Joriy yilning 27-may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, 1-sonli TTJ pedogog-tarbiyachi A.Tursunov “MKQ” fakulteti tyutori U.Xolmatov hamda “Arxitektura” fakulteti tyutori E.Qamarovlar tashabbusi bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Oʻzbekiston vatanim faxrim mani” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar chiqishlari va harbiy texnikalarini koʻrish uchun harbiy ekskursiya tashkil etildi.
Samarqand viloyati Markaziy harbiy okrugiga tashkil qilingan harbiy ekskursiyada harbiy okrugning 13060 harbiy qism harbiylari tomonidan talaba-yoshlarga shaxsiy tarkibda mavjud bo‘lgan qurol aslahalar va harbiy texnikalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida, shuningdek yoshlarga Vatanni sevish vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirishga qaratilgan seminar davra suhbati tashkil qilindi va kelgusida yana shunaqangi talaba yoshlarni vatanparvarlik ruhida qiziqishlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarnini hamkorlikda oʻtgazishga kelishib olindi.