Xorijda malaka oshirish va ta'lim

Institut professor-o’qituvchilari, xodimlari, magistr va talabalari-ning  Xorijiy OTMlardagi konferensiya, seminar va stajirovka kurslarida ishtiroki:

  1.  O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 917/11-03 sonli xatiga binoan,2018 yil 24-25 may kunlari “Qurilish konstruksiyalari” kafedrasi professori “Fazoviy    konstruksiyalar, binolar va inshootlar zilzilabardoshligi” ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyasi MCHJ rahbari Razzoqov Sayidmaxsud Raxmonovich Ozarbayjon Respublikasining Ozarbayjon arxitektura va qurilish universitetida o‘tkazilgan “Building innovations 2018” mavzusiga bag‘ishlangan 1-Ukraina-Ozarbayjon xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.
  2. Vengriyaning Obuda universiteti taklifnomasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 697/30-01 sonli xatiga binoan, institut rektori S.I.Axmedov, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori E.X.Isakov va “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi o‘qituvchisi V.R.Niyazovlar Vengriyaning Obuda universitetida 2018 yil 21 – 28 may kunlari Erasmus+ dasturining “585718-EPP-1-2017-1-HU-EPPKA2-CBHE-JP-DSinGIS-Doctoral Studies in Geoinformation Sciences” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishdilar. Ushbu uchrashuvlar mobaynida Vengriyaning Obuda universiteti hamda Budapesht texnologiya va iqtisodiyot universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 apreldagi 87-02-948 raqamli modemogrammasi va 2018 yil 1 iyundagi 87-03-2136 raqamli xatiga, hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2018 yil 5 iyundagi 1113/30-01 raqamli xatiga binoan, Rossiya Federatsiyasining etakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ushbu ta’lim muassasalarining faoliyati hamda tajribasini o‘rganish maqsadida, 2018 yil 4-8 iyun kunlari institut rektori S.I.Axmedov va 2018 yil 2-9 iyun kunlari o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.R.Raximovlar Moskva davlat qurilish universiteti, Moskva arxitektura instituti, Sankt-Peterburg davlat arxitektura-qurilish universitetlariga xorijiy xizmat safarlarini amalga oshirdilar. Ushbu  xorijiy xizmat safarlari mobaynida, Sankt-Peterburg davlat arxitektura-qurilish universiteti va Moskva arxitektura instituti bilan professor-o‘qituvchi va talabalarning almashinuvi bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi.
  4. Rossiya Federatsiyasidagi “KNAUF Akademiyasi”ning taklifnomasiga binoan, 2018 yil 12-14 sentyabr kunlari institutning “KNAUF-SamDAQI Maslahat Markazi” mudiri V.A.Kondratev Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan, KNAUF Akademiyasining  “Vzglyad v buduщee sifrovogo obucheniya” nomli konferensiyasida ishtirok etdi.
  5.  Germaniyaning Veymar-Bauhaus universiteti taklifnomasiga, hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2018 yil 20 iyuldagi 2148/10-06 raqamli xatiga binoan, Germaniya Federativ Respublikasining Veymar-Bauhaus universitetida bo‘lib o‘tgan “20-Xalqaro qurilish materiallari” konferensiyasida 2018 yil 12-17 sentyabr kunlari institut rektori S.I.Axmedov va 2018 yil 10-22 sentyabr kunlari “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chikarish” kafedrasi dotsenti, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri A.A.Sultanovlar ishtirok etdilar. Mazkur xorijiy xizmat safari mobaynida Germaniyaning Bauhaus universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
  6.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovka o‘tashi va ta’lim olishini tashkil etish “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan institut “Avtomobil yo‘llari, zamin va poydevorlar” kafedrasi mudiri M.M.Yakubov va “Suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilish kafedrasi o‘qituvchisi U.O‘.Qurbonova, hamda “Qurilish texnologiyalari va uni tashkil etish” kafedrasi o‘qituvchisi S.E.Kurtametovlar 2018 yil 10 oktyabrdan 10 noyabrga qadar Rossiya Federatsiyasidagi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetida malaka oshirish uchun yuborilmoqda.
  7.  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 iyundagi 87-03-2471 sonli xatiga binoan, institutining "Axborot texnologiyalari" kafedrasi o‘qituvchisi O.T.Otamuratov 2018 yil sentyabr oyidan iyul oyiga qadar Xitoy Xalq Respublikasining Shandong universitetida 10 oy mobaynida stajirovka o‘tash uchun yuborilmoqda.
  8. 2017 yil 7 - 11 mart kunlari institut “Avtomobil yo‘llari, zamin va poydevorlar” kafedrasi dotsenti A.Madatov TEMPUS dasturining HIGHVEC 544061-TEMPUS-1-UK-TEMPUS-JPCR “Avtomagistrallar qurilishi va transport mashinasozligi bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish” grant loyihasi doirasida Ispaniyaning Karlos III nomidagi  Madrid  universitetida tashkil etilgan loyiha koordinatorlari yig‘ilishida ishtirok etdi.
  9. Institut "Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi" kafedrasi o‘qituvchisi Muradjon Xodjabekov 1999 yil 8 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim vazirligi o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik Bitimi” hamda SHanxay Hamkorlik Tashkiloti grantlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2016 yil  29 avgustdagi 356-sonli buyrug‘iga binoan Xitoy Xalq Respublikasining Pekin texnologiya institutida qurilish sohasida  10 oylik stajirovka o‘tab keldi.
  10.  2017 yil 10-13 iyul kunlari IP OOO «KNAUF GIPS BUXARA» tashkiloti tomonidan yuborilgan taklifnomaga va shu haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2017 yil 7 iyuldagi №5244/11-03 raqamli xatiga asosan institut rektori S.I.Axmedov va “Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish” kafedrasi mudiri V.A.Kondratevlar Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan «EKSPO 2017 – Kelajak energiyasi» xalqaro ixtisoslashtirilgan  ko‘rgazmasida ishtirok etishdi.
  11. 2017 yil 16 – 24 sentyabr kunlari institutning “Avtomobil yo‘llari, zamin va poydevorlar” kafedrasi dotsenti A.Madatov TEMPUS dasturining HIGHVEC 544061-TEMPUS-1-UK-TEMPUS-JPCR “Avtomagistrallar qurilishi va transport mashinasozligi bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish” grant loyihasi doirasida Ruminiyaning Buxarest Politexnika universitetida tashkil etilgan loyiha koordinatorlari yig‘ilishida ishtirok etdi. 
  12. 2017 yil 17 - 22 sentyabr kunlari institutning “Avtomobil yo‘llari, zamin va poydevorlar” kafedrasi professori Xasanov Askar Zabievich va katta o‘qituvchisi Xasanov Zoxir Askarovichlar Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkaziladigan “Gruntlar mexanikasi va geotexnika muammolari” mavzusiga bag‘ishlangan XIX xalkaro konferensiyasida ishtirok etishdi.
  13. 2017 yil 25 noyabr – 03 dekabr kunlari  institutning akademik litsey va kasb hunar kollejlari bo‘yicha prorektori A.N.Gadaev, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori E.X.Isakov, “Avtomobil yo‘llari, zamin va poydevorlar” kafedrasi dotsenti A.Madatov va katta o‘qituvchisi N.B.Eshnazarovlar Portugaliyaning Kastelo Branko politexnika institutida TEMPUS dasturining HIGHVEC 544061-TEMPUS-1-UK-TEMPUS-JPCR “Avtomagistrallar qurilishi va transport mashinasozligi bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish” qo‘shma grant loyihasi doirasida tashkil etiladigan “Road Construction and Road Maintenance Quality Control” (Yo‘l qurilishi va yo‘l tuzilishi sifatini nazorat qilish) mavzusidagi o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishdilar.
  14. Institut "Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi" kafedrasi o‘qituvchisi Muradjon Xodjabekov 1999 yil 8 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim vazirligi o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik Bitimi” hamda SHanxay Hamkorlik Tashkiloti grantlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2016 yil  29 avgustdagi 356-sonli buyrug‘iga binoan Xitoy Xalq Respublikasining Pekin texnologiya institutida qurilish sohasida  10 oylik stajirovka o‘tab qayti.
  15. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2016 yil 5 oktyabrdagi 87-02-164 raqamli modemnomasiga asosan institut “Avtomobil yo‘llari, zamin va poydevorlar” kafedrasi dotsenti     Asqar Xasanov  joriy yilning 27 - 28 oktyabr kunlari Janubiy   Koreyaning Incheon davlat universitetida "International Symposium on Urban Design for Future City"  mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferen- siyada ishtirok etdi.  
  16. 2016 yil 19-20 aprel kunlari institut “Qurilish konstruksiyalari” kafedrasi professori S.R.Razzoqov Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat qurilish universitetida "Sovremennыe problemы rascheta jelezobetonnыx konstruksiy zdaniy i soorujeniy na avariynыe vozdeystviya" mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada o‘zining "Dinamicheskie parametrы predvaritelno napryajennыx visyachix pokrыtiy" va "Issledovaniya rabotы kruglыx dvuxpoyasnыx predvaritelno napryajennыx visyachix pokrыtiy metodami modelirovaniya" mavzularidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.