samgasi.uz

SamDAQI pochtasi

Login
Parol
 

Foydali resurslar

gov.uz
edu.uz
ZiyoNET
www.uz

Qidiruv tizimi

.
samgasi.uz
Institut haqida
31.03.2008 г.
 

 Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti  O`zbekiston Ministrlar Sovetining 1966 yil 11-iyuldagi 367-raqamli qaroriga asosan tashkil etilgan. Ministrlar Sovetining 1967 yil 3 maydagi 198-raqamli qaroriga muvofiq Samarqand davlat arxitektura qurilish institutiga Mirzo Ulug`bek nomi berildi.

Institutning aynan Samarqandda ochilishiga Samarqandning Markaziy Osiyoda 2500 yillik tarixga ega qadimiy shahar ekanligi, rivojlangan madaniyat va arxitektura yodgorliklariga ega bo`lib qadimdan fan va madaniyat markazi bo`lib kelganligi asos qilib olingan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o`zgarishlarning davomiyligini ta’minlovchi kuch, bugungi kunda tahsil olayotgan, ilmga  chanqoq yoshlardir. Shu  sababli mamlakatimiz rahbari yoshlarga juda katta e’tibor bilan qaramoqdalar.

Yoshlarning komil inson bo`lib yetishishi uchun talabalar orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, ularga  yaratilgan ijtimoiy-maishiy  sharoitlarini yaxshilash lozim.

Mamlakatimizning  to`la mustaqilligini ta’minlovchi omillardan biri ma’naviy-ma’rifiy sohadagi mustaqillikdir. Shu bois institutda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar professor-o`qituvchi va talabalar ongiga O`zbekiston xalqining taraqqiyot yo`lidagi bosh g`oya – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish g`oyasini singdirishga qaratilgan.

Последнее обновление ( 04.04.2008 г. )
Подробнее...
 
Institut fakultetlari
31.03.2008 г.

Arxitektura  fakulteti- Mazkur fakultet 1969 yilda tashkil etilgan. Arxitektura fakulteti bilan 2001- yilda tashkil qilingan Kasbiy pedagogika fakultetlarining birlashtirishdan hosil qilindi (2005 yil). Arxitektura fakultetiga turli yillarda dotsentlar T.K. Qarshiyev, F.I. Yumatov, R.A. Ibadulin, Yu.Z. Shvab, R.Ye. Egamberdiyev, L.M. Kucherenko, Ye.X. Isroilov, A.K. Kamolov, Kasbiy pedagogika fakultetiga esa dotsent B.S. Qarshiyev  va dotsent O’.T. O’sarov dekanlik qilgan. 2007 yildan boslab Arxitektura va Kasbiy ta'lim fakulteti bo'linishi munosabati bilan Arxitektura fakulteti deb nomlanib kelmoqda. Hozirgi kunda fakultet dekani lavozimida dotsent Abduraimov M. ishlab kelmoqda.

Qurilish fakulteti- Qurilish fakulteti 1966 yilda institut ochilgan paytda tashkil qilingan fakultetdir. Fakultetda 1966-1967 yillarda professor R.A. Ibadulin, 1967-1969 yillarda dotsent B.K. Karimov, 1970 yilda dotsent A.S. Tyan, 1970-1980 yillarda dotsent T.A. Aslankulov, 1980 yilda dotsent S.N. Muminov, 1980-1984 yillarda dotsent I.I. Shirov, 1985-1986 yillarda dotsent A.A. Raxmonov, 1986-1987 yillarda professor R.I. Xolmurodov, 1988-1998 yillarda dotsent M.M. Xonkeldiyevlar dekan lavozimida ishlaganlar. 1998 yildan beri fakultetga dotsent M.M.Yakubov boshchilik qilmoqda.

Muxandislik komunikatsiyalari qurilishi fakulteti- Mazkur fakultet ilgarigi iqtisodiyot hamda muxandislik qurilishi va ekologiya fakultetlarini birlashtirib tashkil etilgan. Ushbu fakultetlarga o’z vaqtida  dotsent U.T. Usarov, dotsent A.S. Suyunov professor K.B. G`aniyev va dotsent S.S. Saidovlar dekanlik qilganlar. Hozirgi kunda fakultet dekani lavozimida dotsent Abdullaev Q. ishlab kelmoqda.

 Kasbiy ta’lim fakulteti- Mazkur fakultet 2007 yilda mavjud Arxitektura va Kasbiy ta'lim fakultetining bo'linishi natijasida tashkul etildi. Ushbu fakultet dekani lavozimida dotsent O'sarov O'.T. ishlab kelmoqda.

 

 

Последнее обновление ( 30.03.2010 г. )
 

Hozir saytda

Сейчас на сайте находятся:
2 гостей

Ob- havo

Все о погоде - Pogoda.uz