Skip to main content

QURILISH FAKULTETI

“Qurilish” fakulteti 1966 yilda institutda tashkil etilgan birinchi fakultet hisoblanadi.Fakultetda 1966-1967 yillarda professor R.A. Ibadullin, 1967-1969 yillarda  dotsent B.K.Karimov, 1970 yillarda dotsent A.S.Tyan, 1970-1980 yillarda dotsent T.A. Aslanqulov, 1980 yillarda  dotsent S.N. Muminov, 1980-1984 yillarda dotsent I.I. SHirov, 1985-1986 yillarda dotsent A.A. Raxmonov, 1986-1987 yillarda professor R.I. Xolmurodov, 1988-1998 yillarda dotsent M.M. Xonkeldiev, 1988-2013 yillarda dotsent M.M. YAkubov, 2013-2016 yillarda dotsent B.I.Saidmuratov, 2016 yillarda dotsent A.T. Qo‘ldashev dekan lavozimida ishlaganlar. 2016 yildan hozirga qadar dotsent A.A.Bayzakov fakultet dekani lavozimida ishlab kelmoqda.Fakultetda   6  nafar fan doktori, 16 nafar fan nomzodlari “Ustoz-shogird” ana’nalarini davom ettirgan holda, ilmiy salohiyatlarini namoyon qilib, talaba-yoshlarga o‘zlarining bilim va tajribalarini berib kelmoqdalar.Fakultetning 2 ta o‘quv binosi bo‘lib,  8 ta ilmiy laboratoriya xonalari hamda o‘quv- xonalari zamon talablariga javob beradigan, zamonaviy pedogogik texnologiyalar asosida dars mashg‘ulotlarini o‘tishga qulay hisoblanadi. 
«Qurilish» fakulteti mutaxassislar tayyorlashni (talim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bo‘yicha) ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiradi. Fakultet ta’lim, fan va ishlab chiqarish intergatsiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida yirik soxa korxonalari hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan doimiy ravish hamkorlik ishlarini olib bormoqda.


Fakultetning barcha talabalari O‘zbekiston yoshlar ittifoqining a’zosi hisoblanib, fakultet yoshlar Kengashi a’zolari turli xil to‘garaklar, uyushmalarga, jamoat tadbirlari, institut tadbirlarida muntazam qatnashib, o‘zlarining tashkilotchilik qobiliyatlarini ko‘rsatib, chinakam yurt fidoiysi ekanligini namoyon qilib kelishmoqda.Fakultet talaba-yoshlari sportning Milliy kurash, Karate, Boks, Taekvondo, futbol, stol tennisi, valebol, gambol turlari bo‘yicha muntazam shug‘ullanib, 2 nafar Jahon chempioni, 3 nafar Osiyo chempioni, 16 nafar O‘zbekiston chempioni va ko‘plab viloyat va maxalliy chempionlar etishib chiqqan. Talabalar fakultetlar o‘rtasida o‘tkazilgan turli xil sport musobaqalarida, “Zakovat” intellektual o‘yinida”, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovida, “Talabalar bahori” festivalida doim yuqori o‘rinlarni qo‘lga qiritib kelishmoqda.“Qurilish” fakulteti O‘zbekistonda jadal isloxotlar sura’atiga mos etuk malakali kadr etishtirib beradigan, o‘zining qat’iy pozitsiyasiga ega, o‘ziga xos bilim dargohi hisoblanadi.

T.F.N. Dotsent Madatov Abdiraxim

T.F.N. Dotsent Madatov Abdiraxim

Fakultet dekani

Qabul kunlari: Dushanba Chorshanba Juma 15-00 dan 17-00 gacha 

Telefon: (0366)-237-13-14

Kamolov Axmadjon Abdumalikovich

Kamolov Axmadjon Abdumalikovich

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari

Qabul kunlari: Har kuni 15-00 dan 17-00 gacha

Telefon: (0366)-237-13-14

Rasulov Bekzod Boymurodovich

Rasulov Bekzod Boymurodovich

Dekan o'rinbosari

Qabul kunlari: Har kuni 15-00 dan 17-00 gacha

Telefon: (0366)-237-13-14