“Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!”

 “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!”

2018 yil 15 yanvar kuni institut Faollar zalida “Vatan himoyachilari kuni” O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi munosabati bilan institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!” mavzusida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirida O‘zbekiston Respublikasi  madhiyasi yangradi, barcha tadbir ishtirokchilari Vatanga nisbatan o‘z ehtiromlarini izhor qilishdilar.
Institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.N.Boboqulova “14 yanvar –Vatan himoyachilari kuni” bilan institut jamoasini  institut xotin-qizlari nomidan qizg‘in  mubarokbod etdi.
Tadbirga harbiylar tomonidan tantanali ravishda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i olib kirildi.
SamDU Harbiy kafedrasida tahsil olayotgan institut talabalarining harbiy formalarida qatnashishi tadbirga o‘ziga xos shukuh bag‘ishladi. SamDAQI qoshidagi  Harbiy akademik litseyi “Qurilish” yo‘nalishi jamoasi o‘z sahna ko‘rinishlari orqali bayram tadbirining yanada qiziqarli tus olishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Institut talaba qizlari o‘zlarining jasorat va mardlikka bag‘ishlangan she’riy kompozitsiyasi, ashula va raqslarini tabrik tarzida taqdim qilishdi.
Bayram tadbirida institutning “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasi o‘zlarining quvnoq sahna ko‘rinishlari bilan, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi va barcha ishtirokchilarni xushnud qilishdi.
Tadbir ishtirokchilari qalbini Vatanga cheksiz muhabbat, Qurolli Kuchlarimizdan g‘ururlanish va harbiy xizmatga nisbatan hurmat, vatanparvar bo‘lish, qahramonlik va jasorat ko‘rsatish kabi yuksak  tuyg‘u va ko‘tarinki kayfiyat egalladi.