Skip to main content

QO’SHMA TA’LIM DASTURLARI

QO’SHMA TA’LIM DASTURLARI

SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI QO‘SHMA TA’LIM DASTURI DOIRASIDA O‘QISHGA TAKLIF ETADI!

Belarus Respublikasining, Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda:

Bakalavriatura:

•  Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (suv ta’minoti va oqova suvlarini oqizish); kvota 25 ta;
•  Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyatsiya); kvota 25 ta;
•  Arxitektura (turlari bo‘yicha); (2+3) kvota 25 ta;
•  Iqtisodiyot (qurilish iqtisodiyoti); Kvota 25 ta.

*izoh: talabalar Arxitektura yo‘nalishi uchun (2+3) 2 yil SamDAQI da, 3 yil Belarus milliy texnika universitetida, qolgan barcha yo‘nalishlar (2+2) 2 yil SamDAQI da, 2 yil Belarus milliy texnika universitetida ta’lim olishadi.

Rossiya Federatsiyasi, Moskva davlat qurilish universiteti bilan hamkorlikda:

Bakalavriatura:

•  Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari qurilishi); kvota 30 ta; 
•  Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish; kvota 30 ta.

*izoh: talabalar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha (2+2) 2 yil SamDAQI da, 2 yil Moskva davlat qurilish universitetida ta’lim olishadi.

Polsha Respublikasi, Belostok texnika universiteti bilan hamkorlikda:

Magistratura:

•  Bino va inshootlar konstruktiv loyihalash; (kvota 15 ta)
•  Oqova suvlarni tozalash va suv resurslarini muhofaza qilish; (kvota 15 ta).

*izoh: talabalar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha (1+1) 1 yil SamDAQI da, 1 yil Belostok texnika universitetida ta’lim olishadi.

Qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilariga O‘zbekiston va hamkor davlatda tan olinadigan 2 ta diplom beriladi;

Barcha ta’lim yo‘nalishlari shakli: kunduzgi (to‘lov shartnoma asosida)
Barcha ta’lim yo‘nalishlari o‘qitish tili: rus tili

 Abiturientlardan talab etiladigan hujjatlar:
1.  Pasport nusxasi (asli o‘qishga kirgandan so‘ng ko‘rsatiladi);
2.  O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’limi diplomi/shahodatnomasi;
3.  3x4 foto;
4.  Abiturient xorijiy tilni bilish bo‘yicha sertifikat (agar IELTS/TOEFL ga ega bo‘lsa).

Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning barchasi elektron tarzda admission.samgasi.uz sayti orqali qabul qilinadi.

‼️Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2020 yil 20 avgustdan – 20 sentabrgacha

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun SamDAQI call-center raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: