“Yosh kitobxonlar” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy-finali

“Yosh kitobxonlar” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy-final bosqichida institutning “Ulug‘bek vorislari” talabalar teatri jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

            O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 16 maydagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yosh kitobxonlar” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 310-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan 2017 yil 19 dekabr kuni Toshkent moliya institutida “Yosh kitobxonlar” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy-final bosqichida institutning “Ulug‘bek vorislari” talabalar teatri jamoasi a’zolari Usmonov Lazizbek, Ismoilov Abror, Salimov Shaxobiddin, Saydullayeva Muxlisa, Egamqulova Shoxida, Temirov Sardor, Narzullayev Alisher, Rashidova Firuza, Sadikov Javlonlar ishtirok etishdi.  
         Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy-final bosqichida “Asarlardan yaralgan sahna asarlari” yo‘nalishi bo‘yicha “Ulug‘bek vorislari” talabalar teatri jamoasi 1-o‘rinni egallashib, 1-darajali diplom hamda 1000000 (bir million so‘m) so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.
         Bu katta yutuq bilan ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda teatr jamoasini qizg‘in tabriklaymiz.