Skip to main content

GEOMATIKA MUHANDISLIGI

NIYAZOV VOHIDJON RO‘ZIYEVICH

NIYAZOV VOHIDJON RO‘ZIYEVICH

Kafedra mudiri

Qabul vaqti: Har kuni 15-00 dan 17-00 gacha (Shanba va yakshanbadan tashqari)

Telefon: +998(97) 923-16-08

E-mail: niyazov.voxid@samdaqu.edu.uz

Kafedra to’g’risida

Samarqand davlat arxitektura – qurilish universiteti “Geomatika muhandisligi” kafedrasi 1967 yildan boshlab faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra tarixi

Kafedra 1967 yil umumiy muhandislik fanlari kafedrasidan ajralib chiqqan va unga «Muhandislik geodeziyasi» nomi berilgan. Uning tarkibida T.Qo‘ziboev, Q.Bo‘riyev va O.Trofimovalar faoliyat olib borgan. So‘ngra “O‘zDAVYERLOYIHA” institutidan N.Nishonboyev (1968), SamDUdan F.Narzullayevlar (1968) kafedra professor - o‘qituvchilari safiga qo‘shilganlar. Kafedra professor-o‘qituvchilari safi kundan-kunga kengaya bordi. SamDU dan Sh.Abrayev (1970), M.Qo‘ziboyev (1975), B.Omonov (1991), ToshPI dan N.Murodullayev (1972), S.A.Tashpo‘latov (1973), O.Haydarov (1973), T.U.Safarov (1975), A.S.Suyunov (1981), Sh.Avchiyev (1984), TIvaQXMMI dan Sh.Davlatov (1971), D.O.Jo‘raqulov (1981), SamDAQI dan S.Jalilov (1980), E.X.Isakov (1987), M.Burxonov (2004), A.Salaxiddinov (1999), G‘.A.Artikov, Sh.Sh.Tuxtamishev (2000), I.X.Omonov (2008), S.Javadovlar (2008) o‘qituvchilari safiga qo‘shilganlar.

2010-2023 yy. kafedraga quyidagi mutaxassislar ishga qabul qilindi, bular: I.Pimazarov (2011), F.E.Gulmurodov (2011), O.A.Urakov (2012), V.R.Niyazov (2013), M.B.Aminjanova (2013), M.Xusanova (2013), M.Bobokalonov, S.Manoyev (2014), L.T.Ibragimov, N.Umarov, U.A.Raximov (2014), Sh.A.Suyunov (2015), Z.Yarqulov (2015), A.Mirzayev (2016), Sh.Samankulov, U.Berdikulov, G.Mullajanova (2017), Sh.Xudaykulov, D.Obidova, D.Xamdamova (2020), J.U.Ortiqov (2021), G‘.Azamov (2022), N.Norboyev va A.Yoqubovlar (2023) o‘qituvchilari safiga qo‘shilganlar.

Kafedra a’zolaridan Sh.Davlatov (1978), N.Murodullayev (1979), S.A.Tashpo‘latov (1980), O.Haydarov (1984), N.Nishonboev (1985), A.S.Suyunov (1988), Sh.Avchiev (1990), E.X.Isakov (1993) nomzodlik, 1995 yil esa kafedra mudiri A.S.Suyunov doktorlik dissyertatsiyalarini himoya qildi. Shunigdek, kafedra a’zolaridan, A.Salaxiddinov (2004), T.M.Abdullayevlar (2005) fan nomzodi, Sh.A.Suyunov (2018), F.E.Gulmurodov (2021), Sh.Sh.Tuxtamishev (2022), N.Sh.Umarov (2023), U.A.Raximov va V.R.Niyazovlar (2024) texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga erishishdi.

Kafedra 1996 yil maxsus kafedraga aylantirildi va unga “Geodeziya va yer kadastri” nomi berildi. 2000 yil kafedraga «Geodeziya» nomi berildi. Shuningdek, 2018 yilda kafedra ikkiga bo‘linib, «Geodeziya va kartografiya» va «Bino va inshootlar kadastri» kafedrasi, 2023 yilga kelib esa ikkita kafedra birlashtirilib, «Geomatika muhandisligi» kafedrasi deb nomlangan.

A.S.Suyunov, Sh.A.Suyunov, Sh.Tuxtamishev, V.R.Niyazov, U.A.Raximov, N.Sh.Umarov, L.T.Ibragimov va M.Bobokalonovlar yaratgan ixtirolari uchun patentlarga ega bo‘lishdi.

