USTOZLAR XOTIRASI - SHOGIRDLAR ARDOG‘IDA

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi  tashabbusi bilan talim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida kafedraning sobiq t.f.n., dotsenti Salaxiddinov Alisher Agzamovich va katta o‘qituvchisi Egamov Bekmurod To‘rakulovichlarning xotirasini yod etish maksadida  2018 yil 9 aprel kuni shaxmat, shashka bo‘yicha va 10-11 aprel kunlari mini futbol bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
Musoboqalar SamDAQI  ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori rahbarligida “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi professor o‘qituvchilari, manaviyat va ma’rifat bo‘limi,  xodimlar va talabalar birlashgan kasaba uyushmasi institut boshlang‘ich tashkiloti, xorijiy tillar kafedrasi, Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida o‘tkazildi. Tadbirda “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi sobiq dotsenti A.A.Salaxiddinov va katta o‘kituvchi B.T.Egamovlarning ota-onalari va oila a’zolari taklif etildilar.
Shaxmat va shashka bo‘yicha o‘tkazilgan musoboqalarda 32 nafar talabalar mini futbol bo‘yicha 18 ta jamoa katnashib quyidagi natijalar qayd etildi:


  SHAXMAT MUSOBAQASI BO‘YICHA SOVRINDORLAR
    1-o‘rin: 105-GKK guruhi talabasi Boltaev Ziyovuddin
    2-o‘rin: 102-GKK guruhi talabasi Xasanov Otabek
    3-o‘rin: 303-GKK guruhi talabasi Amirqulov Temur


 

 

 

 

 

 

SHASHKA MUSOBAQASI BO‘YICHA SOVRINDORLAR

    1-o‘rin: 203-GKK guruhi talabasi Quvvatov Ilxom
    2-o‘rin: 105-GKK guruhi talabasi YOqubov Azamat
    3-o‘rin: 201-GKK guruhi talabasi Imomov Sanjar
 

 

 

 

 

 

MINI FUTBOL MUSOBAQASI BO‘YICHA SOVRINDORLAR
   1-o‘rin: 302-GKK guruhi talabalari
   2-o‘rin: 301-GKK guruhi talabalari
   3-o‘rin: 204-GKK guruhi talabalari
   4-o‘rin: 104-GKK guruhi talabalari
Umumjamoa xisobida I,II,III va IV  o‘rinlarni egallagan jamoalar va sportchilar “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi professor o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi, xorijiy tillar kafedrasi, Yoshlar ittifoqining qimmatbaho sovg‘alari,  turli darajadagi diplomlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar, hamda  tashkilotchilarga va hakamlarga rahbariyat nomidan tashakkurnoma izhor etildi.