Skip to main content

MAGISTRATURA IMTIHONLARI

BITIRUVCHI MAGISTRANTLAR UCHUN

Bitiruvchi magistrantlar uchun «Mutaxassislik» fanlaridan yozma ishlarni (Yakuniy Davlat Attestasiya sinovlari) baholash  
MEZONI
Mazkur fandan yozma ishlarni baholash va o’tkazish tartibi OO’MTV ning 2009 yil 22 maydagi 160-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarining Yakuniy Davlat Attestasiyasi to’g’risida»gi Nizomga asosan o’tkaziladi.
1. To’rtta savoldan iborat yozma ish variantlari har bir magistrant uchun alohida-alohida tuziladi va mazkur fan bo’yicha YaDAK raisi tomonidan tasdiqlanadi.
2. Variantlar savollari mazkur fan buyicha O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida tuziladi va dasturni to’liq qamrab oladi.
3. Yozma ishlar OTM rektori buyrug’i bilan tasdiqlangan Yakuniy Davlat Attestasiyasi Komissiyasi raisi va a’zolari ishtirokida o’tkaziladi va shifrlangandan keyingina tekshirilib baholanadi. Yozma ishni tekshirgan o’qituvchi har bir savoldagi javobga qo’ygan ballari uchun izoh beradi. Yozma ish YaDAK raisi imzosi bilan tasdiqlanadi.
4. Yozma ish uchun 3 soat vaqt ajratiladi va belgilangan vaqtda tegishli xonalarda o’tkaziladi. 
5. Mazkur fandan YaDA topshiruvchilar bilimi 0 dan 100 ballgacha bo’lgan ballar oralig’ida baholanadi.
6. Javoblar quyidagi tartibda baholanadi:
- 0 dan 100 ballgacha bo’lgan ballar oralig’ida (har bir savol uchun maksimal ball - 25 ball, saralash bali -14 ball)  baholanadi.
7. Har bir savolga berilgan javoblarni baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a. savolga berilgan javob to’liq bo’lib, qo’yilgan masalani mohiyati va mazmuni yetarlicha ochilgan, masalani yechishga ijodiy yondoshilgan, yetarlicha xulosalar chiqarilgan va asoslangan, faktlarga to’g’ri va aniq baho berilgan, mantiqiy ketma-ketlikka amal qilingan bo’lsa, bunday javobga 22-25 oralig’ida ball qo’yiladi;
b. agar savolga javob berilgan bo’lib, masalaning mazmun va mohiyati ochilgan va unga ijodiy yondoshilgan, mustaqil fikrlash va xulosalarni asoslay olish qobiliyati namoyon qilingan, faktlarga to’g’ri baho berilgan, mantiqiy ketma-ketlikka amal qilingan bo’lsa, u holda bunday javobga 18-21 oralig’idagi ball qo’yiladi; agar savolga javoblar keltirilgan bo’lsa-da, qo’yilgan masalaning mohiyatini ochishga harakat qilingan, qisman ijodiy yondashilgan, xulosalar asoslangan, ba’zi bir umumiy holdagi xatoliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, u holda bunday javobga 14-17 oralig’idagi ball qo’yiladi;
c. agar savolning javobida umumiy tushunchalar keltirilib, masalaning mazmun va mohiyati ochilmagan, asosiy xulosalar qilinmagan, masalani hal qilishga ijodiy yondoshilmagan, mulohaza yuritishda xatoliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, bunday javobga 1-13 oralig’idagi ball qo’yiladi;
d. agar savolga mutlaqo javob berilmagan yoki javoblar boshqa savolga berilgan  bo’lsa bunday javobga 0 ball qo’yiladi.
8. Magistrantning yozma ish bo’yicha to’plagan umumiy bali variantdagi 4 ta savolning javoblariga qo’yilgan ballarni yig’indisi orqali aniqlanadi.