Перейти к основному содержанию

INSTITUTNING MOLIYA - XO’JALIK FAOLIYATI VA MODDIY-TEXNIK BAZASI

Vakant

Vakant

Xo'jalik bo'lim boshlig'i

Qabul kuni: Har kuni

Telefon raqami: 237-47-88

SamDAQIga institut Ustavida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida operativ boshqarish huquqi bilan davlat (ta’sischi) tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, oliy ta’lim muassasasining pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek iste’mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo’lgan mulklar biriktirilgan.


SamDAQI faqat O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladigan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar qatoriga kiritilgan.
SamDAQIga ajratilgan yer uchastkalari oliy ta’lim muassasasiga muddatsiz tekin foydalanish uchun biriktirilgan.


SamDAQI jismoniy va yuridik shaxslardan sovg’a, hadya yoki vasiyat bo’yicha berilgan pul mablag’lari, mol-mulk va boshqa mulkiy obyektlarga, oliy ta’lim muassasasi faoliyatining samarasi hisoblangan intellektual va ijodiy mahsulotlarga, shuningdek o’z faoliyati orqali oladigan daromadlar va bu daromadlar hisobidan sotib olinadigan mulkiy obyektlarga egalik qilish huquqi berilgan.


SamDAQI mol-mulkni ijaraga oluvchi va mol-mulkni ijaraga beruvchi sifatida faoliyat ko’rsatish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to’g’risida Nizom”iga muvofiq oliy ta’lim muassasasi o’ziga biriktirilgan ijaraga berilishi qonun xujjatlariga zid bo’lmagan binolar, inshootlar va ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulklarni ilmiy kengashning roziligi bilan tasarruf etish  huquqisiz, belgilangan narxlar bo’yicha ijaraga berishni amalga oshiradi.


Ijara haqi sifatida olingan mablag’lar ta’lim jarayonini ta’minlash va uni rivojlantirish hamda moddiy texnika bazasini mustaxkamlash uchun foydalaniladi.
SamDAQIning ta’lim faoliyatini moliyaviy ta’minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash uchun ajratilgan byudjet mablag’lari, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag’lar, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’lar, jumladan talabalar va tinglovchilarni o’qitish uchun belgilangan tartibda olingan to’lov - shartnoma asosidagi mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi.
SamDAQI oliy ta’lim muassasasining asosiy faoliyatiga zarar yetmaydigan tartibda ta’lim va boshqa sohalarda pullik xizmat faoliyatini amalga oshirish mumkin. Oliy ta’lim muassasasi shug’ullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning ustavida belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak.


Oliy ta’lim muassasasi o’z mulki bilan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning ustav jamg’armasida qatnashish, pullik ta’lim xizmatlari, konsultasiyalar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy to’lovlardan so’ng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.
Oliy ta’lim muassasasining pullik ta’lim xizmatlari ko’rsatishni byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hisobidagi ta’lim faoliyati doirasida va uning o’rniga amalga oshirilishi mumkin emas.
Oliy ta’lim muassasasi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur ustavga zid bo’lmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo’yicha masalalarni mustaqil hal qiladi.


SamDAQIda lavozim maoshlari mehnat sharnomasi (bitimi) tuzilayotganda “Oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’lash to’g’risida Nizom” va mehnatga haq to’lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi. Oliy ta’lim muassasasi xodimiga lavozim maoshi (stavka), o’z funksional vazifalarni hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun to’lanadi. Qo’shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag’batlantirish tadbirlarining hajmini oliy ta’lim muassasasi mustaqil, ish haqi fondi doirasida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va hajmda belgilaydi.


Belgilangan maoshlar attestasiya natijasiga ko’ra faqat uni oshirish maqsadida qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
SamDAQI oliy  ta’lim muassasasida tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat ko’rsatishlari uchun zarur bo’lgan xonalarni ajratadi va ularni tozalashni tashkil etadi.
Oliy ta’lim muassasasi qoshidagi tibbiy - sanitar muassasasiga, shuningdek, uning hududida joylashgan yoki oliy ta’lim muassasasining balansida bo’lgan hamda talaba, tinglovchi va xodimlarga xizmat ko’rsatuvchi oshxona va boshqa umumiy ovqatlanish muassasalariga isitish, yoritish va suv ta’minoti bilan taminlangan xonalar ajratiladi.
Oliy ta’lim muassasasining tegishli binolarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki yangilarini qurish, ularning moliyaviy ta’minoti qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

