“Yig’ilishda guruh murabbiylari faoliyati tahlil qilindi”

 “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” - deb ta’kidlagan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida. Bu qat’iy qoida hozirgi kunda yurtimizdagi barcha rahbarlarni hayotiy pozitsiyasiga aylanib bormoqda.
Bu qoidani hayotga izchil joriy etish maqsadida SamDAQIda guruh murabbiylarini mas’uliyatini oshirish, ularning faoliyatini tahlil qilish  hamda vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan qaragan guruh murabbiylarini mas’uliyatini yanada oshirish  maqsadida  23 fevral kuni arxitektura fakultetida, 24 fevral kuni qurilishni boshqarish fakultetida, 26 fevral kuni qurilish fakultetida va  1 mart kuni muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakultetida institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori v.b O‘.Xudayarov rahbarligida fakultet dekanlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda guruh murabbiylari ishtirokida yig‘ilishlar tashkil qilindi.
Yig‘ilishlarda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori v.b O‘.Xudayarov so‘zga chiqib, hozirgi kunda guruh murabbiylarining asosiy vazifalari, ularning talabalar bilan olib borishi lozim bo‘lgan tarbiyaviy ishlari, ayniqsa, ijarada turuvchi talabalar bilan ishlash mexanizmlari haqida gapirib o‘tdi. Mas’ul rahbar o‘z nutqlarida vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan qaragan, “Axborot va murabbiylik soatlari”da talabalarni darsga qatnashishini yaxshi tashkil qilolmayotgan guruh murabbiylarini tanqid ostiga oldi. Xususan,MKQ fakultetidan  202-XS guruhi murabbiyi I.Ergashev,304-GKK guruhi murabbiyi M.Baxrinova,401-IGT guruhi murabbiyi O.Omonqulovlar, qurilishni boshqarish fakultetidan 403-SHQ va X guruhi murabbiyi T.Samandarov, qurilish fakultetidan 304-QMB va QICH guruhi murabbiyi Z.Pulatova, arxitektura fakultetidan 402-KXALTE guruhi murabbiyi D.Sultonov,403-Dizayn guruhi murabbiyi A.Yorqulovlar faoliyati tanqid ostiga oldi hamda faoliyatlarini yanada rivojlantirishlari lozimligini ta’kidladi.