Bugungi kunda kafedrada 27 nafar professor-o‘qituvchi va 4 nafar yordamchi xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Shu jumladan 7 nafar fan nomzodi, dotsent 9 nafar katta o‘qituvchi, 7 nafar o‘qituvchi va 2 nafar stajyor-o‘qituvchilar tashkil qiladilar. O‘rindoshlik asosida pedagogik faoliyatga jalb etilgan mutaxassislar (ichki o‘rindoshlik bo‘yicha 3 va tashqi 2 kishidan iborat). Professor-o‘qituvchilar tarkibining aksariyat qismi o‘z sohasining etuk mutaxassisi, etarli kasbiy malaka va pedagogik mahoratga ega bo‘lgan ustoz murabbiylardir. Kafedraning ilmiy salohiyati 37% ni tashkil qiladi.
Kafedra suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida bakalavr, magistr va doktorantlarni (PhD) tayyorlashga mo‘ljallangan. To‘rt yil mobaynida muvaffaqiyatli ta’lim olgan talabalarga bakalavr akademik darajasi beriladi. Kafedradagi ta’lim yo‘nalishlar mutaxassislik bozorida barcha zamonlarda nufuzli va zarur hisoblangan. CHunki suv, ayniqsa Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun hayotiy muhim va strategik resurs bo‘lib kelgan. Bitiruvchilarni ishga joylashishi hech qachon muammo bo‘lmagan va ularni ta’lim olish davridagi bilimlari keyingi ish faoliyatida keng imkoniyatlar yaratib kelmoqda.
Kafedra jamoasini yuqori malakali o‘qituvchilar tashkil qiladi, shular qatorida fan doktori, fan nomzodlari, dotsentlar, katta o‘qituvchilar va yosh o‘qituvchi-doktorantlardan iborat. Suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilish kafedrasi zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan laboratoriyalar va maxsus darsxonalar majmuidan iborat bo‘lib, bu erda ta’lim jarayoni bilan birgalikda tabiiy va oqova suvlarni oqizish, tozalash, inshootlarini tadqiq qilish ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda.
Kafedra kommunal soha, qurilish, loyihalash va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda hamda bu korxonalarga talabalar ishtirogida ekskursiyalar, konferensiya va seminarlar tashkil qilishga imkon yaratilmoqda.
Saytdagi ma’lumotlar Siz uchun foydali bo‘lishiga umid qilaman va barcha ta’lim oluvchilarga muvaffaqiyatlar tilayman!
“Suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilish” kafedrasi quyidagi bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga tayanch hisoblanadi:
•5340400 – Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Suv ta’minoti va kanalizatsiya) - ta’lim shakli kunduzgi va sirtqi;
•5341200 – Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi - ta’lim shakli kunduzgi va sirtqi.
Magistratura mutaxassisliklari:
•5A340401 – Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji
•5A630104 – Oqova suvlarni tozalash va suv resurlarini muhofaza qilish.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim- doktorantura(PhD):
•05.09.04 – “Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari”;
•01.02.05 - “Suyuqlik va gaz mexanikasi”.
Kafedra professor-o‘kituvchilari tomonidan o‘tilayotgan 40 ta fandan 28 tasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, 12 tasi esa magistratura mutaxassisligiga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu fanlar bo‘yicha yangi ta’lim standartlariga mos va vazirlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturlari asosida ishchi dasturlar, ma’ruza matnlari, uslubiy qo‘rsatmalar ishlab chiqilgan hamda o‘kuv jarayoniga tadbiq etilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan davlat tilida 300 dan ortiq darslik, ma’ruza matnlari, o‘quv ko‘llanmalari va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlangan. Ayniqsa bosqich va diplom loyihalarini bajarish uchun zaruriy uslubiy qo‘llanmalar bilan to‘liq ta’minlangan.
Kafedra respublikamizning nufuzli OTMlari, loyihalash, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda o‘quv va ilmiy ishlarini olib bormoqda. Jumladan Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Volgograd davlat arxitektura-qurilish universiteti, Minsr texnika universiteti, Moskva davlat qurilish universiteti,Belostok texnologia universiteti(Polsha Respublikasi) “Suv ta’miniti” MCHJ, “Me’morqurilishloyiha” MCHJ tashkilotlarini ko‘rsatish mumkin. Kafedra bu tashkilotlarning mutaxassislarini ma’ruza qilishga, diplom loyihalariga rahbarlik qilishga, DAK ishiga, doktorantlarga maslahat berishga taklif qilinmoqda.ushbu korxonalarda talabalar malakaviy va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tib kelmoqdalar.Oqovalarni tozalash inshootlarida kafedraning filiali ochilgan va unda laboratoriya, amaliy darslar, ilmiy ishlar bajarilib kelinmoqda.