O‘tgan davrlarda kafedra mudirligini T.Qo‘ziboev (1967-69), N.Nishonboyev (1969-75), M.Qo‘ziboev (1975-79), Sh.Davlatov (1979-85), S.A.Tashpo‘latov (1985-88), N.Murodullayev (1988-95), A.S.Suyunov (1995-2002), E.X.Isakov (2002-2008), G‘.A.Artikov (2008-2010), D.OJo‘raqulov (2010-2018), A.S.Suyunov (2018-2023) va D.OJo‘raqulov (2018-2023), N.Sh.Umarovlar (2023-2024) bajarishgan

Bugungi kunda kafedraning nomlanishi «Geomatika muhandisligi» bo‘lib, kafedrada t.f.f.d. (PhD), dotsent v.v.b. V.R.Niyazov rahbarlik qilmoqda.

2024 yildan boshlab

Kafedrada “Amaliy geodeziya”, “Geodeziya va kartografiya” va “Yer tuzish va yer kadastri” mutahassisligini tamomlagan iqtidorli yoshlardan A.Salaxiddinov (2002) “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyanti”, O.M.Ravshanova (2008), o‘qituvchilar G.Mulladjanova (2015), D.Xamdamova (2016) va F.Tajidinova (2017) “Beruniy” nomli Davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishgan.

Hozirgi vaqtda “Geomatika muhandisligi” kafedrasi O‘zbekistonda “Geomatika muhandisligi”, “Kadastr (Faoliyat turlari bo‘yicha)”, “Geodeziya, kartografiya va kadastr (qurilish)” ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan yetakchi maskan bo‘lib, talabalar o‘qish jarayonida geodeziya, kartografiya, kadastr va geomatika sohalarida har tomonlama tayyorgarlikka ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar kasbiy masalalarni yechishda nazariy va amaliy yondashish ko‘nikmalar sohibi bo‘ladilar.

Kafedrada talabalarni o‘qitish soha korxonalari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlab, bozor iqtisodiyoti talablarining o‘zgarishiga mos holda o‘qitishga, ish beruvchilarga maksimal amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lishiga e’tibor qaratadi.

Hozirgi kunda kafedra yo‘nalishi va mutaxassisliklari bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Respublika Aerogeodeziya markazi, Respublika Aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasi, “O‘zDAVYERLOYIHA” instituti Samarqand viloyati bo‘linmasi, Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi, Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi, “O'zgashkliti, ITI (ilmiy-tadqiqot instituti)” MCHJ Samarqand filiali, bir necha shaharlar va viloyatlarning boshqarmalari kadastr muhandislari va yetakchi loyiha tashkilotlarida geodezistlar sifatida faoliyat yuritishmoqdalar.

“Geomatika muhandisligi” kafedrasi universitetda mutaxassis chiqaruvchi asosiy kafedralardan biri sifatida doim rivojlanib va kengayib bormoqda. Bugungi kunda kafedrada 31 nafar professor-o‘qituvchilar va 2 nafar o‘quv yordamchi xodimlar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 1 nafari fan doktori, professor; 10 nafari fan nomzodlari, dosentlar; 10 nafar katta o‘qituvchilar; 7 nafar o‘qituvchilar, 3 nafari esa stajyor o‘qituvchilardir.

Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari tamonidan 20 dan ortiq darslik, 40 ga yaqin o‘quv qo‘llanmalar, 10 ta monografiya, 70 ga yaqin o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar hamda 5000 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.

Hozirda kafedra, 2 ta magistratura mutaxassisligi va 4 ta bakalavr geodeziya, kartografiya, kadastr va geomatika muhandisligi ta’lim yo‘nalishlari talabalari bilan ilmiy-pedagogik faoliyat olib boradi. Shuningdek, 11.00.06 – “Geodeziya. Kartografiya”, 11.00.07 – “Geoinformatika” va 06.01.10 – “Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi” iqtitisosliklari bo‘yicha (PhD) tayanch doktorantura falsafa doktorlari va fan doktorlarini tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi. Hozirgacha kafedrada 1000 dan ziyod mutaxassis geodeziya, kartografiya va kadastr bakalavrlar, 100 dan ziyod magistrlar, 10 dan ziyod texnika fanlari nomzodlari va falsafa doktorlari tayyorlangan.

Hozirgi kunda kafedra bitiruvchilari (bakalavr va magistrlar) nafaqat respublika viloyatlari va shaharlaridagi loyiha tashkilotlaridan balki xorijiy va qo‘shni davlatlarda ham faoliyat olib bormoqdalar.

 

Kafedraning korxonalar bilan aloqalari:

             O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi;

             Respublika Aerogeodeziya markazi;

             Respublika Aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasi;

             “O‘zDAVYERLOYIHA” instituti Samarqand viloyati bo‘linmasi;

             Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi;

             Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi;

             “O'zgashkliti, ITI (ilmiy-tadqiqot instituti)” MCHJ Samarqand filiali;

             “SAMGEODEZIST” MCHJ.

