Skip to main content

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

SHAIMOV KOMILJON MIRZAKABULOVICH

SHAIMOV KOMILJON MIRZAKABULOVICH

Kafedra mudiri

Telefon: +998 93 722 81 87

e-mail: shaomov.komiljon@samdaqu.edu.uz
Chet tillarini bilishi: Rus tili, ingliz tili
Qabul vaqti: Har kuni 14.00-16.00 (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari)

Kafedra to’g’risida

Samarqand davlat arxitektura – qurilish universiteti Axborot texnologiyalari” kafedrasi “Oliy matematika” kafedrasi zaminida 1978 yilda  dotsent Yorbekov Ya.Yo.(1978-1984) rahbarligida “Аmaliy matematika va QАBS” nomi bilan tashkil topdi. Bu vaqtda kafedrada Xolmatov T.X., Sarimsaqov U.S., Eshonqulov E.E., Umurzaqov А.U., Salyamova M.А., Аbdusamatov F.M., Raximov M.N. va Burnashev V.F.lar faoliyat ko‘rsatdi.  Keyingi (1980-985) yillarda kafedrada Hikmatov H.H., Rajabov N.А., Nazarov U.А., Umarov H.S., Karimov А.А., Tayloqov N.I., Sayfullaev B.S. va boshqalar faoliyat olib bordilar.

 Kafedra mudiri lavozimida dotsent Sarimsaqov U.S. (1984-1989), fizika-matematika fanlari doktori, professor Xolmatov T.X.(1989-2005), fizika-matematika fanlari doktori, dotsent Nazarov U.А.(2006-2017), p.f.f.d.(PhD) Karimov A.A.(2017-2023) va 2023 yildan boshlab t.f.f.d.(PhD) Shaimov K.M. faoliyat yuritib kelmoqda.

       Kafedra 1999 yildan boshlab “Informatika”, 2011 yildan boshlab “Informatika va axborot texnologiyalari”, 2015 yildan boshlab “Axborot texnologiyalari”  nomi bilan yuritib kelinmoqda.

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 noyabrda “Arxitektura – qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-416 son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 yil 1-mayda Universitet yangi tashkiliy tuzilmasini joriy etish to‘g’risida x-138 son bilan rektor buyrug’i chiqdi. Ushbu buyruq asosida Universitet yangi tashkiliy tuzilmasida “Axborot texnologiyalari”  nomi bilan qayta tashkil qilindi.

“Axborot texnologiyalari” kafedrasida bugungi kunda asosiy shtatda 7 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 2 nafari nafari  falsafa doktori(PhD) hamda dotsentlar, 2 nafari katta o‘qituvchilar, 2 nafari o‘qituvchi-assistentlar, 1 nafari stajyor-o‘qituvchilardir.

Kontingent:

Kafedra mudiri, 4 ta falsafa doktori(PhD) va 1 ta dotsent, 1 ta v.v.b. dotsent., 2 ta katta o‘qituvchi, 1 nafar o‘qituvchi, 1 nafar ish yurutuvchi. Kafedraning ilmiy salohiyati – 50 %, o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi – 39.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor – o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlar haqida qisqacha

MA’LUMOT

Oqituvchining Familiyasi, ismi sharifi

Lavozimi

Ilmiy darajasi va invoni

Tug‘ilgan yili

1.

Shaimov K.M.

kafedra mudiri

t.f.f.d.(PhD)

1987 yil 10 avgust

2.

Shodmonqulov M.T.

dotsent

p.f.f.f(PhD), dotsent

1990 yil 1 fevral

3.

Eshmurodov M.H.

o‘qituvchi

t.f.f.d.(PhD)

1985 yil 15 avgust

4.

G’aybulov Q.M.

o‘qituvchi

t.f.f.d.(PhD)

1989 yil 28 sentabr

5.

Elmurodov B.E.

v.b. dotsent

v.b. dotsent

1972 yil 20 sentabr

6.

Islamov K.S.

katta o‘qituvchi

 

1981 yil 10 avgust

8.

Haydarov J.K.

katta o‘qituvchi

 

1990 yil 19 oktabr

7.

Axmedova A.E.

o‘qituvchi

 

1988 yil 3 noyabr

9.

Abruyev K.M

Ish yurituvchi

 

20 yanvar 1966 yil

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat ta’lim yonalishlarida oqitiladigan fanlar royxati:

1.     Asosiy axborot texnologiyalaridan foydalanish

2.     Informatika fanlariga kirish

3.     Asosiy informatika

4.     Dasturlash

5.     Kompyuter ilmiga kirish

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-metodologik ishlar

Kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan oxirgi uch yilda 5 ta darslik, 11 ta o‘quv qo‘llanmalar,  o‘qitiladigan barcha fanlardan o‘quv-uslubiy majmualar, amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish bo‘yicha savollar banki tayyorlab chop etilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy tadqiqot faoliyati  bilan shug’ullanib kelmoqdalar. Olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari oxirgi uch yil davomida xalqaro nashrlarda 46 ta, mahalliy ilmiy nashrlarda 52 tadan ziyod ilmiy maqolalar chop qilindi. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari  Xalqaro va Respublika miqyosida tashkil  etilgan  ilmiy-amaliy  anjumanlarda tezislar bilan ishtirok etib kelishmoqda.