Перейти к основному содержанию

AXBOROT RESURSLARI MARKAZI

TOSHTEMIROV MUHRIDIN BOLIBEKOVICH

TOSHTEMIROV MUHRIDIN BOLIBEKOVICH

Axborot resurs markazi boshlig’i

Telefon: +998(94)530-49-61

Ma’lumoti: Oliy

 

Chet tillarinibilishi: rus, va ingliz tillari

Ma’lumotiboʻyichamutaxassisligi: Filolog

Qabul vaqti: Har kuni 10-00 dan 12-00 gacha (Shanba va yakshanbadan tashqari)

E-mail:

Samarqand Davlat arxitektura va qurilish universiteti Axborot-resurs markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi PQ-381 –sonly qarori bilan tashkil qilingan.

SamDAQU ARMda me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi, ARM nizomida belgilangan bo’lib, ushbu nizom 09.01.2023 yilda tasdiqlangan, bundan tashqari me’yoriy-huquqiy hujjatda ARM xodimlarning lavozim yo’riqnimasi mavjud. Har bir xodimning bajaradigan ishi yo’riqnoma asosida belgilab berilgan.

ARM umumiy fondida – 400879 sonda, 121612 nomda adabiyotla rmavjud. Shundan fondler kesimida o’quv adabiyotlar, 203299 ta sonda, ilmiy adabiyotlar 32824 ta sonda, Badiiy adabiyotlar 52220 sonda, xorijiy adabiyotlar 8500 ta sonda, boshqa adabiyotlar 104036 ta sonda, https://unilibrarv.uz/ electron platformaga 101525 ta electron adabiyotlar joylashtirilgan.Audio adabiyotlar 258 ta.

            Universitet yangi strukturasi bo’yicha. Axborot-resurs markazida 8 ta shtat birligi mavjud bo‘lib, shundan oily ma’lumotlilar 6 nafar, o‘rta-maxsus ma’lumotlilar 2 nafar, o‘rta ma’lumotlilar 1 nafarni tashkil etadi.

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi xuzuridagi “Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi”dan   2024-yil sentabr oyidan to shu kungacha 80 sonda darslik, 220 sonda o’quv qo’llanma, 42 sonda lug’at, 2 sonda monografiya, 1 sonda amaliy qo’llanma xarid qilingan. ARMga smeta bo’yicha kitob xarid qilish uchun ajratilgan kitoblarni xarid qilishni rejalashtirdik va 371 ta sonda 78 ta nomada badiiy adabiyotlar xarid qilindi.

ARMda 348 nafar professor – o’qituvchilar, 35 nafar ilmiy – izlanuvchi hamda tadqiqotchilar, 5341  nafar bakalavr va magistratura talabalari hamda kasb hunar kolleji va akademik litseylar, aholi qatlami, xodimlar, badiiy bo’limga obuna bo’lgan. Jami foydalanuvchilar bugungi kunda 5889 tani tashkil qiladi. ARM universitet qoshidagi akademik litseyga ham xizmat ko’rsatadi.

Foydalanuvchilarning (professor – o’qituvchilar,  talabalar,  xodimlar) bir kunlik tashrifi 400-550 nafarni tashkil etadi.

ARMda mavjud barcha kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan.(Wi-fi) 600 mg/s tezligi. Foydalanuvchilar https://unilibrarv.uz/ platformasidan, bundan tashqari universitet https://arm.samdaqi.edu.uzsayti professor-o’qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, magistrlar hamda bakalavr talabalari foydalanishi uchun xizmat qilmoqda. Bugungi kunda “Elektron kutubxona” platformasiga 132857 ta electron kitob joylandi.

