AYOL BORKI OLAM MUNAVVAR

8-Mart-“Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan institut rektorining 2018 yil 2martdagi № 14-sr-sonli buyrug‘i asosida  samarali mehnatlari  uchun  44  nafar  xotin-qizlarga “Faxriy yorliq” lar topshirildi va 45 nafar mehnatda o‘rnak ko‘rsatgan xotin-qizlarga “Tashakkurnoma” e’lon qilindi. Institutning barcha xotin-qizlariga(301 nafar) bayram munosabati bilan 125 ming so‘m miqdorida moddiy rag‘batlantirildi.
         Xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi  tomonidan institutda ko‘p yillar samarali mehnat qilgan, hozirda nafaqa gashtini surayotgan 28 nafar ayol professor-o‘qituvchi va xodimalarga 560000 so‘mga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
2018 yil 7 mart kuni institut faollar zalida institut ma’muriyati, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, institut kasaba uyushmalari qo‘mitasi, institut xotin-qizlar qo‘mitasi hamda “YOshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida 8-Mart–“Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan “Ayol borki olam munavvar” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
         Tadbirning badiiy qismida institutning “Ulug‘bek yulduzlari” ansamblining honandalari, raqqosa qizlari hamda “YOshlar ittifoqi”  boshlang‘ich tashkiloti qoshidagi “Quvnoqlar va zukkolar” terma jamoalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari institut xotin-qizlarining kayfiyatiga bir olam quvonch ulashdi. Tadbir yuqori saviyada va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.