Skip to main content

institut-tarixi

Institut tarixi

Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura–qurilish instituti tashkil yetilishining tarixi
O’tgan asr oltmishinchi yillarining boshiga kelib nafaqat O’zbekistonda, balki O’rta Osiyo respublikalari qurilish industriyasiga qarashli tashkilot va korxonalarida yuqori malakali mutaxassislarga, ya’ni arxitektura va qurilish sohasida chuqur bilimga yega bo’lgan arxitektorlar hamda quruvchi muhandislarga bo’lgan yehtiyoj zaruriyati yuzaga keldi. Shu bois O’zbekistonda alohida arxitektura – qurilish instituti tashkil yetishga asos solindi.
1965 – 1966 yillarda Toshkent politexnika institutida yangidan tashkil qilingan arxitektura, sanoat va grajdan qurilishi hamda qishloq xo’jaligi qurilishi fakultetlarini birlashtirib, mustaqil qurilish instituti tashkil qilish bo’yicha rejalar tuzilayotgan yedi. Bu boradagi olib borilayotgan ishlarni 1966 yilda Toshkentda sodir bo’lgan yer qimirlash va undan ko’rilgan talafotlar tezlashtirdi.
O’zbekiston Respublikasi hukumatining 367 – sonli qarori hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1966 yil 15 iyulda chiqqan 307-sonli bo’yrug’i asosida Samarqand davlat arxitektura – qurilish instituti (SamDAQI) tashkil yetildi.  SamDAQIning Samarqand shahrida ochilishiga birinchidan Toshkentdagi yer qimirlash sabab bo’lgan bo’lsa, ikkinchidan, Samarqandning 2750 yillik tarixga yega bo’lgan Markaziy Osiyoning yeng qadimiy shaharlaridan biri yekanligi, madaniyati yuqori darajada rivojlanganligi, noyob arxitektura yodgorliklariga boy bo’lganligi, uchinchidan yesa Samarqand qadimdan ilm, fan va madaniyat markazi yekanligi asos bo’ldi.
Xalkimizning o’tmishdagi buyuk siymolarga, ilmu-fan arboblariga, yuksak madaniyatli, bilimdon farzandlariga bo’lgan munosabatlarini ye’tiborga olib, ularning muqaddas nomlarini abadiylashtirish maksadida Samarqand davlat arxitektura–qurilish institutiga O’zbekiston Respublikasi Ministrlar kengashining 1967 yil 3 maydagi 198-sonli qarori bilan Mirzo Ulug’bek nomi berildi.
SamDAQIning shakllanishi va rivojlanishi
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1966 yil 15 iyuldagi 307-sonli buyrug’i asosida SamDAQI ga 1966–1967 o’quv yilida dastlabki qabul rejasi kunduzgi bo’limga 525 nafar talabadan iborat bo’lgan. Bu reja mutaxassisliklar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan yedi: 1201-«Arxitektura» mutaxassisligiga – 100 ta; 1202-«Sanoat va fuqaro qurilishi» mutaxassisligiga - 350 ta; 1721- «Qurilish iqtisodi va qurilishni tashkil yetish»mutaxassisligiga- 75 ta talaba qabul qilish belgilangan bo’lgan.
Institutning uchta mutaxassisligiga qabul qilingan 525 ta talaba «Sanoat va fuqaro qurilishi» fakultetiga biriktirilib, 7 ta kafedra, 3 ta bo’lim bilan  1- oktyabrdan o’quv jarayonini boshladi. 1967 yilning boshiga kelib institutda 7 ta kafedra - «Oliy matematika», «Fizika», «Ximiya», «Tarix», «Chizma geometriya», «Qurilish materiallari», «Rasm, tasviriy san’at va haykaltaroshlik» kafedralari faoliyati tashkil yetildi. 
Hukumat qarori asosida Samarqand shahridagi 19-internatga qarashli barcha binolar to’liq komleksi bilan SamDAQI ga berildi. Mazkur qaror bilan SamDAQIning o’quv-laboratoriya binolarini qurish bo’yicha loyihalash ishlarini boshlash va ularni moliyalash vazifalari ham belgilab berildi.
R.R.Abdurasulov Samarqand davlat arxitektura–qurilish institutining birinchi rektori sifatida institutni tashkil yetish, birinchi marotaba talabalar qabul qilishni amalga oshirish, ixtisosliklar bo’yicha mutaxassis kadrlar, professor – o’qituvchilar bilan ta’minlash, o’quv korpuslari, auditoriyalar, o’quv kabinetlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ko’rgazmali qurollar, texnik vositalar bilan jihozlash, umuman institut o’quv, ta’lim – tarbiya jarayonini, moddiy – texnika, moliyaviy bazasini yaratish, normal o’quv mashg’ulotlarini boshlashdek og’ir va murakkab vazifani qisqa vaqt ichida hal qilishga muvaffaq bo’ladi. 1966 yilda Samarqand shahrida nafaqat turdosh, balki birorta ham texnika instituti yo’q edi.
Bu SamDAQIni ilmiy pedagogik kadrlar bilan ta’minlashda katta qiyinchilik tug’dirdi. O’quv jarayonini va u ning sifatini talab darajasida tashkillashtirish va olib borish maqsadida R.R. Abdurasulov muhandislik va arxitektura yo’nalishlari bo’yicha Toshkent, Moskva, Leningrad, Kiyev, Novosibirsk, Dnepropetrovsk, Volgograd va boshqa shaharlardan yirik olimlar taklif qilingan. Bular professor V.A. Nilsen (TashPI), V. Vanyakin, V.N. Manakova, A.M. Bokareva (MArxI professorlari). K. Afanasev, professor  V. Pilyavskiy, A. Sokolov (LISI), professor G. Pugachenkova, Yu. Yaralov (Toshkent), prof. Kurmey (Novosibirsk), prof. Melnik R.A. (Dnepropetrovsk), professorlar Petuxov, Petuxova (Moskva) Shu bilan bir qatorda o’quv, ta’lim-tarbiya jarayonini ta’min yetish uchun Samarqand Davlat instituti, Toshkentdagi Politexnika va boshqa oliygohlardan, Rossiya va Ukrainaning Markaziy shaharlaridagi turdosh oliygohlardan, qurilish tashkilotlaridan yuqori malakali kadrlar taklif qilindi, ularni ish va uy-joy bilan ta’minlashga yerishildi.
