TA’LIM FIDOIYSI

Albatta ta’lim haqida so‘z yuritilganda bevosita uning ajralmas bir bo‘lagi sifatida mehnatsevar, oliyjanob fidoiy insonlar ham ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda respublikamizda bu sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarning faol ishtirokchisi bo‘layotgan insonlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi a’lochisi, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining  15 yilligi ko‘krak nishoni sohibi, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professori, texnika fanlari doktori, professor Kubaymurat Ismayilov ta’limda tarbiya va bilim berish bilan birga uning resurslarini ham boyitish ishlarida faollik ko‘rsatmoqda.K.Ismayilov 20 aprel 1950 yil Nurota tumanida tug‘ilgan, besh nafar farzandlarining mehribon otasi. 1967-1972 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ta’lim olgan. 1972-1977 yillarda Jomboy tumani qishloq xo‘jaligi texnikasi birlashmasida turli lavozimlarida ishlagan.1977 yildan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti, hozirgi kunda professori lavozimida ishlab kelmoqda.
1978 yilda V.V.Kuybishev nomidagi Moskva muhandislik qurilish instituti izlanuvchi-ilmiy tadqiqotchisi. 1980-1983 yillari kunduzgi aspiranturani o‘z muddatida tugallab, mazkur institut huzuridagi D.053.11.02. raqamli ixtisoslashgan ilmiy kengashda “Bikr halqa bo‘ylab mahkamlangan yupqa devorli yopiq silindrga paralleli bo‘ylab bosim ta’sir etganda elastiklik chegarasidan tashqari holatda kuchlanish va deformatsiyani tadqiq etish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, so‘ngra 2005 yilda Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti huzuridagi D.015.18.01 raqamli ixtisoslashgan ilmiy kengashda “Sterjenlar, plastinkalar va qobiqlarning elastiklik chegarasidan keyin ustuvorligi” mavzusidagi texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olish bo‘yicha dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.K.Ismayilov ilmiy darajalar beruvchi bir martalik va doimiy faoliyat yuritgan o‘nga yaqin Ilmiy kengashlar a’zosi bo‘lgan hamda ko‘plab dissertatsiyalar himoyasi uchun rasmiy opponent sifatida biriktirilgan. Hozirda ilmiy darajali kadrlar tayyorlash ishlarida respublikamizda faoliyat yuritayotgan quyidagi ixtisoslashgan kengashlarning faol a’zosi hisoblanadi:
— Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti huzuridagi DSc.28.02.2018.T/FM.16.01 raqamli Ilmiy kengash.
— Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.30.08.2018. AM/T.02.09 raqamli Ilmiy kengash.
K.Ismayilov xalqaro ilmiy anjumanlar, kongresslar, konferensiyalar va respublika ilmiy konferensiyalarida muntazam qatnashib, 180dan ortiq ilmiy va ilmiy uslubiy ishlanmalarini chop etgan. Shular jumlasidan, 3ta patent olingan, xorijiy davlatlarda 23 ta ilmiy maqolasi, FAN nashriyoti bilan 3 ta monografiyasi chop etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi grifi bilan 3ta darsligi hamda 15ta o‘quv qo‘llanmasi texnik sohaga ixtisoslashgan ta’lim yo‘nalishlari talabalari fan dasturlariga kiritilib, amaliyotga joriy qilingan.
Fidoiy ustoz K.Ismayilovga “Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” kafedrasi mustahkam sog‘lik, samarali ijod va ta’lim jarayonidagi faolligida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qoladi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” kafedrasi a’zolari
Shuningdek, Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” kafedrasining professori Kubaymurat ismailovning  tavallud ayyomlari bilan, institut jamoasi chin dildan muborakbod etadi.
Kubaymurat Ismailov sizga uzoq umr, sog'lik salomatlik, tinchlik-totuvlik va oilaviy baxt, doimo yoshlarni ilm-zakovatli qilib tarbiyalashda mana shunday ko'tarinki ruh hamda shijoat sizni hech qachon tark etmasligini tilab qolamiz.
#tavallud_ayyomingiz_bilan #70yosh_muborak