Skip to main content

MAGISTRATURA

MAGISTRATURA

Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

«Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.

Magistrning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan umumiy malaka talablari

Magistr:

  • tanlangan mutaxassislik bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni bajarishga, shuningdek fan, texnika va texnologiya, iqtisodiyot, madaniyat va san’atning zamonaviy yutuqlarini amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega bo‘lishi;
  • mutaxassislikka oid ilmiy muammolar bilan bog‘liq vazifalarni ifodalash va hal etishi, qarorlar qabul qilishi, zarur bilimlar bazasini yaratish va undan o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;
  • ilmiy tadqiqotlar va mehnatni tashkil qilish metodologiyasini bilishi, tadqiqot natijalarini tahlil qilish va qayta ishlash metodikasini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, ilmiy tadqiqot natijalaridan faoliyatning tegishli sohalarida foydalanishga doir amaliy tavsiyalarni ifodalay olishi va taqdim qilishi;
  • kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompyuterda modellashtirish metodlarini, eng maqbul yechimlar topishning oqilona usullarini egallagan bo‘lishi;
  • bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va ilmiy jamoalarni boshqarishni ilmiy asosda tashkil qila olishi;
  • zamonaviy axborot tizimlaridan foydalaniladigan pedagogik texnologiyalar va interaktiv ta’lim usullarini egallagan bo‘lishi lozim.

Magistr:

  • tanlangan mutaxassislik bo‘yicha mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyati;
  • magistr tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bo‘yicha aspiranturada oliy ta’limdan keyin tahsil olish;
  • kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadi.

5A150901 Dizayn: Inter’erni loyihalash

5A230201 Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5A311301 Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha

5A311502 Geodeziya va kartografiya (funksiyalari bo‘yicha)

5A340101-Bino va inshootlar arxitekturasi

5A340102-Arxitektura nazaryasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash

5A340103 SHaharsozlik va landshaft arxitekturasi

5A340201 Bino va inshootlar qurilishi (inshoot turlari bo‘yicha)

5A340204 Qurilish konstruksiyalari, maxsus jihozlar va muhandislik tizimlari montaji

5A340302-Shahar transport xo'jaligi va aloqa yo'llari

5A340401 Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha)

5A340501 Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari

 5A340901 Ko‘chmas mulkni baholash va boshqarish

5A630104 Oqova suvlarni tozalash va suv resurslarini