SamDAQI jamoasi birinchi yillarda institutning oyoqqa turishida o’zlarining katta hissalarini ko’shgan TashPI, MARXI, MISI, KISI, LISI, NISI, DISI va boshqa turdosh institutlardan kelgan professor, dosentlarni hamda qurilish tashkilotlaridan kelgan mutaxasislarni hurmat va yehtirom bilan tilga oladi va yeslaydi.
Institut bitiruvchilari turli yillarda O’rta Osiyo hududidagi shahar va qishloqlarning me’moriy ko’rinishi va shaharsozlik muammolarini hal qilishda faol ishtirok yetib keldilar.
Bugun SamDAQI mamlakatimizdagi yetakchi ilm-fan markazi, mintaqadagi qurilish va arxitektura sohasi bo’yicha mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan yagona texnika yo’nalishidagi oliy o’quv yurtidir. 
SamDAQI ilmiy-tadqiqot, kasbiy-pedagogik an’analarga yega bo’lgan, doimiy ravishda ta’lim texnologiyalari, ilmiy izlanishlar metodikasi va tematikasi yangilanib boriladigan ta’lim muassasasidir.
Institut bilan Samarqand viloyati xokimiyati, arxitektura va shaharsozlik boshqarmalari o’rtasida barcha masalalarda mustahkam aloqalar o’rnatilgan. Bizning professor-o’qituvchilarimiz shaharsozlik bo’yicha ilmiy asoslangan qarorlarini qabul qilish, Samarqand shahrining qurilish rejasini ishlab chiqish va uning tarixiy markazini rekonstruksiya qilishda markaziy va hududiy organlarga faol yordam berib kelmoqdalar. 
Bugungi kunda SamDAQI tarkibida 4 ta fakultet:
  • Arxitektura
  • Qurilish
  • Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi
  • Qurilishni boshqarish fakultetlari tashkil yetilgan. 
Shuningdek,  o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog kadrlarini malakasini oshirish fakulteti, tayyorlov kurslari, 25 ta kafedra, axborot texnologiyalari markazi, axborot-resurs markazi, institut tarixi muzeyi va ta’lim jarayoni va ilmiy faoliyatni ta’minlashga yo’naltirilgan boshqa bo’limlar faoliyat yuritadi.
Samarqandning beqiyos shaharsozlik va me’moriy muhitini saqlab qolish, Markaziy Osiyodan chiqqan buyuk  olimlar yaratib ketgan sharq me’morchiligi an’analarini davom yettirish va rivojlantirish, zamonaviy arxitektura maktabini  yaratish, zamonaviy ilmiy metodlar va ta’lim texnologiyalarini qo’llagan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash orqali arxitektura, qurilish, kommunal xizmat, shaxar xo’jaligi sohasida mamlakatimizning innovasion rivojlanishini ta’minlash  hozirgi kunda SamDAQI ilmiy-pedagogik xodimlari va talabalari oldida turgan muhim masalalardir. 
SamDAQIda sohadagi asosiy ishlab chiqarish muammolari va boshqa muhim ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ilmiy izlanishlarni olib borish yo’lga qo’yilgan. Rossiya Federasiyasi, Germaniya, Shvesiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Qozog’iston va boshqa davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvi, ilmiy-tadqiqotlarni birgalikda olib borish, ilmiy-metodik adabiyotlarni chop yetish bo’yicha o’zaro hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. 
Institutda 500 dan ortiq professor-o’qituvchilar mehnat qilishmoqda. Shulardan 30 % dan ortig’i ilmiy daraja va unvonlarga yega.
SamDAQI zarur va yetarli miqdorda o’quv auditoriyalari va o’quv-laboratoriya xonalariga yega. Bundan tashqari sport zallari, tibbiy markaz, oshxona va bufetlar, sport seksiyalari va turli to’garaklar, Mironkul dam olish zonasi talabalar ixtiyoriga berilgan. SamDAQIning “Arxitektor” jamoasi respublika miqyosida o’tkaziladigan “Quvnoqlar va zukkolar” musobaqasining doimiy ishtirokchisi hisoblanadi.
Institutning marketing xizmati bitiruvchilarni ish bilan ta’minlanishida ijtimoiy ko’mak va faol yordam ko’rsatib kelmoqda.  Bugungi kunda bizning bitiruvchilarimiz loyixalash tashkilotlarida, arxitektura, landshaft va konstruktorlik byurolarida, texnik-sanoat dizayn kompaniyalarida, qurilish tashkilotlari va davlat boshqaruv organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritmoqdalar. Bizning talabalarimiz nafaqat arxitektura va qurilish, balki boshqa murakkab masalalar yechimi bo’yicha ham yetarli bilim, malaka va ko’nikmalarga yegaliklari bois,  ularga mamlakatimizning turli burchaklarida yehtiyoj sezilib turadi.