san’at texnologiyalari va husxa ko’chirish

Kafedrada olib boriladigan ilmiy ishlar:

Sultonova D.N.-“O’zbekiston me’morchiligida tasviriy va badiiy vositalarini uyg’unlashtirish” mavzusida doktorlik dissertasiyasi yoqlash arafasida.          

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

  •  Sh.E. O’rinboyev “Toshlar bilan tillashgan inson” mavzusida monografiya 
  •  H.H. jo’rayev “Qalamtasvirda portret” mavzusida o’quv qo’llanma
  •  D.N. Sultonova “San’at va madaniyat tarixi” fanidan darslik (rus tilida)
  •  N. A. Suyunova, S.R. najmiyeva “Конструктивно-пластичное построение головы человека”  mavzusida o’quv qo’llanma
  •  H.B. Hasanova “Qalamtasvir, rangtasvir, haykaltaroshlik” fanidan darslik
  •  Sh. V. Barnoyeva “San’at va madaniyat tarixi” fanidan ma’ruza matni
  •  Sh.E. O’rinboyev  Haykaltaroshlik fanidan “Portret kompozitsiyasi”  mavzusida uslubiy qo’llanma.

 Kafedra  “Arxitektura” fakulteti 2 qavati rasm zalida joylashgan.