Skip to main content

Yangi O‘zbekiston g‘oyasi

“Yangi O‘zbekiston g‘oyasi va taraqqiyot bosqichlarining ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalari, yoshlarning faolligini oshirish muammolari”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 martdagi 101-F sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan 2022 yilda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va amaliy texnik anjumanlar rejasiga muvofiq “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashkilotchiligida 2022 yil 20-21 may kunlariga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston g‘oyasi va taraqqiyot bosqichlarining ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalari, yoshlarning faolligini oshirish muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi 20 may kuni o‘z ishini boshladi.

Mazkur ilmiy konferensiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda tashkil qilinib, har ikki oliygohning konferensiya ishtirokchilari “ZOOM” platformasi orqali ulanib, yalpi yig‘ilishda o‘z chiqishlarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldilar.

Konferensiya ishini institut rektori Chedim Janbay Turkyilmaz tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, Samarqand viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Qobilov so‘zga chiqib, konferensiya ishiga muvaffaqqiyat tiladi.

Anjumanning yalpi yig‘ilishida falsafa fanlari doktori, professor, Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori bosh maslahatchisi B.O.Turaev, SamDU professori S.Karimov, SamDAQI professor A.S.Uralov, SamDAQI “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent A.T.Quldoshev va Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti dotsenti G.Safarova va boshqalar o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.

“— Koferensiya ishidan ko‘zlangan asosiy maqsad Yangi O‘zbekiston g‘oyasini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish, mamlakatimizda amalda bo‘lgan taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyatini, amalga oshirish mexanizmlarini ilmiy nazariy tahlil qilishdan iborat” – Asliddin Quldoshev. “ — Shuningdek, Taraqqiyot strategiyasining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarining mantiqiy uzviyligini va uzluksizligini ilmiy tarzda ochib berish maqsadi nazarda tutilgan. Konferensiyaning yalpi majlisi va sho‘balar yig‘ilishida eshitilgan ma’ruzalarda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish mezonlari belgilab berildi. Shu o‘rinda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlar ishtiroki va ijodkorligini ta’minlovchi, ularga motivatsiya berib, ruhlantiruvchi ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy omillar belgilab olindi” – deydi “Ijtimoiy fanlar” kafedra mudiri.

Kunning ikkinchi yarmida konferensiya ishi belgilangan sho‘balar yig‘ilishlarida davom ettirildi. Konferensiyada Respublikaning turli oliy o‘quv yurtlaridan masofaviy va an’anaviy tarzda 100 dan ziyod professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, magistr va talabalar ishtirok etdilar.