Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Xitoyning “HENGDA Qurilish sifatini nazorat qilish byurosi” o‘rtasida muhim hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ushbu kelishuv asosida "Qurilish muhandislik sifatini nazorat qilish ilmiy-tadqiqot instituti" tashkil etiladi, bu institut:
Markaziy Osiyo mintaqasidagi ilg‘or laboratoriyalardan biriga aylanishi;
Qurilish loyihalari uchun sifat nazoratini amalga oshirishi;
Talabalar va olimlar uchun amaliyot va tadqiqot maydoni bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
HENGDA kompaniyasi tomonidan 4 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. Dastlab 1 million dollarlik texnik uskunalar yetkaziladi.
Universitet esa institut faoliyati uchun:
2000 kv.m tadqiqot maydoni,
200 kv.m ofis,
yashash va infratuzilma sharoitlari bilan ta'minlaydi.
Institut birgalikda boshqariladi:
HENGDA ulushi — uskunalar,
SamDAQU ulush — joy va ilmiy kadrlar.
Shuningdek:
Talabalarga amaliyot o‘rinlari yaratiladi;
Ilmiy loyihalarda hamkorlik qilinadi;
Xalqaro anjumanlar va forumlar tashkil etiladi.
Ushbu kelishuv “Bir makon — bir yo‘l” tashabbusi doirasida Xitoy–O‘zbekiston ilmiy-ta’lim hamkorligining amaliy natijasi bo‘lib, mintaqaviy taraqqiyotga hissa qo‘shadi.