Skip to main content

YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT BO‘LIMI

Xushmurodova Charosoy Abdug‘ani qizi

Xushmurodova Charosoy Abdug‘ani qizi

Bo‘lim boshlig‘i

Qabul kunlari: Har kuni
Telefon: +99(866) 237 30 52

Ma’naviy-axloqiy tarbiya bo’limi institutda olib boriladigan ma’naviyy-ma’rifiy ishlarga boshchilik qilish, bo’limga tegishli normativ hujjatlarda belgilangan ko’rsatmalarni muvofiqlashtirish, bo’limlar, jamoat ishlarida va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy tajribalarni umumlashtirish, adabiyotlar tayyorlash va ularni nashr qildirish, talabalarning ma’naviy dunyosini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi.

Umumiy qoidalar

  • Bo’lim institut rektorining buyrug’i asosida tuziladi;
  • Bo’limning ishchi guruhi institutning ushbu soha bo’yicha yetakchi mutaxassislari, professor-o’qituvchilardan tarkib topadi;
  • Bo’lim ma’naviy-axloqiy ishlar bo’yicha prorektor boshchiligida faoliyat olib boradi;
  • O’z faoliyatini yo’lga qo’yishda bo’lim fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari kafedra ham guruh raharlari bilan birgalikda ish olib boradi;
  • Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining nizomi asosida ish olib boradi; joriy va kelajakdagi ish rejalariga asoslanib ish yuritadi.

Bo’limning maqsadi:
Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, har xil ommaviy madaniyat xurujlaridan avaylab-asrash, ularni bu yo’llardan qaytarish, Mustaqil O’zbekistonning haqiqiy fidoyisi bo’lib kamol topishini shakllantirishdan iborat.

Bo’limning vazifalari:
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bog’liq chora-tadbirlarni o’tkazish;
Talaba-yoshlar orasida ma’naviy-axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, olijanoblik fazilatlarini shakllantirishni yo’lga qo’yish;
Milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida olib borilayotgan anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilish
Talabalarning ruhiy va jismoniy qobiliyatini shakllantirish maqsadida olib boriladigan ishlarni shakllantirishga ko’maklashish;
Institutda ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini belgilash, ularga zarur normativ hujjatlar ham tavsiyalar ishlab chiqish;
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo’limlari hamda mamlakatimizda xizmat ko’rsatib kelayotgan fondlar, ijtimoiy tashkilotlar bilan birgalikda ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish.

Bo’limning huquqlari:
Fakultetlardagi ma’naviy-axloqiy ishlarni nazorat qilish;
Ma’naviy-axloqiy ishlarga bog’liq vazirlik buyruqlari ham ko’rsatmalarni fakultetlardagi bajarilishini tekshirish;
Dekanning ma’naviy-axloqiy ishlari bo’yicha o’rinbosarlarini saylash, hamda vazifalardan ozod qilishga bog’liq yig’ilishlarda doimiy ravishda o’z tavsiyalari bilan qatnashadi;
Ma’naviy-axloqiy masalalar bo’yicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ko’rsatmalar, tavsiyalar beradi;
Professor-o’qituvchilarning yillik o’quv yuklamalarida «Ma’naviy-ma’rifiy ishlari» sohasiga tegishli bandiga to’liq bajarilishini nazorat qiladi va uni baholaydi;
Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha dekan o’rinbosarlari olib boradigan ishlar bo’yicha har semestr yakunida bo’lim boshlig’iga hisobot beradi;
Ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish, yaxshi namuna ko’rsatgan bo’lim, fakultet, kafedra jamoatini moddiy va ma’naviy rag’batlantirishga tavsiyalar beradi. 
Respublika Prezidenti I.A.Karimov «Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O’zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhum vazifasidir», - deb ta’kidlagan edi. Xuddi shu muhum masalaga yanada e’tiborni kuchaytirish maqsadida 1996 yil 9 sentyabrda Respublika Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risi»dagi maxsus farmoni e’lon qilindi. 


    Prezidentimizning mazkur farmonida Respublikamiz fuqarolarida, ayniqsa yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish, ularni boy tarixiy-madaniy merosimiz va an’analarimizga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, jonajon Vatanimizga muhabbat, istiqlol g’oyalariga chuqur e’tiqod ruhida tarbiyalash hozirgi kunda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarni hal qiluvchi omili ekanligi ta’kidlab o’tildi.


