SamDAQI «Tayyorlov» o’quv kursi
31-03-2018
SamDAQI «Tayyorlov» o’quv kursi
31-03-2018
Bo‘lim boshlig‘i: Xodjabekov Murodjon Usarovich
Telefon: (8 366) 237-11-82
Elektron manzili: murod@umail.uz
O‘quv-uslubiy bo‘lim
O‘quv-uslubiy bo‘lim arxitektura, shaharsozlik va muxandislik kommuniksiyalari qurilishi sohalari uchun mutaxassislar tayyorlashda institut kafedralari hamda tegishli bo‘lim va xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ta’lim jarayonini rejalashtiradi, nazorat qiladi va boshqaradi. Boshqa oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tahlil qiladi, sohadagi ilg‘or ish tajribalarini o‘rganadi va umumlashtirib, zamonaviy innovatsion-pedagogik texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etadi.
O‘quv-uslubiy bo‘lim o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor rahbarligida dekanat va kafedralar bilan hamkorlikda ish yuritadi. Hozirgi kunda institutning o‘quv-uslubiy bo‘limida o‘quv bo‘limi boshlig‘i boshchiligida 4 nafar uslubchi, 2 nafar dispetcher va 1 nafar statist faoliyat yuritib kelmoqda.
Bo‘lim o‘z faoliyati va vakolatlari doirasida amalga oshirayotgan joriy ishlari yuzasidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga hisobot beradi.
Bo‘limining asosiy vazifalariga:
Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv-uslubiy bo‘lim xodimlari guruhlarga ajratilib, faoliyat olib borish uchun sharoitlar yaratilgan.
O‘quv jarayonini tashkil etish va tahlil etish guruhi bo‘lim boshlig‘i boshchiligida ish olib boriladi va uning vazifalariga institutda o‘quv jarayoniga oid ma’lumotlarni to‘plash, tahliliy materiallar tayyorlash, o‘quv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan rektor buyruq va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, talabalarining mashg‘ulotlarga qatnashishlari, o‘zlashtirish darajasi borasida ma’lumotlarni to‘plash, ularni tahlil va nazorat qilish, davlat attestatsiya komissiyalari faoliyatini tashkil etishga doir tadbirlarni amalga oshirish, o‘quv rejasining bajarilishi, mustaqil ta’lim soatlarining samarali o‘tishini ta’minlash, talabalarning malakaviy amaliyotini tashkil etish, Institut rahbariyatining ko‘rsatmalarini kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilarga etkazish, shuningdek institut kafedralari va boshqa OTMlarda o‘quv jarayonini tashkil qilish masalalarida erishilgan yutuqlar, ilg‘or tajribalar va usullarni o‘rganish va Institut o‘quv jarayoniga joriy etish kiradi.
O‘quv jarayonini rejalashtirish guruhining asosiy vazifasi ta’lim jarayoniga amaldagi o‘quv rejalari, Ilmiy kengash qarorlari, Institut rahbariyatining ko‘rsatmalari, davlat ta’lim standartlarini tatbiq etish; ishchi o‘quv rejalari ishlab chiqilishini tashkil etish; o‘quv yuklamalari, professor-o‘qituvchilarning taqsimoti; kafedralarda o‘quv yili va semestrlar bo‘yicha o‘quv yuklamalarining bajarilishini nazorat va tahlil qilish; barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlari, oraliq va yakuniy nazorat hamda YAkuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi jadvallarini tuzish; bo‘limning o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejasi, Institut o‘quv jarayonining jadvali hamda o‘quv yiliga mo‘ljallangan asosiy tashkiliy tadbirlar rejasi, pedagogik nazorat va mashg‘ulotlarga o‘zaro qatnashish hamda ochiq mashg‘ulotlar jadvallarini tuzishdan iborat.
Rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarini tashkil etish guruhi professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahorati va salohiyatini oshirish, malakali pedagog kadrlarni tayyorlash ishlarini takomillashtirish maqsadida Bosh ilmiy-metodik markaz va tayanch OTMlarda tashkil etilgan malaka oshirish va qayta tayyorlash mintaqaviy markazlariga yuboriladigan pedagog kadrlarni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha vazirlik tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga qatiy muvofiq holda yuborish, ularning o‘quv yuklamasini to‘g‘ri rejalashtirilishini nazorat qilish, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagog kadrlar tomonidan egallangan yangi kompetensiyalarni ommalashtirish maqsadida ochiq darslar, seminar-trening, master-klasslar o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish, attestatsiyadan o‘taolmagan o‘qituvchilarning tegishli yo‘nalishlarda qaytadan kurslarda o‘qishi va attestatsiyada ishtirok etishini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi kunda institutda 4 ta fakul’tet, magistratura bo‘limi hamda 25 ta kafedra mavjud bo‘lib, 15 bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 11 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talabalarga 516 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim berib kelmoqda. O‘qituvchilarimiz tarkibida yurtimizga taniqli 20 nafar fan doktori va professorlar, 129 nafar fan nomzodi va dotsentlar mehnat qilmoqdalar.
Institutda yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifati yanada ortdi. O‘tgan o‘quv yilida 15 bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 771 nafar talaba, shuningdek, magistraturaning 13 mutaxassisligi bo‘yicha 59 talabalar tamomladi. Talabalar orasida keyingi uch yilda 6 nafar Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohiblari, va 23 nafar nomdor stipendiyalar sohiblari etishib chiqqan.
Institutning 34 ta ma’ruza zallaridan 16 tasiga videoproektor, kompyuterlar o‘rnatilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar tomonidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida olib borishlari uchun barcha-shart-sharoitlar yaratilgan.