Islom dini: yoshlar ma’naviy va axloqiy kamoloti

Joriy yilning 13 aprel kuni institut kichik faollar zalida “Ijtimoy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan “Buxoriy avlodlari”, “Marg‘inoniy avlodlari”, “Naqshbandiy avlodlari”  va “Islom sivilizatsiyasi bilimdoni” shiori ostida “Islom dini: yoshlar ma’naviy va axloqiy kamoloti” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida  Imom  Buxoriy  xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktor o‘rinbosari professor Baxtiyor To‘raev, “Domla Kamoliddin” jom’e masjidi imom xatibi Ismatillo Abdusalomov, institutimiz professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar qatnashishdilar.
Tadbirda professor B.To‘raev “Islom dini - bag‘rikenglik dini”, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchi Adolat Ziyotova “Burxoniddin  al-Marg‘inoniyning “Al-Hidoya” asarining bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati” mavzularida ma’ruzalar qildilar.
“Domla Kamoliddin” jom’e masjidi imom xatibi I.Abdusalomov o‘z chiqishida topgan-tutganlarimiz pokligiga; murabbiylarimiz kimligiga ahamiyat qaratishimiz, haqiqiy ilm va samimiy tahsil talabgori bo‘lishimiz zarurligini ta’kidlab o‘tdilar.
Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan davra suhbatida talaba-yoshlar islom tarixi, islom va ma’rifatparvarlik, islomda insonparvarlik g’oyalari borasida berishgan savollariga atroflicha javob olishdilar.
Davra suhbatidan shunday xulosa qilish mumkinki, kelajak avlod tarbiyasida barchamiz mas’ulmiz.