Unda davlatimizning ma’naviyat sohasidagi hozirgi siyosatining asosiy yo’nalishlari, milliy tafakkurni kengaytirish va takomillashtirish, fuqarolarni o’zligini anglashi, hurlik, mustaqillik ruhining uyg’onishini ta’minlashga alohida e’tibor berildi.


     Farmonda islohotlarni samarali amalga oshirishda mamlakat fuqarolari uchun munosib turmush sharoitini yaratish va jamiyatning olg’a siljishini ta’minlashda ma’naviyatning muhum ahamiyati va o’rni hisobga olindi hamda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar hozirgi davrda davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo’nalishi ekanligi belgilab qo’yildi. Shuningdak, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasini yanada yaxshilash va uning bilan shug’ullanuvchi tuzilmalarni qayta tashkil etish faoliyatini takomillashtirish nazarda tutildi.     


Ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida respublika vazirliklari o’z tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlarga maxsus buyruqlarini yo’lladi.
     Jumladan, oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1996 yil 16 sentyabr 224-raqamli buyrug’iga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonini jamoada ijrosini ta’minlash maqsadida 1996 yil 24 noyabrda institut rektorining buyrug’i e’lon qilindi. Ushbu buyruqqa asosan institutda «Ma’naviyat va ma’rifat» bo’limi tashkil etildi. Bo’lim ishlarini samarali olib borilishini nazorat etish va ta’minlash maqsadida ikki nafar maoshli xodim ajratildi. Institutning sobiq tarbiyaviy ishlar prorektori ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo’yicha birinchi prorektori deb e’lon qilindi. «Ma’naviyat va ma’rifat» bo’limi tashkil etildi va bo’limning nizomi institut Ilmiy kengashida tasdiqlandi.


     «Ma’naviyat va ma’rifat» bo’limi institut jamoasi orasida olib boriladigan dastlabki ishlarini amalga oshirdi. Shu jumladan, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi institut fakultetlari, bo’lim va kafedralari, Axborot-resurs markazi va «Talabalar turar joyi»da ma’naviyat va ma’rifat tarmoqlarini tashkil etdi. Natijada qayd etilgan joylarda ma’naviyat va ma’rifat burchaklari va shu sohadagi kitoblar javonlari, ko’rgazma va stendlar tashkil qilindi.


     Shu o’tgan davrda ma’naviy va ahloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektorlar bo’lib dosentlar K.G’.G’aniyev, B.S.Qarshiyevlar, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i bo’lib esa S.N.Norovlar faoliyat ko’rsatishdi. Hozirda ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektor lavozimida G’.X.Yaxshiboyev ishlamoqda, ma’naviyat va ma’rifat bo’limini ko’p yildan beri T.S.Egamov boshqarmoqda.


Institut ma’muriyati shu o’tgan davr mobaynida ma’niviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish va uning samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirdi.
       Murabbiylar kengashi tuzilib, murabbiylar tarkibi qayta ko’rib chiqildi va bu ishlarga tajribali, tarbiyaviy ishlarga qobiliyatli bo’lgan  professor-o’qituvchilar jalb qilindi. Kengash majlislarida fakultetlarda murabbiylar soatini o’tkazish, talabalarni darsga qatnashish va reyting sinovlarini borishi, institut ma’muriyati bilan talabalarning ota-onalarini uchrashuvini tashkil qilish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi va tegishli vazifalar belgilandi.


     Institut professor-o’qituvchilarining ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy bilimlarini oshirish maqsadida «Ma’naviyat va ma’rifat» asoslaridan o’quv mashg’ulotlari o’tkazildi. O’quv mashg’ulotlarida viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi va Samarqand shahri oliy o’quv yurtlarining yetuk faylasuf va siyosatshunos olimlari ma’ruzalar qilishdi.
     Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mohiyatini professor-o’qituvchi va talaba-yoshlarga tushuntirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida», «O’zbekiston buyuk kelajak sari», «Barkamol avlod orzusi», «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kabi asarlari, Prezidentning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kengashida qilgan ma’ruzalari, ommaviy-axborot vositalari vakillariga bergan intervyulari bo’yicha maxsus o’quv kurslari tashkil etildi. 


     Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar professor-o’qituvchi va talabalar ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirishga, talabalarni barkamol avlod qilib shakllantirishga, Vatanga, xalqga sadoqat, istiqlolga fidoiylik ruhida tarbiyalashga qaratildi. Shu maqsadda suhbatlar, davra suhbatlari, anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilindi. Ushbu ishlarni samaradorligini oshirish maqsadida 1997 yildan «Ma’naviyat-qalbim quyoshi» nomli ilmiy-uslubiy to’plam nashr qilinib kelinmoqda.


    Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarda yetakchi professor-o’qituvchilar salohiyatidan keng foydalanildi. Akademik T.Sh.Shirinkulov, professorlar N.S.Safarov, A.Uralov, E.Muhammadiyev, K.B.G’aniyev, Z.Sirojiddinov, dosentlar    K.G’.G’aniyev,    A.Muxammadiyev,    X.Saidqulov, A.Safarov, S.Fayziyev, U.Qosimov va boshqalar shular jumlasidandir.


     "Ma’naviyat kuni" va «Axborot saot»lari tadbirlarining   sifatli o’tishiga katta e’tibor berildi. "Ma’naviyat kunlari" va «Axborot soat»larida  ijtimoiy gumanitar kafedralari professor-o’qituvchilari Prezident I.A.Karimovning Oliy Majlisning sessiyalari, Vazirlar Maxkamasining majlislaridagi nutqlari,    risolalarining       mazmun-mohiyati         talabalarga tushuntirilmoqda.


     "Ma’naviyat kunlari" va «Axborot soat»larida odob-ahloq, iymon, vijdon, e’tiqod masalalariga, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyatini o’rganishga, Samarqand shahridagi tarixiy    yodgorliklarni   o’rganishga,    tarixiy    muzeylarga   sayohatlar uyushtirishga, X.Olimjon nomidagi musiqali va drama teatri hamda A.P.Chexov nomidagi rus musiqali va drama teatri tomonidan tayyorlanayotgan spektakllarni ko’rishga professor-o’qituvchi va talabalar jalb qilindi. Talabalarga tarbiyaviy ahamiyatga ega videofilmlar, ("O’lim so’qmogi", "Ogohlikka da’vat" va hokazo) badiiy filmlar namoyish qilindi. "Ikki avlod uchrashuvi" ruknida taniqli olimlar, shoirlar bilan uchrashuvlar o’tkazilib kelindi.


     Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarda ijtimoiy-gumanitar kafedralarining imkoniyatlaridan keng foydalanildi. Keyingi yillarda ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitishning samaradorligi oshdi, ularning tarbiyaviy imkoniyatlari yanada yaxshilandi. Ijtimoiy-gumanitar kafedralari tomonidan ko’plab anjumanlar, suhbatlar, davra suhbatlari, bahs-munozaralar tashkil qilindi. 


     Institutda Mustaqillik kuni, 1-oktyabr – «O’qituvchi va murabbiylar kuni», 8-dekabr – «Konstitusiya kuni», 21-oktyabr – «O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun», 1-yanvar – «Yangi yil», 14-yanvar – «Vatan    himoyachilari kuni», 8-mart – «Xalqaro xotin-qizlar kuni», 21-mart – «Navro’z» bayrami, 9-May – «Xotira va qadrlash kuni» keng nishonlandi, milliy bayramlarga bag’ishlab ko’plab tadbirlar o’tkazildi.  


     Talabalarning ma’naviy tarbiyasida terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, OITS kabi illatlarga qarshi kurash,  ularning  oldini  olish,  ular  keltirib  chiqaradigan  mudhish oqibatlardan talabalarni ogoh etishga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda   doimiy   ravishda   huquq-tartibot,   diniy   sog’liqni   saqlash, idoralari bilan hamkorlikda kompleks tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birgalikda ushbu mavzularda yaratilgan fil’mlar, spektakllarga talabalarni   ommaviy   ravishda   olib   borish   tashkillashtirildi.