2019-yil 1-iyul xolatigacha to'lov kontrakt mablg'lari xisobidan tuzilgan shartnomalar to'g'risida malumot.
2019-yil 1-iyul xolatigacha rivojlantirish jamg'armasi mablg'lari xisobidan tuzilgan shartnomalar to'g'risida malumot.
2019-yil 1-iyul xolatigacha byudjet mablg'lari xisobidan tuzilgan shartnomalar to'g'risida malumot.
2019-yil 1-iyul xolatiga balans xisobotlari
2019-yil 1-iyul xolatiga byudjet mablag'larining ijrosi to'g'risida xisobot
2019-yil 1-iyul xolatiga byudjet mablag'larining ijrosi to'g'risida xisobot
2019-yil 1-iyul xolatiga debyutor va kriditorlar to'g'risida xisobot
2019-yil 1-iyul xolatiga to'lov kontrakt mablag'larining ijrosi to'g'risida xisobot
2019-yil 1-iyul xolatiga nauka mablag'larining ijrosi to'g'risida xisobot
2019-yil 1-iyul xolatiga rivojlantirish jamg'armasi mablag'larining ijrosi to'g'risida xisobot
2019-yil byudjet mablag'larining smeta xarajatlari
2019-yil to'lov kontrakt mablag'larining smeta xarajatlari
2020-yil 1-iyul holatiga balans hisoboti

2020-yil byudjet mablag'lari hisobidan tuzilgan shartnomalar  
2020-yil 1-iyul xolatiga innovatsiya jamg'armasi mablag'larining ijrosi to'g'risida hisobot
2020-yil qo'shma ta'lim mablag'lari hisobidan tuzilgan shartnomalar 
2020-yil 1-iyul holatiga rivojlantirish mablag'larining ijrosi to'g'risida hisobit
2020-yil 1-iyul holatiga to'lov kontrakt mablag'larining ijrosi to'g'risida hisobit 
2020-yil 1-iyul holatiga byudjet mablag'lari ijrosi to'g'risida hisobot 
2020-yil 1-iyul holatiga debitor - kreditor to'g'risida hisobot 
2020-yil 1-iyul holatiga qo'shma ta'lim mablag'larining ijrosi to'g'risida hisobot
2020-yil 1-iyul holatiga nauka mablag'lari ijrosi to'g'risda hisobot
2020-yil rivojlantitrish shartnomasi hisobidan tuzilgan shartnomalri 
2020-yil to'lov kontrakt mablag'lari hisobidan tuzilgan shartnomalar 
2020-yil to'lov kontrakt smeta xarajatlari 
2020-yil byudjet smeta xarajatlari 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining 2020 yil yanvar-avgust oylari uchun daromadlar va xarajatlar bo'yicha moliyaviy hisoboti

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2020 yilning yanvar-avgust oylaridabyudjet mablag‘lari hisobidan15 mlrd 51 mln so‘m mablag' bilan moliyalashtirilib, shundan 9 mlrd 764 mln so'm ish haqi va undan ajratma xarajatlari uchun, 5 mlrd 154 mln so'm stipendiya to'lovlari uchun va 133 mln so'm mablag'lar esa boshqa xarajatlar,shu jumladan xizmat safari 4 mln so'm, kommunal xizmatlar 94 mln so'm, asosiy vositalarni xarid qilish 7 mln so'm, saqlash va joriy ta’mirlash xarajatlari28 mln so'mni tashkil etdi.

Xuddi shu davrda institutning byudjetdan tashqari to'lov-kontrakt mablag'lari tushumlari jami 16 mlrd 640 mln so'mni tashkil qildi. Yil boshidagi hisob raqamidagi qoldiq mablag' – 9 mlrd 230 mln so'm bilan jami daromad 25 mlrd 870 mln so'mni tashkil qildi.

Institutning byudjetdan tashqari to‘lov-kontrakt mablag‘larining 2020 yil 8 oylik xarajatlari esa 22 mlrd 688 mln so‘m bo‘lib, shundan ish haqi va undan ajratma xarajatlari 17 mlrd 921 mln so'mni, stipendiya to'lovlari 3 mlrd 799 mln so‘mni va boshqa xarajatlar uchun 968 mln so'mni, shu jumladan xizmat safari 44 mln so'm,kommunal xizmatlar 470 mln so'm, asosiy vositalarni xarid qilish 1mln so'm, saqlash xarajatlari 81 mln so'm va Vazirlikning “OTMlarni moddiy texnika bazasini rivojlantirish jamg'armasi”ga ajratma, ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar hamda moddiy yordam uchun xarajatlar 372 mln so'mnitashkil etdi.