Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi

2018 yil 13 aprel kuni SamDAQI talabalari va o‘qituvchilari tomonidan shahrimizdagi “Kitoblar olami” savdo majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 31 mart kuni “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Chingiz Aytmatov asarlari qalbimizda” deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari dastlab O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov qabrini ziyorat qilishib, so‘ngra tadbir tashkil etilgan joy - “Kitoblar olami” savdo majmuasiga yetib kelishdi. Do‘kondagi Chingiz Aytmatov asarlari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. O‘qituvchilar va talabalar adibning “Oq kema”, “Asrga tatigulik kun”, “Alvido Gulsari”, “Jamila”, “Bo‘tako‘z”, “Qiyomat”, “Kassandra tamg‘asi” kabi roman va qissalari haqida qiziqarli mulohazalar bildirdi. Ayniqsa, “Asrga tatigulik kun”, “Alvido Gulsari”, “Jamila” qissalarini talabalar ko‘p mutolaa qilganligining guvohi bo‘ldik. Bu asarlardagi obrazlardan talabalar ta’sirlanganliklari haqida gapirib berishdi.
Tadbir so‘ngida talabalar bilan savol-javoblar o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.