“Badiiy adabiyotda Sohibqiron Amir Temur siymosi”

2018 yil 10 aprel kuni arxitektura fakultetida “Badiiy adabiyotda Sohibqiron Amir Temur siymosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini arxitektura fakulteti dekanat uslubchisi F.Maksimov ochib berdi va Sohibqiron Amir Temur faoliyati haqida qisqa gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Q.Nurboyev so‘zga chiqib, Amir Temurning siyosiy faoliyati, markazlashgan o‘zbek davlatchiligini dunyoga tanitishdagi buyuk tarixiy xizmatlarining e’tirofi B.Axmedovning “Amir Temur”, Pirimqul Qodirovning “Amir Temur siymosi”, Yevgeniy Berezikovning “Buyuk Temur”, Marsel Brionning “Menkim Sohibqiron Amir Temur”, Xilda Xukxemning “Yetti iqlim sultoni”, Yunus O‘g‘uzning “Amir Temur”, Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” romanlari orqali o‘rtoqlashildi. Ayniqsa, 101-QXALTE guruhi talabalari Sohibqiron Amir Temur haqida o‘qigan kitoblari, bu kitoblardagi badiiy obrazlar talqini haqida jo‘shib hikoya qilib berishdi.
Dotsent K.G‘aniyev talabalarga “Temur tuzuklari” asari haqida to‘liq ma’lumot berib, talabalar e’tiborini unda ilgari surilgan purma’no fikrlarga jalb etdi. O‘qituvchi M.Muratova Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasi haqida talabalar bilan fikrlashib, dramadan parchalar ijro etildi.
Tadbir so‘ngida talabalar bilan savol-javoblar o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.