Kafedra Me'morchilik fakulteti tarkibida 1997 yilning 4-iyulida «Badiiy grafika va kompyuterda loyihalashtirish» nomi bilan institut Ilmiy kengashining 10-son qaroriga binoan o’z faoliyatini boshladi. Kafedrani tashkil etish va unga to’g’ri yo’nalish berishda kafedraning birinchi mudiri, dotsent Balgayev A.B. va o’sha vaqtdagi fakultet dekani, t.f.nomz, dotsent A.Masaraddinovlarning xizmatlari beqiyos. Yangi kafedra asosan «Me'moriy va badiiy loyihalashtirish» va «Maskan» kafedralari bazasida tashkil etilganligi bois, dotsent Balgayev A.B. (1.0 st), “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan arxitektor”, dotsent Ibragimov A.A. (1.0 st), v.b. dotsent Bekmuxamedov A.T. (0.75 st), katta o’qituvchilar Jonuzoqov A.E. (0.75 st) va Zoirov R.Z. (0.75 st), ass. Daminov B. (0.5 st)lar «M va BL» kafedrasidan, dekan Masariddinov A.M. «ChGvaIG» kafedrasidan, ass.Hakimov I. (0.5 st) «TS va haykaltoroshlik» kafedrasidan ushbu kafedraga o’zlarining o’quv yuklamalari bilan birga o’tkazildilar. Taniqli musavvir Kalonov N.J. dotsent v.b. o’rindoshlik lavozimiga (0.25 st.) taklif qilindi va ikki nafar texnik xodim (cabinet mudiri va laborant) ishg aolindi. Yangi kafedraga kerakli auditoriya va xonalar, mebel va jihozlar hamda kompyuter sinfi biriktirildi.
1996-1997 o’quv yili V.051800 – «Tashviqot va reklamaning tasviriy vositalari» ixtisosligi bo’yicha 4 yillik muddatga qabul qilingan talabalar kafedra tasarrufiga o’tkazildi. Ko’p o’tmay vazirlikda 1999 yil tasdiqlangan B 211200 – «Dizayn» yo’nalishi ishchi o’quv rejasiga binoan o’qish muddati 5 yil qilib belgilandi. Mazkur o’quv rejasi bo’yicha ta'lim olgan 7 talaba 2000-2001 o’quv yili Malakaviy bitiruv ishlarini bajarib, diplom himoyasiga chiqdilar va kafedramizning birinchi qaldirg’ochlari bo’ldilar. Bugungi kungacha kafedramizda 589 (2018 y.gacha) nafardan ziyod yosh yigit-qizga «Dizayner» degan bakalavr diplomlari berilgan.
1998-1999 o’quv yiliga kelib (1998 yil, dekabr) kafedrada asosan «Dizayn» yo’nalishi fanlari qolganligi bois kafedra nomi ham «Badiiy loyihalash va grafika» («Художественное проектирование и графика») nomiga o’zgartirildi. Kafedraga 1998 yil dekabridan respublikada taniqli rassom, “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi” Muhamadiev Eson Muhamadievich tayinlandi va 1999 yil martida 5 yil muddatga saylandi. Yangi mudir sog’lom muhitni sifat jihatidan boyitishga harakat qildi. Kafedraga iste'dodli rassomlar, malakali arxitektor va dizaynerlar taklif etilib, o’quv jarayonining samarali bo’lishi ta'minlana bordi, talabalarning ijodiyot, san'atga munosabati o’zgara bordi. Hozirgi kunda kafedrada tayyorlangan kadrlar nafaqat respublikamiz viloyatlari va shaharlaridagi loyiha tashkilotlari va dizayn firmalarida, balki xorijiy va qo‘shni davlatlarda ham faoliyat olib bormoqdalar.
Kafedraga turli yillarda: Sh.X.Tugizov (2013-2015), O.N.Babakandov (2015-2016), Sh.M.Kurbanov (2016-2017), B.B.Mustayev (2017-2018), A.E.Jonuzakov (2018-2019)lar rahbarlik qildilar. 2019-2020 o’quv yilidan Kafedrani T.F. Kushmanov boshqarib kelmoqda.
Kafedrada 2018-2019 yilidan 5A15091 – “Arxitektura muhitlari dizayni” ixtisoslidgi bo’yicha Magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi.
Kafedrada 2023-2024 yilidan 70210401 – “Dizayn” (Interyerni loyihalash) ixtisoslidgi bo’yicha Magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi.
Bugungi kunda,“Interyer dizayni” kafedrasida 1 nafar professor, 1 nafar arx.f.b.f.d. (PhD), 6 nafar katta oqituvchi, 4 nafar o’qituvchi va 1nafa stajyor o’qituvchi asosiy shtatda, jami 13 nafar professor-o’qituvchi ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib borishadi.
Kafedrada o'qitiladigan fanlar:
Bakalavriatura bo’yicha:
· Arxitektura dizayni
· Arxitekturaviy grafika usullari
· Taqdimotlar dizayni;
· Ergonomika va mebel dizayni;
· Dizayn tarixi va nazariyasi;
· Shahar dizayni;
· Interyer dizayni;
· Ergonomika;
· Taqdimot dizayni;
· Interyerni loyihalash;
· Dizayn obyektlarini Autodeck programmalarida loyihalash;
· Informasion modellash va prototiplash;
· Maketlash va modellash;
· Badiiy konstruksiyalash;
Magistratura bo’yicha:
· Dizayn nazariyasi va metodologiyasi;
· Badiiy loyihalash;
· Zamonaviy dizaynda konstruksiyalar;
· Zamonaviy interyerda floristika
· Turar joy va jamoat binolari interyeri;
· Arxitektura muhitlarini shakllantirishda dizayn va san’atning o’rni.
