Bilimdonlar bellashuvi

“Ijtimoy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan Qurilish fakultetining  BI va Q yo‘nalishi 1 –kurs talabalarining “Ilm” va QMB va KICH yo‘nalishi 1 –kurs talabalaridan iborat “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida  “Dinshunoslik” fanidan “Bilimdonlar bellashuvi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlov talaba-yoshlarining “Dinshunoslik” fanidan olgan bilimlarini mustahkamlash, jahon dinlarining mohiyatini keng yoritish va talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.
“Bilimdonlar bellashuvi”da ishtirokchi jamoalar 4 ta shart bo‘yicha bellashdilar.
Jamoalar sahnada diniy ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik kabi illatlarning salbiy oqibatlari va bugungi kunda yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan turli xildagi omillarni, marosim, rasm-rusm, urf-odat (diniy va dunyoviy) kabi jarayonlarni o‘z sahna ko‘rinishlarida aks ettirishdilar.
Tanlov yakunida QMB va KICH yo‘nalishi talabalaridan tashkil topgan “Bunyodkor” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoaga va jamoalar tarkibida faol ishtirok etgan talabalar, shuningdek tomoshabinlar o‘rtasida o‘tkazilgan tezkor savol-javob o‘yini g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom, nominatsiyalar bo‘yicha faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.