Перейти к основному содержанию

QURILISH FAKULTETI

SUYUNOV JAVLON SHERALIYEVICH

SUYUNOV JAVLON SHERALIYEVICH

Fakultet dekani

Telefon: +998 66 237 44 35
Ma’lumoti:
 Oliy
Ilmiy darajasi:
 Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD
Ilmiy unvoni:
Dotsent
Qabul vaqti:
 Har kuni 14.00-16.00

“Qurilish” fakulteti 1966 yilda institutda tashkil etilgan birinchi fakultet hisoblanadi. Fakultetda 1966-1967 yillarda professor R.A. Ibadullin, 1967-1969 yillarda  dotsent B.K.Karimov, 1970 yillarda dotsent A.S.Tyan, 1970-1980 yillarda dotsent T.A. Aslanqulov, 1980 yillarda  dotsent S.N. Muminov, 1980-1984 yillarda dotsent I.I. SHirov, 1985-1986 yillarda dotsent A.A. Raxmonov, 1986-1987 yillarda professor R.I. Xolmurodov, 1988-1998 yillarda dotsent M.M. Xonkeldiev, 1988-2013 yillarda dotsent M.M. YAkubov, 2013-2016 yillarda dotsent B.I.Saidmuratov, 2016 yillarda dotsent A.T. Qo‘ldashev,2016-2021 yillarda dotsent A.A.Bayzakov, 2021-2022 yillarda dotsent A.Madatov, 2022-2023 yillarda phd B.B.Rasulov, 2023-2024 yillarda professor D.O.Jurakulov dekan lavozimida ishlaganlar. 2024 yildan hozirga qadar Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD J.Sh.Suyunov fakultet dekani lavozimida ishlab kelmoqda. Fakultetda   “Ustoz-shogird” ana’nalarini davom ettirgan holda, ilmiy salohiyatlarini namoyon qilib, talaba-yoshlarga o‘zlarining bilim va tajribalarini berib kelmoqdalar. Fakultetning 8 ta ilmiy laboratoriya xonalari hamda o‘quv- xonalari zamon talablariga javob beradigan, zamonaviy pedogogik texnologiyalar asosida dars mashg‘ulotlarini o‘tishga qulay hisoblanadi.

«Qurilish» fakulteti mutaxassislar tayyorlashni (talim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bo‘yicha) ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiradi. Fakultet ta’lim, fan va ishlab chiqarish intergatsiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida yirik soha korxonalari hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan doimiy ravishda hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

Fakultetning barcha talabalari O‘zbekiston yoshlar ittifoqining a’zosi hisoblanib, fakultet yoshlar Kengashi a’zolari turli xil to‘garaklar, uyushmalarga, jamoat tadbirlari, institut tadbirlarida muntazam qatnashib, o‘zlarining tashkilotchilik qobiliyatlarini ko‘rsatib, chinakam yurt fidoiysi ekanligini namoyon qilib kelishmoqda. Fakultet talaba-yoshlari sportning Milliy kurash, Karate, Boks, Taekvondo, futbol, stol tennisi, valebol, ganbol turlari bo‘yicha muntazam shug‘ullanib kelmoqda. “Qurilish” fakulteti O‘zbekistonda jadal islohotlar sura’atiga mos yetuk malakali kadr yetishtirib beradigan, o‘zining qat’iy pozitsiyasiga ega, o‘ziga xos bilim dargohi hisoblanadi. Qurilish fakultetida tarkibida hozirgi kunda 5 ta kafedra mavjud bo’lib, ushbu kafedralarning barchasi mutaxassis chiqaruvchi kafedralari hisoblanadi.

Qurilish fakultetiga tasarrufida quyidagi kafedralar faoliyat olib boradi:

 

1.  “Qurilish muhandisligi” kafedrasi (kafedra mudiri, PhD, dotsent G‘.U.Karimov) tarkibida 15 nafar professor, 23 nafar dotsent, 50 nafar o‘qituvchilar o’z faoliyatini olib bormoqdalar.