     Talabalarni bo’sh vaqtlarini samarali tashkil qilish institut ma’muriyatining diqqat markazida turdi. Talabalar darsdan keyin institutda tashkil etilgan siyosiy klublar, ommaviy sport tadbirlariga va boshqa har xil yo’nalishdagi tadbirlarga jalb qilindi. Institutda 15-ta talabalar klublari mavjud. Ular orasida ayniqsa «E’tiqod», «Debat», «Badiiy musiqiy lektoriy», «Chashma», «Talaba klubi», «Islom va islomiy qadriyatlar» kabi klublarga nisbatan talabalarda qiziqish ortdi. Ushbu klublarda bugungi kunda 250-dan ziyod talabalar o’z vaqtlarini samarali o’tkazib kelmoqda. 
     «Talabalar turar joyi»da talabalar uchun barcha sharoitlar yaratildi: ma’naviyat va ma’rifat xonasi, oshxona, dush, kir yuvish, hojatxona, dam olish, o’quv zali, qizlar uchun gigiyenik xonalar tashkil etildi.


     Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarda «Kamolot» YoIX SamDAQI boshlang’ich tashkiloti, Xotin qizlar kengashi, Kasaba uyushmalari qo’mitalarining imkoniyatlaridan keng foydalanildi. Ular tomonidan har xil yo’nalishdagi tadbirl

ar, ko’rik-tanlovlar tashkil qilindi. Talabalarning «Marokandlik bojalar», «Quvnoqlar va zukkolar» jamoalari Respublika ko’rik tanlovlarida faxriy o’rinlarni egallab keldi.
     Institutda ommaviy sport ishlariga katta e’tibor berildi. Institutda 8-ta yopiq va ochiq sport inshootlarida 15–ta sport seksiyalari faoliyat ko’rsatib keldi. «Universiada-2004» sport musobaqalarida institut talabalaridan viloyat terma jamoasida 33-talaba qatnashib, 23-tasi medallar sohibi bo’lishdi.
«Universiada-2007» musobakalarida institutdan 21-ta talaba qatnashdi.


Jumladan, Mirkomilov A. belbogli kurash bo’yicha oltin medal, Nabiyev X.  dzyudo bo’yicha oltin medal, Sharipov milliy kurash bo’yicha bronza medali sovrindorlari bo’lishdi.Institut talaba-sportchilari viloyat, respublika hamda xalqaro musobaqalarda faol qatnashib, sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritishdi. Jumladan, institutning qo’l to’pi jamoasi O’zbekistonning 3-karra chempioni, 3-karra O’zbekiston kubogi, 4-karra mustaqillik kubogi sohibidir. Institutning polvonlari Respublika va jahon miqyosida o’tkazilgan musobaqalarda faxrli o’rinlarni egallashdi. Jumladan, Negmatov Jasur – 301-YeUTT talabasi, milliy kurash sport turidan sport ustasi. Negmatov Jasur O’zbekiston chempionatida 57 kg, vaznda I-o’rinni egalladi. 2011 yil may oyida Toshkent shahrida bo’lib o’tgan sambo bo’yicha O’zbekiston chempionatida 57 kg vaznda II-o’rinni egalladi. 2011 yil Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Osiyo chempionatida 57 kg vaznda II-o’rinni egalladi. 2011 yilda Toshkent shahrida o’tkazilgan sambo yulduzlari o’rtasidagi jahon chempionatida I-o’rinni egalladi.


Mo’minov Elmurod, – 201-YeUTT guruh talabasi, Toshkent shahrida o’tkazilgan sambo bo’yicha O’zbekiston chempionatida 68 kg vaznda II-o’rinni egalladi. Shodmonov Abdusalom, – 201-menejment guruh talabasi, 2010 yilda Ostona shahrida o’tkazilgan belbog’li kurash bo’yicha jahon chempionatida 100 kg vaznda III-o’rinni egalladi. Belbog’li kurash bo’yicha 2011 yilda Toshkent shahrida o’tkazilgan O’zbekiston chempionatida I-o’rinni egalladi. Qosimov Ubaydulla, jismoniy-tarbiya kafedrasi dosenti, Samarqand shahrida «Xotira va qadrlash kuni»ga bag’ishlab o’tkazilgan sport faxriylari o’rtasidagi sport musobaqalarida (armreysling, tosh ko’tarish, 60 metrga yugurish) da II-o’rinni egalladi.


Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda jamoada olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligi, ta’sirchanligi  oshdi, har tomonlama yuksak ma’naviyatli komil insonlarni tarbiyalash ishlari yo’lga qo’yilmokda.