KAFEDRANING TASHQI ALOQALARI
Kafedra o‘z faoliyati davomida:
- yo‘nalish bo‘yicha mashg‘ulotlar sifatini oshirish;
- ilmiy-uslubiy ishlarni rivojlantirish;
- o‘qituvchilar malakasini oshirish;
- mutaxassislik va diplom oldi amaliyotlari mahsuldorligini oshirish;
- ilmiy-amaliy konferensiyalar, yo‘nalishga taalluqli boshqa tadbirlarda qatnashish;
- yetakchi va turdosh institut va kafedralar tajribasini o‘rganish maqsadida quyidagi muassasalar, tashkilotlar, uyushmalar, boshqarmalar, fakultetlar va kafedralar bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘ydi:
- Istanbul Kultur Universiteti, (IKU, Me’moriy muhit va interyer dizayni kafedrasi);
- Yildiz Texnika Universiteti, (YTU, Arxitektura fakulteti);
- Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn instituti (MRDI, Dizayn va interyer kafedrasi);
- Toshkent arxitektura va qurilish universiteti (TAQU, Arxitektura fakulteti va «Interyer va landshaft dizayni» kafedrasi);
- I.Karimov nomli Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU, «Sanoat dizayni kafedrasi»);
- O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi;
- Janubiy Qozog‘iston ochiq universiteti (JQOU, «Dizayn» fakulteti);
- Benkov nomidagi Toshkent rassomchilik va dizayn kolleji (TR va DK, «Dekorativ amaliy san’at», «Dizayn» va «Dastgohli rangtasvir» bo‘limlari);
- Toshkent amaliy-bezak san’ati muzeyi (TABSM);
- A. Ikromov nomli Samarqand viloyat o‘lkashunoslik tarixi muzeyi (SVO‘TM);
- Samarqand viloyat va shahar Arxitektura bosh boshqarmalari;
- Xalqaro YUNESKO tashkiloti orqali Milan Politexnika Universiteti (Italiya), Amsterdam texnika universiteti (Gollandiya), Istanbul me’morchilik universtiteti (Turkiya), Bryussel La Kambra instituti (Belgiya), Barselona (Ispaniya), Tokio (Yaponiya), Seul (Koreya), Sidney (Avstraliya) universtitetlari bilan aloqalar olib borilmoqda. Samarqand, Toshkent, Guliston, Qarshi, Jizzax va bir qator boshqa shaharlar muassasa-tashkilotlari bilan shartnomalar tuzilib, badiiy bezak, interyer va eksteryer dizayni ishlari amalga oshirilmoqda.
KAFEDRANING ISTIQBOLDAGI REJALARI
Kafedra V.5210900 – «Dizayn» yo‘nalishi bo‘yicha milliy kadrlar tayyorlash sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish uchun:
- professor-o‘qituvchilar malakasini yo‘nalish bo‘yicha yetakchi va ilg‘or hisoblangan xorijiy davlat markazlarida oshirish;
- kafedrada ilmiy-uslubiy bazani darslik, qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalar, ma’ruza matnlari sifatli va mazmunli ko‘rgazmali plakatlar bilan mustahkamlash;
- kafedrani zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash;
- rivojlangan shaharlar, mamlakatlar, zamonaviy firma-korxonalar dizayni bilan talaba va yosh kadrlarni tanishtirish;
- MDX davlatlari yetakchi institut va badiiy jamoalari bilan aloqalar o’rnatish;
-yo’nalish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda chiqarilayotgan matbuot nashrlari bilan muntazam tanishib borish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning matbuotda, konferensiya, simpozium, ko‘rgazma va tanlovlarda qatnashishlarini yanada jonlantirish;
-kafedrada ham yo‘nalish bo‘yicha regional, xalqaro tadbirlar, ko‘rgazma-tanlovlar o‘tkazish;
-kafedra a’zolarining va talabalarning loyihalash firmalari, institutlari, jamolari va ishlab chiqarish bilan aloqalarni yaxshilash, ular bilan birgalikda yangi loyihalar, ixtirolar yaratishni yo‘lga qo‘yish.
Kafedra manzili: SamDAQU,Arxitektura fakulteti binosi, 2 qavat, xona
Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor – o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlar haqida qisqacha
MA’LUMOT
T/r |
F.I.SH |
Lavozimi |
Ish joyiga munosabati |
1. |
Kushmanov Tulqin Fayzullayevich |
Kafedra mudiri |
Asosiy |
2. |
Muxamadiyev Esan |
professor |
Asosiy |
3. |
Babakandov Otabek Nuritdinovich |
dotsent v.v.b. |
Asosiy |
4. |
Djurayeva Gulchexra Nurullayevna |
katta o’qituvchi |
Asosiy |
5. |
Suyunova Nilufar Abdumajidovna |
katta o’qituvchi |
Asosiy |
6. |
Tuba Fazliag'ao'g'lu |
katta o’qituvchi |
Asosiy |
7. |
Xamidova Dildora Abduxakimovna |
katta o’qituvchi |
Asosiy |
8. |
Abbosova Mexribon Sobir qizi |
katta o’qituvchi |
Asosiy |
9. |
Xaqberdiyev Alixuja Muratovich |
o’qituvchi |
Asosiy |
10. |
Kurbanova Maqsuda Qarshiyevna |
o’qituvchi |
Asosiy |
11. |
Xaydarova Madina Maxmudovna |
o’qituvchi |
Asosiy |
12. |
Shamsiyeva Rafoat Asliddinovna |
o’qituvchi |
Asosiy |
13. |
Abdullayeva Feruza Timurovna |
stajyor o’qituvchi |
Asosiy |
14. |
Maxammatova Barno Xusanovna |
Ish yurituvchi |
Asosiy |