2.  “Atrof-muhit muhandisligi” kafedrasi (kafedra mudiri, PhD, dotsent B.M.Norqulov) tarkibida 1 nafar professor, 8 nafar dotsent va PhD, 10 nafar o‘qituvchilar o’z faoliyatini olib bormoqdalar.

3.  “Geomatika muhandisligi” kafedrasi (kafedra mudiri, PhD V.R.Niyazov) tarkibida 3 nafar professor, 4 nafar dotsent va PhD, 21 nafar o‘qituvchilar o’z faoliyatini olib bormoqdalar

4.  “Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi” kafedrasi (kafedra mudiri, Z.X.Yasakov) tarkibida 2 nafar PhD, 6 nafar o‘qituvchilar o’z faoliyatini olib bormoqdalar

5.  “Mexanika muhandisligi”  kafedrasi (kafedra mudiri, Z.X.Fayziyev) tarkibida 1 nafar professor, 6 nafar dotsent PhD, 6 nafar o‘qituvchilar o’z faoliyatini olib bormoqdalar.

 

2024-2025 o’quv yilida Universitetning “Qurilish” fakultetda “Geomatika”, “Mexanika muhandisligi”,“Atrof muhit muhandisligi”, “Xayot faoliyat havfsizligi”, “Materiallar qarshiligi”, “Qurilish materiallari”, “Avtomatika” va “Yo‘l qurilish materiallari” labaratoriyalari faoliyat olib bormoqda.

 

Keyingi yillarda fakultet jamoasi  tomonidan, xalqaro miqyosda jahonning nufuzli TOP–1000 talik reytingni qo‘lga kiritgan oliy ta’lim muassasalari  bilan  samarali hamkorlik aloqalari kengaytirildi. Jumladan, BMTU, MarxI   MDQU, YTU va  ITUlar  bilan hamkorlikda, akademik almashinuvlar olib borilmoqda.

 

Fakultet kaferalarida yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, yoshlar o‘rtasida ilmiy va ijodiy hamkorlikni rivojlantirish, fikr, tajriba almashish uchun sharoit yaratish, yoslarni ilmiy – texnik rivojlanish yo‘lida birlashtirish, shuningdek, yosh olimlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida 30 ga yaqin ishlab chiqarish korxonalari bilan  fan, ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.

Fakultet olimlari tomonidan keying yillarda  Q1 va Q2 darajadagi jurnallarda  200 dan ortiq maqola va 100 ga yaqin zamanovi o‘quv adabiyotlari yaratildi.

Fakultet quyidagi ta'lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlarni tayyorlaydi

•        60112400 -Professional ta’lim (yo’nalishlari bo’yicha).

•        60722500 - Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo’yicha).

•        60730400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo’yicha).

•        60730500 -Suv ta’minoti va kanalizatsiyatizimlarni tizimlarni loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi.

•        60720600 -Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha).

•        60730300 -Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha).

•        60730700 -Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish.

•        60730800 -Yo‘l muhandisligi (sohalar va faoliyat turlari bo‘yicha).

•        60730300 -Qurilish muhandisligi.

•        61020200 -Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha).

•        60713500 -Mexanika muhandisligi.

•        60721500 -Geodeziya va geoinformatika.

•        60723300 -Geomatika muhandisligi.

•       60721700 -Kadastr.

•         60711400 -Atrof-muhit muhandisligi.

•        61020300 -Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi.

•        60710400 -Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha).

•         60710500 -Elektr muhandisligi.

•        61020100 - Hayotiy faoliyat xavfsizligi.

 

     Fakultet quyidagi ta'lim yo`nalishlari bo`yicha magistrlarni tayyorlaydi

•         70721501 - Geodeziya va geoinformatika

•         70730301 - Qurilish muhandisligi

•         70730401 - Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji

•         70711801-Atrof-muhit muhandisligi