Kuni kecha Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari doirasida Hebei Chuangli (Canlee) Electromechanical Technology Co., Ltd. kompaniyasi prezidenti Mr. Li Xu va savdo bo‘yicha menejeri Ms. Chengqian bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Canlee — Xitoyning Hebei viloyatida joylashgan, 2011-yilda tashkil etilgan yuqori texnologiyali korxona bo‘lib, lazerli kesish va payvandlash uskunalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotish sohalarida faoliyat yuritadi. Kompaniya "Milliy yuqori texnologiyali korxona" va "Innovatsion rivojlanish namunaviy korxonasi" maqomiga ega.
Ma'lumot uchun: SamDAQU va Canlee kompaniyasi o‘rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolangan.
Muloqot yakunida quyidagi muhim kelishuvlarga erishildi:
Universitet talabalari uchun Canlee kompaniyasida amaliyot o‘tash imkoniyatini yaratish,
Ilmiy izlanishlarni birgalikda amalga oshirish,
SamDAQU Inkubatsiya markazi qoshida Canlee kompaniyasining O‘zbekistondagi ofisini ochish.
Bu kelishuv ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni mustahkamlab, ilm-fan, sanoat va innovatsiyalarni birlashtirgan yangi bosqichga yo‘l ochadi.