Samarkand viloyat “Suv ta’miniti” MCHJ tassarufidagi shahar oqova suvlarini tozalash stansiyasida kafedraning filiali tashkil kilingan. Bu filialda talabalarga tajriba va amaliy darslar o‘tilib, magistrantlar va doktorantlar uchun o‘z ilmiy ishlarini bajarishlariga sharoit yaratilgan.
Kafedra tarixi
Ilmiy faoliyat
Kafedra yutuqlari
Kafedra professor-o’qituvchilari ro’yxati va ularning nashr faolligi
№ |
F.I.SH. |
Lavozimi, ilmiy daraja va ilmiy unvon |
2020 yildagi nashr faolligi |
||
Ilmiy maqolalar |
Konferentsiyada chiqishlar |
Monografiya, darslik va o`quv qo`llanmalar |
|||
1 |
Yakubov Qutfidin Aslievich |
kafedra mudiri, texnika fanlari nomzodi |
2 |
8 |
7 |
2 |
Mirzaev Abdialim Boymuradovich |
texnika fanlari nomzodi,dotsent |
3 |
8 |
3 |
3 |
Jo`raev Olmos Joniqulovich |
texnika fanlari nomzodi,dotsent |
3 |
5 |
2 |
4 |
Saidov Salim Saidovich |
texnika fanlari nomzodi,dotsent |
- |
1 |
- |
5 |
Gadaev Abror Niyazovich |
texnika fanlari nomzodi,prof. |
3 |
7 |
- |
6 |
Xalilov Nimat Xalilovich |
katta o`qituvchi,iqtisod fanlari nomzodi |
- |
2 |
2 |
7 |
Jumanov Otaboy Jumanovich |
katta o`qituvchi, texnika fanlari nomzodi |
1 |
2 |
1 |
8 |
Alladustov Uluғmurod Baxrievich |
katta o`qituvchi |
1 |
9 |
1 |
9 |
Boboeva Gulmera Sadikovna |
katta o`qituvchi |
3 |
3 |
1 |
10 |
Xushvaktov Bo`ta Orolovich |
katta o`qituvchi |
3 |
6 |
1 |
11 |
Rajabov Adxam Hamdamovich |
katta o`qituvchi,ichki o`rindosh |
- |
3 |
- |
12 |
Nurmatov Panji Abdimurotovich |
katta o`qituvchi |
6 |
9 |
1 |
13 |
Eshqobilov SHuxrat Abdug’affarovich |
katta o`qituvchi |
2 |
7 |
2 |
14 |
Norqulov Bahodir Musulmonovich |
katta o`qituvchi |
7 |
10 |
- |
15 |
Axmedova Feruza Isanovna |
o`qituvchi |
2 |
2 |
- |
16 |
Qurbonova Umida Utkirovna |
o`qituvchi |
- |
1 |
- |
17 |
Xolov Farrux Mamalatifovich |
o`qituvchi |
5 |
4 |
- |
18 |
Xaydarov Elmurod Ashirovich |
o’qituvchi,ichki o’rindosh |
- |
1 |
- |
19 |
Sobirova Dildora Almaxmadovna |
o`qituvchi |
1 |
1 |
- |
20 |
Suyunov Javlon SHiralievich |
O’qituvchi,ichki o`rindosh |
2 |
1 |
- |
21 |
Tadjieva Durdona Obloқulovna |
O’qituvchi,ichki o`rindosh |
3 |
7 |
- |
22 |
Mirzaev Murod Namazovich |
o`qituvchi |
3 |
1 |
- |
23 |
Usanova Sevara Abdivaitovna |
stajyor- o’qituvchi |
3 |
3 |
- |
24 |
Murtazaev Farxod Azgaralievich |
stajyor- o’qituvchi |
1 |
3 |
- |
25 |
Artikboev Xusniddin |
stajyor- o’qituvchi,ichki o`rindosh |
1 |
2 |
- |
26 |
Djamanqulov Shodiyor Qo`chqorovich |
Katta o’qituvchi, tashqi o`rindosh |
– |
2 |
- |
27 |
Anorboev Soxib |
O`qituvchi, tashqi o`rindosh |
– |
3 |
- |