Перейти к основному содержанию

ILMIY VA ILMIY PEDAGOGIK KADRLARI TAYYORLASH BO‘LIMI

Xushvaqtov Usmon Ashurovich

Xushvaqtov Usmon Ashurovich

Bo'lim boshligi

Qabul kunlari: Har kuni 14-00 dan 16-00 gacha 

Telefon: (8 366) 237-18-47

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi haqida

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti (SamDAQI) tasarrufidagi ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi (aspirantura va doktorantura)  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazining 2001 yil 25 sentyabrdagi 093-sonli qaroriga muvofiq aspirantura va doktorantura ochilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan akademiyasi tomonidan tasdiqlangan ixtisosliklar bo‘yicha aspirant  va doktorantlarni ishdan ajralgan holda tayyorlash hukukiga ega.

Ilmiy-pedagogik tayyorlash (aspirantura va doktorantura) bo‘limining eng muhim vazifasi tanlangan ixtisoslik bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish uchun aspirant(doktorant)larga kerakli shart-sharoitlarni ta’minlash va aspirant (doktorant) larning shaxsiy ishlarini to‘g‘ri rasmiylashtirishdir.

Ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorlash (aspirantura va doktorantura) bo‘limining asosiy vazifalar bo‘lib quyidagilar belgilangan:

aspirantura va doktoranturaga tegishli hukumat hukmlarini, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va direktiv idoralarning qaror va farmoyishlarini hayotga tatbiq qilish;

tanlov asosida aspirantura va doktoranturaga qabulni tashkil etish, hamda aspirant, doktorant va tadqiqotchilarni markaziy ilmiy korxonalar va oliy ta’lim o‘quv yurtlariga yuborish;

aspirant va doktorantlarning ish rejalari va dissertatsiya ishlarining ilmiy mavzularini o‘z vaqtida tasdiqlanishini tashkil etish.

Ushbu bo‘limni ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi (aspirantura va doktorantura) boshlig‘i boshqaradi.

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi (aspirantura va doktorantura) boshlig‘i SamDAQI ilmiy ishlari bo‘yicha prorektoriga bo‘ysinadi va SamDAQI rektori buyrug‘i bilan tayinlanadi va ozod etiladi.

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi (aspirantura va doktorantura) boshlig‘i va xodimlari o‘z ishlarida quyidagi xujjatlarga amal qiladilar:

amaldagi qonunchilikka (shaxsiy ishlarini qabul qilishda va rasmiylashtirishda);

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qaror va farmoyishlariga;

Aspirantura va doktoranturaga qabul qilish bo‘yicha asosiy qoidalariga;

SamDAQI nizomiga.