Skip to main content

TABIIY FANLAR

TABIIY FANLAR

t.f.n. dotsent Xoldorov Nortoji

t.f.n. dotsent Xoldorov Nortoji

Kafedra mudiri

Telefon: (93) 337 23 79

KAFEDRA TARIXI.

     Fizika kafedrasi SamDAQI tarkibida tashkil qilingan kafedralar ichida eng keksasi bo‘lib, institut bilan bir qatorda 1966 yilda asos solingan. Uning asoschilaridan va birinchi mudiri dotsent Raximov A.A. (1966 – 1967 y.y.) bo‘lgan. Keyingi yillarda dotsent Shodiev N.J. (1967 – 1968 ), dotsent Suyarov N.YU. (1968 – 1976 y.y.), dotsent Abdullaev G.A. (1976 – 1985 y.y., 1991 – 1994 y.y.), dotsent Usarov O‘.T. (1985 – 1991 y.y.) dotsent Nurmatov E.M. (1994 – 1996 y.y.), professor Oqilov J.O. (1996 – 1998 y.y.), dotsent Xoldorov N.X. (1999 – 2010 y.y.) dotsent Nurmatov E.M. (2010 – 2011 y.y.) SamDAQI Ilimiy Kengashi qarori asosida 2011 yilning sentyabridan «Oliy matematika» va «Fizika va elektrotexnika» kafedralari birlashtirilib, «Fizika va matematika» kafedrasi tashkil qilindi. Unga kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi etib professor A.S. Savurboev tayinlandi. U kishi qisqa vaqt ichida kafedrani bosh binodan Qurulish fakulteti to’rtinchi qavatiga ko’chirib keldi va o’z xo’jalik shartnomasi hisobidan kafedrani jihozladi va bosh binodan kelgan fizika:

  • Mexanika malulyar fizika laboratoriyasi – 2 ta
  • Elektr va magnitizim laboratoriyasi – 2 ta
  • Optik va atom fizikasi laboratoriyasi – 2 ta

    Elektrotexnika va Qurulishda elektr ta’minoti laboratoriyasi – 2 ta  laboratoriyalarida o’tiladigan o’quv jarayonini boshqarish uchun dot. N. Xoldorovni tayinladi. U kishi 2018 yilgacha ya’ni “Tabiiy fanlar” kafedrasi tashkil qilingan kungacha boshqarib keldi. (2011 iyul – oktyabr) SamDAQI Ilmiy Kengashida tanlov asosida dotsent E.Umarov. (2011 yil noyabridan 2012 yil apreligacha) dotsent O‘.O‘sarov (2012 yilning aprel – dekabri) dotsent Q.Mamasoliev (2012 yilning dekabiridan 2018 yil oktyabirigacha). SamDAQI ilmiy kengashining qaroriga muvofiq “Tabiiy fanlar” kafedrasi “Oliy matematika va fizika” kafedrasi tarkibidan ajratildi va “Suv taminoti va kanalizatsiya” kafedrasidan, ximya o’qituvchilarini fizika kafedrasiga qo’shib kafedraning nomini “Tabiiy fanlar” kafedrasi deb nomlandi. 2018 yil oktyabrdan kafedrani dotsent N.Xoldorov boshqarib kelmoqda.

     Kafedra faoliyati davomida 25 nafar o‘qituvchi fan nomzodligi, doktorlik dessertatsiyasini himoya qildi, professor va dotsent unvonini oldi. Shulardan N.Shodiev pedagogika fanlari dok. professori, O.To’xliboev fizika – matematika fanlari dok. professori kelgan kishilar fan nomzodi dotsentlardir.

     Kafedra xodimlari davlat ilmiy texnik loyihalarni bajardi, o‘n beshta o‘quv qo‘llanma, to‘rtta darslik va o‘plab maqolalarni chop ettirdi.

Kafedra prof. – o’qituvchilaridan quyidagi kishilar institutda yuqori lavozimlarda ishlagan:

  • prof. v.b. dot. G’.A.Abdullaev – kechki va sirtqi fakultet dekani, SamDAQI o’quv ishlari bo’yicha prorektor lavozimlarida ishlagan.
  • fizika – matematika fanlari nomzodi Norqulov – SamDAQI pofsayuz rayisi, keyinchalik moliya – iqtisod ishlari bo’yicha prorektor lavozimlarida ishlagan.
  • prof. v.b. dot. O’.T.Usarov – menejment va kacbiy ta’lim fakultetlari dekani lavozimida ishlagan.
  • katta o’qituvchi O.A.Avezova – institute va iqtisodiyot fakultetlari xotin – qizlar qo’mitasini ko’p yillar boshqargan.
  •  fizika – matematika f.d. prof. O.To’xliboyev – kechki va sirtqi fakultet dekani lavozimida ishlagan.
  • O’zbekiston Respublikasi Prizidenti farmoniga asosan prof. v.b. dot. G’.A.Abdullaev “Mehnat shuhrati” ordeni bilan tag’dirlangan.
  • kafedra a’zolaridan 8 – kishi Oliy ta’lim a’lochisi ko’krak nishoni bilan tag’dirlangan (O’.Usarov, G’.Abdullaev, I.Turdibekov, I.Kleyner, E.Nurmatov, N.Suyarov, E.Norov, T.Maxkamov).
  • kafedra a’zolari O’zbekiston Respublikasi Prizidenti farmoni ko’ra N.Xoldorov, O’.Usarov, I.Turdibekov, E.Nurmatovlar O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi munosabati ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.
  • dot. A.Abduqodirov O’zbekiston Respublikasi ma’rif a’lochisi ko’krak nishoni bilan tag’dirlangan.

      Hozirgi kunda “Tabiiy fanlar” kafedrasida 11.5 ta shtat birligida 13 nafar o‘qituvchi 5 nafar o‘quv yordamchi xodim ishlaydi.

Professor – o‘qituvchilar tarkibi quyidagicha:

  • 1 nafar fizika – matematika fanlari nomzodi, v.b. professor;
  • 6 nafar fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent;
  • 1 nafar kimyo fanlari nomzodi, kattao‘qituvchi;
  • 1 nafar katta o‘qituvchi;
  • 6 nafar assistant – o‘qituvchi.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

  • *Qurilishda fizika
  • *Qurilishda elektr ta’minoti
  • *Zamonaviy tabiiy fanlar konsepsiyasi
  • *Qurilish kimyosi.

Kafdraning ilmiy tadqiqot yunalishlari:

Kafedra professor – o‘qituvchilari quyidagi mavzular bo‘yicha ilmiy – tadqiqot ishlarini olib boradi:

  1. Qattiq jismlar, yarim o‘tkazgichlar, amorf jismlarga magnit maydoni, temperatura, mexanik, kimyoviy va boshqa ta’sir natijalarini tadqiq qilish.
  2. Plazma va uning diagnostikasi.
  3. Oliy ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash

Kafedraning hamkorlik aloqalari:

  • O‘zbekiston Milliy Universiteti
  • Toshkent Davlat texnika Universiteti
  • Sankt – Peterburg Universiteti
  • Qozon davlat universiteti
  • Moskva davlat universiteti
  • O‘z. R. FA. Yadro instituti
  • Samarqand Davlat Universiteti
  • Toshkent arxitektura – qurilish instituti
  • Qarshi davlat universiteti
  • O‘zbekiston FA Samarqand bo‘limi