“Calatrava Grace Corporation” kompaniyasi ijrochi direktori Michael Sellman boshchiligidagi delegatsiyasining tashrifi

SamDAQIda AQSHning arxitektura-qurilish sohasidagi “Calatrava Grace Corporation” kompaniyasi ijrochi direktori Michael Sellman boshchiligidagi  delegatsiyasining tashrifi

           O’zbekiston Respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 15 yanvardagi № 87-03-138 raqamli modemogrammasiga binoan, 2018 yil 17 yanvar kuni soat 14:30 da Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining professor-oqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari, magistrantlari va talabalariga  MASTER-KLASS o’tish uchun AQSHning arxitektura-qurilish sohasidagi “Calatrava Grace Corporation” kompaniyasining ijrochi direktor Michael Sellman, Moliyaviy masalalar bo’yicha maslahatchisi Michael Geff, Bosh maslahatchilari Michael Digiakomo va Ibragim Musaevlar hamda O’zbekistonning AQSHdagi elchisi Vahobov Javlon va O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura-qurilish qo’mitasining  Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Murodov Otabeklar hamrohligida tashrif bo’yurishdilar.
Mazkur uchrashuvda institutning 42 nafar professor-oqituvchilari, 5 nafar ilmiy tadqiqotchilari, 16 nafar magistrantlari va 49 nafar talabalari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida mehmonlar “Calatrava Grace Corporation” kompaniyasi tomonidan BAAning Dubay, Qozog’istonning Astana shaharlarida amalga oshirilgan va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan o’ziga xos arxitekturaviy yechimlar va loyihalar taqdimotini o’tkazdilar. Taqdimot uchrashuv ishtirokchilarida taasurot qoldirdi. Taqdimotdan so’ng institut professor-oqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari, magistrantlari va talabalari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. “Calatrava Grace Corporation” kompaniyasi vakillari qurilish, arxitektura va muhandislik masalalarida kiritadigan xorijiy investistion loyihalarida institut jamoasi bilan hamkorlik qilishga qiziqishi borligini bildirishdi.