Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi (Sifat nazorat koordinatorligi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 515-son qaroriga muvofiq tuzilgan bo‘lib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 27-martdagi 72-son buyrug’i bilan qayta tashkil etilgan.
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi (Sifat nazorati koordinatorligi) universitet tarkibiy tuzilmasiga ko’ra Strategik rivojlantirish bo’yicha birinchi prorektorga bo’yso’nadi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi to’g’ridan to‘g‘ri vazirliknıng Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta'lim sifatini ta'minlash departamentiga hisobdordir.
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi o’ziga yuklatilgan vazifalarga ko’ra:
o’quv jarayonining sifatli tashkil etilganligi, professor-o‘qituvchilarning dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qiladi; talabalar bilimlarining davlat ta'lim standartlariga muvofıqligini hamda talabalarining fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib boradi va tahlil qiladi; ta'lim sifatini ta'minlay oladigan professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, jumladan salohiyatli o‘qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish jarayonlarida ishtirok etadi; talabalar bilimini nazorat qiladi va baholashda shaffoflik va xolislikni ta'minlanganligi bo‘yicha samarali choralar ko‘radi; universitetda plagıatga qarshi dasturlarni joriy etilishini ta’minlaydi, ko‘chirmachilikka qarshi ishlarni tizimli ravlshda tashkil etadi va Nizomda ko’rsatigan boshqa vazifalarni bajaradi. Ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillar to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi va universitet rektori hamda vazirlik Ta'lim sifatini ta'minlash departamentiga taqdim etadi.
Oʻquv jarayonini yuqori saviyada tashkil etish, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va oʻquv jarayoni samaradorligini baholash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining buyrugʻiga asosan Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimlari qayta tashkil etildi. Bugungi kunda Sifat nazorati koordinatorligi (Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi) universitetning ajralmas qismi hisoblanadi va universitet rektoriga hamda vazirlikning Ta’lim sifatini ta’minlash Departamentiga boʻysunadi.
Boʻlim faoliyati asosan quyidagi maqsadlarga qaratilgan:
universitet va uning tuzilmalarida ta’lim sifatini oshirish;
universitetning milliy va xalqaro reytingini oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
universitetda ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash;
universitetda ta’lim jarayonini nazorat qilishning ichki tizimini joriy etish.
2015-yildan boshlab oliy ta’lim sifati va uning jahon ta’lim makoniga integrasiyalashuvini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida oʻquv jarayoni ECTS tamoyillari asosidagi kredit-modul tizimi boʻyicha tashkil etilgan. Universitet rektori Chidem Janbay Turkyilmaz tomonidan tasdiqlangan SamDAQUni 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi va Dasturida ta’lim sifati va yuqori malakali kadrlar tayyorlash asosiy ustuvor yoʻnalish ekanligi taʼkidlangan.
Universitetda oʻquv jarayonini raqamlashtirish, ta’limning innovasion pedagogik texnologiyalarini qoʻllash hamda baholashning shaffof usullaridan foydalanish ta’lim sifatini oshirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning asosiy omili sifatida qaralmoqda. Oʻquv jarayonini tashkil etish tizimi, universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari akademik mobilliginining oshirilishi ta’lim sifatining yaxshilanishiga ijobiy ta’sir koʻrsatmoqda. 2024-yilda universitetning 61 nafar yetakchi professor-oʻqituvchilari akademik mobillik dasturlari boʻyicha stajirovka va malaka oshirgan boʻlsa, hamkor xorijiy universitetlarning 22 nafar oʻqituvchisi SamDAQUda mahorat darslari oʻtkazdilar yoki ma’ruza oʻqidilar. Natijada xorijiy OTMlarda joriy etilgan ilgʻor ta’lim texnologiyalarini universitetda qoʻllash imkoniyati paydo boʻldi.
Bundan tashqari, Sifat nazorati koordinatorligi tomonidan oʻquv jarayonini tashkil etish boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan tizimli ishlar oʻqituvchilarning oʻquv va ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga yordam bermoqda.