Universitet axborot-resurs markazini O‘zbekiston Milliy kutubxonasining electron axborot tizimiga integratsiya qilish hamda qurilish sohasiga oid materiallar bilan tanishish imkoniyatini yaratildi.Universitet professor-o‘qituvchi va talabalariga O‘zbekiston Milliy kutubxonasining rasmiy electron platformasida http://old.natlib.uz; havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, Milliy kutubxonaning http://old.natlib.uz/ ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyati yaratildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining jahon axborot resurslari (https://jar.natlib.uz), dissertatsiya resurslari (https://diss.natlib.uz), video va audio kitoblar bazalari (https/Zmedia.natlib.uz/), electron arxiv kitoblari (https://press.natlib.uz/) xalqaro gazeta va jurnallar bazalari (https://www.presseader.com/), va boshqa eng ilg‘or xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalaridan foydalanish yo’lga qo’yildi. Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlaydigan electron xizmat ko‘rsatish, xorijiy kutubxonalar resurslari va ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, markazning yig‘ma electron katalogi va electron axborot-kutubxona fondini shakllantirish davom etyapti.

 

Axborot-resurs markazi moddiy-texnika bazasining holati:

 

Axborot-resurs markazida 4 ta o’quv zali mavjud bo’lib, u yerda bir vaqtda 120 taprofessor-o’qituvchila rhamda bakalavr talabalari, magistrlar va ilmiy izlanuvchilarga xizmat ko’rsatiladi. ARMda 28 o’rinli kompyuter sinfi mavjud. Bulardan tashqari ishchi xodimlar foydalanishi uchun 10 ta kompyuter mavjud, 22 ta yumshoq stul, 1 dona kreslo bor. Bosh o’quv binosi qayta ta’mirdan chiqqanligi uchun 645 ta yangi kitob javoni, 17 ta kartoteka katalogi, ARM uchun ajratilgan barcha xonalar kondisioner, video kuzatuvi bilan jixozlangan.

Bulardan tashqari ko’rgazmali shkaf 4 dona, 5 ta xodimlar kiyimlari uchun shkaf, jurnallaru chun 8 dona stol. Prezident asarlari va yangi adabiyotlar, hamda ma’naviyat va ma’rifat burchaklari uchun 6 dona shkaflar mavjud.

Talabalar ehtiyojidan kelib chiqqan xolda ARM bo’limida 28 ta kompyuter jamlanmasiga ega, 5 ta yangi skaner, 5 ta printer mavjud.ARMda televizor va video proektor mavju demas.

Jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar iuchun birinchi qavatda kompyuterdan foydalanish uchun sharoit yaratilgan.

1-talabalar turar joyida ARM bo’limida 1200 ta adabiyotlar bilan ta’minlangan, elektron (QR-kod) doskalar itashkil qilingan.

2-talabalar turar joyida ARM bo’limida 11069 ta adabiyotlar bilan ta’minlangan, elektron (QR-kod) doskalari tashkil qilingan.

4-talabalar turar joyida ARM bo’limida 255 ta ilmiy badiiy adabiyotlar mavjud bo’lib talabalar bo’sh vaqtlarida ulardan foydalanish imkoniyatlariga ega.

Axborot resurs markazi manzili: SamDAQU, asosiy bino, 1-qavat, 119- xona

 

AXBOROT RESURS MARKAZIDA

faoliyatolibborayotganxodimlar haqida qisqacha

MA’LUMOT

F.I.Sh

Ish joyi, lavozimi

telefon raqami

1

Toshtemirov

Muxriddin

Bolibeko’g’li

ARM boshli'gi

94 530-49-61

2

Ibragimova Aziza

Xasanovna

kutubxonachi

90 504-85-00

3

Ochilova Farida Azimovna

kutubxonachi

91 552-90-79

4

Jabborova

Gulbahor

Qo’chqorovna

kutubxonachi

91 523-32-40

5

Sobirova

Mavjuda Vafoyevna

kutubxonachi

91 541-23-01

6

Amriddinova

Firuza

Subxonova

kutubxonachi

97 615-56-19

7

Alovuddinov Xasan Chuliyevich

kutubxonachi

93 726-42-81

8

Alimova Hilola

Ilhomovna

kutubxonachi

91 540-46-60

9

Yuusupova

Shoira

Ismailovna

kutubxonachi

94 356 -63-22

 

AXBOROT RESURS MARKAZINING FAOLIYATI HAQIDA

BATAFSIL / MORE