Eng yaxshi ingliz tili bilimdoni

2018 yil 2 mart kuni institut faollar zalida “Eng yaxshi ingliz tili bilimdoni” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda “Chet tillar” kafedrasi mudiri M.Kenjayev hamda professor-o‘qituvchilardan R.T.Eshmamatov, B.X.Qorayev, I.R.Raximova, N.B.Zayniyeva, S.U.Sayfullayeva, D.Sh.Ibragimova, M.Bozorova va 50 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi.
Tanlovni “Chet tillar” kafedrasi mudiri M.E.Kenjayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tanlovda “KMExpert” (qurilishni boshqarish fakulteti jamoasi), “Crazy engineers” (muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti jamoasi), “Knowledge Hurters” (qurilish fakulteti jamoasi), “Sunshine” (arxitektura fakulteti jamoasi) kabi jamoalar o‘zaro bahslashishdi.
Tanlov davomida talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlar orasidan ham eng yaxshi ingliz tili bilimdoni tanlab olindi. Topshiriqlar ingliz tilida 4 bosqichda, ya’ni tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozma va og‘zaki savol-javob tarzida berildi.
Sinovlar davomida talaba-yoshlarning chet tiliga bo‘lgan qiziqishlari juda ham yuqori ekanligi yaqqol ko‘zga tashlandi.
Tanlov bahs-munozaralarga boy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Yakun qismida guruhlarning to‘plagan ballari hisoblab chiqildi va unga ko‘ra 1-o‘ringa qurilishni boshqarish fakultetining “KMExpert” jamoasi, 2-o‘ringa arxitektura fakultetining “Sunshine” jamoasi, 3-o‘ringa muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakultetining “Crazy engineers” va qurilish fakultetining “Knowledge Hurters” jamoalari loyiq deb topildi.
Tanlovning asosiy sovrini bo‘lgan “Eng yaxshi ingliz tili bilimdoni” nominatsiyasiga qurilishni boshqarish fakultetining “KMExpert” jamoasi tarkibidagi 104-“Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” guruhi talabasi Axtamova Amina loyiq deb topildi.
Tanlov so‘ngida qatnashchilarga esdalik sovg‘alari ulashildi.