Kontingent:

Kafedra mudiri, 3 ta professor, 2 ta dotsent, 1 ta v.v.b. dotsent., 9 ta katta o‘qituvchi, 5 nafar o‘qituvchi-assistent, 3 ta stajyor-o‘qituvchilar, 2 nafar o‘quv yordamchi xodimlar. Kafedraning ilmiy salohiyati – 33 %, o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi – 54.

 

Bakalavriat yo‘nalishlari:

60723300 – Geomatika muhandisligi

60722500 – Geodeziya, kartografiya va kadastr (qurilish)

60722800 – Kadastr (Faoliyat turlari bo‘yicha)

60721500 – Geodeziya va geoinformatika

Magistratura:

70723301 – Geomatika muhandisligi

70722701 – Yerni masofadan zondlash va GAT- texnologiyalari

70722801 – Kadastr (Davlat kadastrlar yagona tizimi)

70722701 – Geodeziya kartografiya (Amalaiy geodeziya)

Doktorantura:

11.00.06 – «Geodeziya. Kartografiya»

11.00.07 – «Geoinformatika»

06.01.10 – «Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi»

 

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor – o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlar haqida qisqacha

MA’LUMOT

T/r          F.I.SH    Lavozimi

1.            Niyazov Vohidjon Ro‘ziyevich     Kafedra mudiri, t.f.f.d. (PhD), Dotsent

2.            Suyunov Abdusali Samatovich    t.f.d., Professor

3.            Isakov Erkin Xujayarovich             t.f.n., Professor

4.            Jurakulov Doniyor Ochilovich      t.f.n., Professor

5.            Artikov G‘ulom Abduraxmonovich            t.f.n., Dotsent

6.            Suyunov Shuxrat Abdusaliyevich               t.f.f.d. (PhD), Dotsent

7.            Raximov Ulug’bek Abdullayevich               t.f.f.d. (PhD), Dotsent

8.            Safarov Toxir Usmanovich            Katta o‘qituvchi

9.            Axunjanov Abduraxmon Maxmudovich  Katta o‘qituvchi

10.          Pirnazarov Islom Mardonovich   Katta o‘qituvchi

11.          Mirzayev Anvar Abdusaidovich  Katta o‘qituvchi

12.          Omonov Ismoil Xolboyevich        Katta o‘qituvchi

13.          Urakov Olim Abdig’ofirovich        Katta o‘qituvchi

14.          Manoyev San’at Baxronovich      Katta o’qituvchi

15.          Xusanova Mashxura Islomovna  Katta o‘qituvchi

16.          Ibragimov Laziabek Toshpulat o’g’li          Katta o‘qituvchi

17.          Yarkulov Zokir Raxmonovich       O‘qituvchi

18.          Berdiqulov Usmon Axmadovich O‘qituvchi

19.          Samanqulov Shuxrat Rashitovich               O‘qituvchi

20.          Xudoyqulov Shoxruz Shuxrat o’g’li            O‘qituvchi

21.          Tajidinova Farangiz Merojiddinovna        O‘qituvchi

22.          Obidova Dilnoza Davronzoda      Stajyor-o‘qituvchi

23.          Ortiqov Javlon Ulug’murot o’g’li Stajyor-o‘qituvchi

24.          Norboyev Nodir Abdikarim o’g’li Stajyor - o‘qituvchi

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-metodologik ishlar

Kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedra fanlaridan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, kurs loyihalari va malakaviy bitiruv ishlarini bajarish bo‘yicha yo‘riqnomalar, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish bo‘yicha savolnomalar va testlar chop etilgan.

O‘quv jarayoniga yangi informatsion va pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda, ya’ni, AKT va “aqliy hujum”, “insert”, “klaster”, “refleksiya”, “guruhda ishlash” va boshqa shu kabi pedagogik usullar qo‘llanilmoqda.

O‘quv-amaliy va ma’ruza mashg‘ulotlariga ilmiy natijalarning tadbiq etilishi va material-texnik bazani yaxshilash va to‘ldirish kafedraning dolzarb muammolaridir. Kafedraning iqtidorli talabalari ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etadilar. Ular ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etadi. Olingan ilmiy natijalar respublika jurnallarida chop etilgan.

Ma’ruza matnlari:

Barcha maxsus fanlar bo‘yicha ma’ruzalar matnlarining elektron va qog‘oz variantlari tayyorlangan. Matnlarning elektron variantlari Ziyonet portaliga joylashtirilgan.

Kafedra manzili

Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70-uy Bosh bino 620-xona