Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. “Talabalar teatr studiyalari” festivalining ilk kunida 4 jamoa o‘z spektakllarini namoyish qildi!
Tushlikkacha 2 jamoa ishtirokini yakunlagan bo‘lsa, tushlikdan so‘ng yana 2 jamoaning spektakllari tomosha qilindi. Kun davomida yuzaga kelgan fors-major holati (elektr oʻchib qolishi) sababli 5-jamoaning chiqishi ertangi kunga qoldirildi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Ulug‘bek vorislari” jamoasi o‘z spektaklini 2-bo‘lib namoyish etishdi.
Aytish joizki, Talabalar festival festivali doirasida oʻtkazilayotgan “Talabalar teatr studiyalari”ning har bir final ishtirokchi jamoalari oʻz ijro mahoratlari bilan finalga munosibligini isbotlay olishmoqda.
Ikkinchi kunni Namangan davlat pedagogika instituti teatr jamoasi boshlab berdi.